Bob. Futbolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligini rivojlantirish


Download 261.55 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi261.55 Kb.
#1606539
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FUTBOL O‘YININI KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI


MAVZU: FUTBOL O‘YININI KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI

REJA:
KIRISH

  1. BOB.FUTBOL O’YININING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI

1.1.Futbol jamoalarning rivojlanishi.

  1. BOB.FUTBOLCHILARNING UMUMIY VA MAXSUS TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH TAVSIFI

2.1.Futbolda tayyorgarlik turlari

    1. Futbol o’yini texnikasi

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Prezidentning 24 yanvardagi mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish to‘g‘risidagi Farmoni imzolandi. 2025 yilga maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi – ular jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30%gacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20%gacha oshirish, davlat sport ta’limi muassasalarida oliy ma’lumotli trener va mutaxassislar sonini 80%gacha yetkazishdan iborat. Iqtidorli sportchilar shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot– tuman (shahar)–hudud–respublika tizimi bo‘yicha tanlab olinadi. 2020 yil 1 fevraldan boshlab olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimi joriy etiladi. Qishki olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish va professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazi tashkil etiladi. O‘zbekistonda turli sport tadbirlari, masalan, bolalar va talabalar sport o‘yinlari, festivallar, tanlovlar, «Tashkent Marathon» xalqaro marafoni, «Save Aral» xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalari o‘tkaziladi.
О’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо’g’risida”gi farmoniga asosan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar о’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infrato’zilmani yaratish, mamlakatning halqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy - iqtisodiy hayotidagi tub islohotlar ta’lim tizimi oldiga yangidan - yangi vazifalarni qo’ymoqda. Davr kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash hamda rivojlantirishni talab har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvorligi.
Milliy istiqlol g’oyasini amalga oshirish yo’lida ishlab chiqilgan har qanday qо’llanma uzviyligi bilan davlat ta’lim standarti talablariga javob berish kerak. Jumladan, ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash bosh maqsad bo’lishi kerak. Ushbu о’quv qо’llanmada sport mahoratini oshirish fanidan basketbol sport o’yinlarini mashq qildirishning maqsad va vazifalari, metodlari, tayyorgarlik turlari, jismoniy tayyorgarlik, texnik va taktik tayyorgarlik mazmuni, jismoniy tarbiya darslarida basketbol bо’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va о’tkazish metodlari haqida ma’lumot berish, talabalarni sport о’yinlarini tashkil qilish jarayonida mashqlar texnikasi, о’yin texnikasi va taktikasini о’rgatishni takomillashtirish, mazkur sport turlari bо’yicha mahoratini oshirish va musobaqalar о’tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy kо’nikma va malakalarini oshirish va takomillashtirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyayev “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz”, - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida.
Iste’dodli yosh voleybolchilarni tayyorlash samaradorligi ko‘p jihatdan sport to‘garaklari va sport maktablariga qabul qilishda tanlov jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi.
«Tanlov» – ko‘p yillik jarayon bo‘lib, o‘z ichiga dastlabki tanlov, qayta tanlov (guruhdan guruhga o‘tkazishda saralash), o‘yin funksiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish, jamoa tarkibiga tanlov asosida qabul qilish kabi bosqichlarni kiritadi.

      1. Download 261.55 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling