Bob. Jinoyat huquqi tushunchasi, jinoiy javobgarlikka tortish va jinoyatning tarkibiy unsurlari


Download 57.36 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi57.36 Kb.
#1600483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti gumani

Jinoyatning belgilari:
1. Ijtimoiy xavflilik. Bu belgining o`zi 4ga bo`linadi:
1.1) Ijtimoiy xavf katta bo`lmagan;
1.2) Uncha og`ir bo`lmagan;
1.3) Og`ir;
1.4) O`ta og`ir.
2. Huquqqa xiloflik.
3. Aybning mavjudligi.
Jinoiy javobgarlik.Jinoiy javobgarlik deyilganda jinoyat qonunida muayyan qilmishning jinoyat sifatida ifodalangan baholanishini va aybdorning uni sodir qilganlik uchun jamiyat oldida javob berishini tushunish kerak. Jinoiy javobgarlik jinoyat oqibati bo`lgan jazo bilan uzviy bog`liqdir. Jinoiy javobgarlik jinoyat qonunining buzilichidan boshlanadiki, bu esa davlatning qonun buzuvchini sodir qilingan qilmishi uchun javobgarlikka tortish, unga jinoyat qonunida ko`zda tutilgan jazoni tayinlash huquqi va burshini vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik qonun bilan qat`iy belgilangan vaqt chegaralarida mavjuddir. U muayyan shaxs jinoyat sodir qilgan fursatdan boshlanadi va jinoiy javobgarlikka tortish davrining muddati tugagani, yo bu avf umumiy yoki gunohidan o`tish aktlari munosabati bilan to`xtaydi.
Jinoyat tarkibi- bu qonun tomonidan aniqlangan alomatlar yig`indisi bo`lib, ularning mavjudligi jinoyat sifatini tavsiflaydi. Jinoyat tarkibi – bu ijtimoiy xavfli qilmishning ob`yektiv va sub`yektiv unsurlari yig`indisidan iborat.
Jinoyat tarkibining elementlari:
1. Jinoyat ob`yekti -jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardan iborat. Uning 3 turi mavjud:
a) umumiy ob`yekti;
b) maxsus ob`yekti;
v) jinoyatning bevosita ob`yektlari.
2. Ob`yektiv tomon – bu ob`yektiv voqelikda qilmishni amalga oshiruvchi shaxsning ongli irodali harakati bo`lib, atrof dunyoda muayyan o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Uning belgilari quyidagilar:
a) ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik;
b) jinoiy oqibat;
v) sababiy bog`lanish;
g) jinoyat sodir etilgan vaqt;
d) jinoyat sodir etilgan joy;
e) jinoyat sodir etilgan muhit;
f) jinoyatni sodir etish usuli;
j) jinoyatni sodir etish quroli;
z) jinoyatni sodir etish vositasi.
3. Jinoyat sub`yekti – jinoyat qonuni bilan belgilangan muayyan yoshga yetgan va jinoyat kodeksi Maxsus qismining konkret normalarida mustahkamlangan alomatlarga ega bo`lgan, o`z qilmishiga o`zi javob bera oladigan jismoniy shaxs.

Download 57.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling