Bob. Jinoyat huquqi tushunchasi, jinoiy javobgarlikka tortish va jinoyatning tarkibiy unsurlari
Jinoiy javobgarlikka tortish, javobgarlik uchun jazo tayinlash
Download 57.36 Kb.
|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti gumani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asoslari quyidagilardir
Jinoiy javobgarlikka tortish, javobgarlik uchun jazo tayinlash.
Jinoiy jazo tushunchasi va turlari. Jinoiy jazo-bu jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilgan shaxsga sud hukmiga ko`ra davlat nomidan qo`llanadigan hamda qonun tomonidan mahkumni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum etish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir (jinoyat kodeksining 42-moddasi). Jazolash mahkumlarni tuzatish, shuningdek ham mahkumlar,ham boshqa shaxslar tomonidan qilinishi mumkin bo`lgan yangi jinoyatlarning oldini olish uchun qo`llaniladi. Jazolash odamga jismoniy azob berish yoki insonlik qadr-qimmatini tushirishni maqsad qilib qo`ymaydi. Jinoiy jazolarning sakkiz turi mavjud bo`lib ular qouyidagilardir; - jarima; - muayyan huquqdan mahrum etish; - axloq tuzatish ishlari; - xizmat bo`yicha cheklashlar; - hibsga olish; - harbiy-ijroiya qismida tutish; - ozodlikdan mahrum etish; - o`lim jazosi. O`zbekistonda demokratik, huquqiy davlatni shakllantirish uchun bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Sud huquq tizimini yanada demokratlashtirish munosabati bilan Jinoyat kodeksining bir qator moddalariga o`zgartirishlar kiritildi, jazolar liberallashtirildi, 2008 yildan boshlab o`lim jazosi ham bekor qilinadi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin 1994 yilda yangi Jinoyat Kodeksi qabul qilindi. Bu kodeksda o`lim jazosi jazoning umumiy tizimiga kiritildi. Jinoyat Kodeksning 51-moddasida dastlab 13ta jinoyat uchun o`lim jazosi nazarda tutilgan edi. 2001 yil 29 avgustda O`zbekistonning Jinoyat, Jinoyat-prosessual Kodekslari hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksiga o`zgartirish va qo`chimshalar kiritildi. Unga muvofiq, Jinoyat Kodeksida o`lim jazosi qo`llanadigan moddalar 4taga, 2003 yilga kelib esa 2taga qisqardi. Voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan fuqaroqalar va ayollarga bu jazo qo`llanilmaydi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asoslari quyidagilardir: 1.Shaxs javobgarlikka tortish muddatining o`tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. (Jinoyat Kodeksining 69-moddasi). 2.Ishni tergov qilish yoki sudda ko`rish vaqtida sharoit o`zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish o`zining xavfliligini yo`qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin (Jinoyat kodeksining 65-moddasi). 3.Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli keltirilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilgan, chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bo`lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin( JKning 66-moddasi). 4.Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgunga qadar o`z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va o`z harakatlarini boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo`lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi(JKning 67-moddasi). 5.Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. (JKning 68-moddasi). Download 57.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling