Bob. Kimyo va oziq sanoati korxonasining aylanma kapitali


Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari


Download 107.5 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi107.5 Kb.
#1058347
1   2   3   4   5
Bog'liq
1ISLAMOVAGA)

Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari



100,0



100,0



100,0



100,0



100,0



100,0

Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vazifalardan biri - resurslar tejamkorligi tamoyiliga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni jadallashtirishdir.




1.2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari
Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni “pul – tovar” (P-T) munosabatlari ro‘y beradi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (i/ch);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
SHuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning etishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.



Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling