Bob. Kimyo va oziq sanoati korxonasining aylanma kapitali


Aylanma fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari


Download 115.5 Kb.
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi115.5 Kb.
#1058345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2ISLAMOVAGA)

1.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Aylanma fondlardan foydalanishni har tomonlama yaxshilash - sanoat korxonalarining muhim vazifalaridan biridir. Xom ashyo, yonilg‘i, yordamchi materiallardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mahsulotning ma’lum miqdorini ishlab chiqarish uchun ular shunchalik kam sarflanadi. Bu orqali sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va sanoat korxonalari ishini tahlil qilish uchun har bir sanoat tarmog‘ida moddiy resurslardan samarali foydalanish darajasining turli xil ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Ular ishlab chiqarishda moddiy resurslardan foydalanish shart-sharoitlarini to‘liq aks ettiradi va ishlab chiqarish iste’molining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
- boshlang‘ich xom ashyoda foydali modda miqdori (rudada oltin, lavlagida shakar miqdori va hokazo);
- boshlang‘ich xom ashyodagi foydali moddadan foydalanish darajasi va xom ashyoga ishlov berish jarayonida vujudga keladigan yo‘qotishlar foizi;
- yaroqli mahsulotni yakuniy ishlab chiqarish. U yaroqli mahsulot hajmini boshlang‘ich xom ashyo hajmiga bo‘lish bilan, shuningdek foizlarda (natijani 100 ga ko‘paytirish kerak) hisoblanadi.
YAroqli mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichi uning yakuniy miqdorini baholashda xizmat qiladi. Masalan, rudadan 20% mis olindi, lekin bu rejadagi ishlab chiqarish 100% ekanligini bildirmaydi. Misni rejadagi ishlab chiqarish 23% bo‘lishi mumkin, bu rudada misning haqiqiy miqdorini ifodalaydi.
Qora metallurgiyada po‘lat eritishda temirdan foydalanish balans usuli bilan hisoblanadi. Temir balansining kirim qismida xom ashyo xarajatining elementlari va miqdorlari ko‘rsatiladi (turli xil ruda, lam, strujka). Xarajat qismida olingan mahsulot, yo‘qotishlar va chiqindilarning turlari va miqdorlari aniqlanadi (turli xil chuyan, shlak, ugar va hokazo). Po‘lat eritish bo‘yicha temir balanslari va prokat ishlab chiqarish bo‘yicha metall balanslari ham shunday hisoblanadi. Bu balanslar sarf-xarajat koeffitsientlarini aniqlash imkonini beradi. Bu koeffitsientlar sarflangan materiallar og‘irligining yaroqli mahsulot tonnasiga nisbatini ifodalaydi.
Mashinasozlik tarmoqlarida aylanma fondlarning asosiy elementi - metalldan foydalanish darajasini aniqlashda tegishli ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.
Mashina va mexanizmlarni yasash bosqichida mashinaning nisbiy metall sig‘imi ko‘rsatkichi (mashinaning nisbiy og‘irligi) On hisoblanadi.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling