Bob. Kimyo va oziq sanoati korxonasining aylanma kapitali


Download 115.5 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi115.5 Kb.
#1058345
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2ISLAMOVAGA)





MUNDARIJA:

  1. BOB. KIMYO VA OZIQ SANOATI KORXONASINING AYLANMA KAPITALI

1.1 Aylanma mablag‘ (kapital, obort)larning mohiyati va strukturasi
1.2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari
1.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi hamda davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat barcha xo‘jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o‘tishi iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo‘lgan paytlardagidan farqli o‘laroq mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatlarini direktiva ko‘rsatkichlari asosida emas, balki O‘zbekiston Respublikasi «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o‘zlariga kerak bo‘lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug‘ullanmoqda, zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. «Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, awalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz..»1. Shu kabi masalalar «Korxona iqtisodiyoti» kursining mazmunini tashkil qilib, ularni o‘rganish iqtisodchilar (mutaxassisliklari va bo‘lajak ish joylaridan qat’i nazar) tayyorlovchi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan. Ushbu kurs bo‘yicha bir qancha darsliklar chop etilgan (ayniqsa, Rossiyada) bo‘lib, ular barcha o‘quvchilar, birinchi navbatda, iqtisodchilar uchun juda qiziqarli va foydalidir.
Mazkur darslik R.S. Muratov, I.A. Djalalova va S.Sh. Oripovlar tomonidan tayyorlangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga moMjallangan kurs dasturiga asosan tayyorlangan va biroz o‘zgartirishlar kiritilib ixchamlashtirilgan. Mazkur ma’ruza matnining maqsadi - talabalarga barcha iqtisodiy masalalar yechimini topish, kelajakda iqtisodiy bilimlar olish uchun o‘ziga xos poydevor bo‘lib xizmat qiluvchi zamonaviy korxonalar iqtisodiyoti asoslarini o‘rganishga ko‘maklashishdir. Insoniyat tarixiga ko‘z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosi y va iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi. Siyosiy hayotda tarixan ongli- (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g‘oyalari o‘sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig'i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o‘z aksini topgan. «Iqtisodiyot» atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan.
Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo'lsa, iqtisodiyot ko'rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali' qo‘Ilanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo‘ladi.
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zamriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotning turli tarmoq laridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini bilish, ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami tushunish va istalgan xo‘jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi choratadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalami chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion - texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslami tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalami joriy etish va boshqalar.
Kooperatsiya aloqalari - turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum mahsulotni tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli aloqalarni o’rnatlsh.
Iqtisodiyot doimo dinamik bo‘lib, sifat va miqdor o‘zgarishlariga duchor bo‘ladi. Ba’zi hollarda salbiy holatlar (masalan, qishloq xo‘jaligida qurg‘oqchilik, qoramollar o‘limi; urush, terrorizm va hokazo) yuzaga kelsa ham, iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, malakali kadrlar, xo‘jalik mexanizmi va undan oqilona foydalanish, izlanish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, rag‘batlantirish - bularning barchasi iqtisodiy otda ijobiy siljishlarga erishish uchun xizmat qiladi.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari mustahkamlanib va turg‘unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir-biri bilan ongli ravishda birlashmagan yakka ongli xo‘jaliklami kuzatamiz. Har bir xo‘jalik subyektlari o‘z tashabbusi, o‘z ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo‘jalik yurituvchilarriing o‘zaro iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan.



  1. Download 115.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling