Bob. Kimyo va oziq sanoati korxonasining aylanma kapitali


Download 115.5 Kb.
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi115.5 Kb.
#1058345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2ISLAMOVAGA)

Kayl.m= Rs : Qam .
Bu yerda;
Kayl.m - aylanma mablag‘larning aylanuvchanlik koeffitsienti, aylanmalar;
Rs - sotilgan mahsulot hajmi, so‘m;
Qayl.m - aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i, so‘m.
Aylanuvchanlik koeffitsienti ma’lum davr (yil, chorak) mobaynida korxona aylanma mablag‘larining doiraviy aylanishlari sonini ifodalaydi yoki 1 so‘m aylanma mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri keladigan sotilgan mahsulot hajmini ko‘rsatadi. Formuladan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘lar miqdorining ko‘payishi 1 so‘m aylanma mablag‘lar hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishiga olib keladi.
Aylanma mablag‘lar bandligi koeffitsientining kattaligi aylanuvchanlik koeffitsientiga teskari miqdordir. U 1 so‘m sotilgan mahsulotga sarflangan aylanma mablag‘lar miqdorini tavsiflaydi, ya’ni:
Kb= Qayl.m : Rs .
bu yerda: Kb - aylanma mablag‘larning bandligi koeffitsienti.
Bir aylanish davomiyligi kun hisobida - davrdagi kunlar sonini aylanuvchanlik koeffitsientiga bo‘lish bilan topiladi:
Ad = Dk : Kayl.m
bu yerda: Dk - davrdagi kunlar soni (360, 90).
Aylanma mablag‘larning aylanish muddati qancha km yoki sotilgan mahsulotning o‘sha hajmda aylanishlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lar shuncha kam talab qilinadi. Va aksincha aylanma mablag‘lar qancha tez aylansa, ular shuncha samarali foydalaniladi.
Misol. Korxonada 2009 yilda sotilgan mahsulot hajmi 600 mln. so‘mni tashkil etdi, 2010 yilda esa 612 mln. so‘mni tashkil etdi, aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qoldig‘i mos ravishda 120 mln. so‘m va 110,5 mln. so‘m; aylanma mablag‘larning aylanuvchanlik koeffitsienti 2009 yilda: 600 : 120 =5 va 2010 yilda - 5,54 ni tashkil etdi. Bir aylanish davomiyligi: 360:5=72 kun va 360:5,54=65 kun demakdir. Aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsienti: 120:600 = 0,2 so‘m va 110,5:612 =0,18 so‘m. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligining tezlashishi samarasi ulardan foydalanishning yaxshilangani tufayli ularga bo‘lgan talabning kamayishida, ularning bo‘shatilishda namoyon bo‘ladi.
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zahira normalarini joriy etish; xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning iste’molchilarga yaqinlashuvi; moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish; omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Muomala bosqichida esa mahsulot iste’molchilarini uni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; hisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita aloqalar bo‘yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish; tuzilgan bitimlarga muvofiq jo‘natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi bo‘yicha tanlash.


















NDKI NF KI 5320400 2b-19 KT

Varaq
















O’lch

Varaq

Hujjat №


Imzo

Sana







Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling