T/r
|
Rahbar fe’l-atvori
|
Rahbarga xos jihatlar
|
Xodimlarning o‘zini tutishi, munosabati
|
1.
|
Janjalkash, urishqoq
|
•po‘pisachi;
•bukilmaydigan;
•uning eng sevgan narsasi boshqalarni nazorat qilish;
•hayot u uchun tuganmas kurash maydoni. Ammo u o‘zining mukammal emasligidan qo‘rquvda yuradi.
|
•muomala qilishda o‘zingizni astoydil va to‘g‘ri tuting;
•ikkilanmasdan gapiring;
•hayojonlanayotganingizni hech ham aytmang va sezdirmang.
|
2.
|
Kurashchan
|
•bu yuradigan bomba;
•juda ko‘p baqiradi;
•doimo hujum qiladi;
•nishonga olmasdan tez-tez gap “otib turish” unga yoqadi;
•uning bosh maqsadi adolatni tiklash va qasos olish.
|
•unga hushmuomalik, konstruktiv yo‘l bilan yondoshib tushuntirishga harakat qiling;
•shaxsiy uchrashuvga ruxsat so‘rang;
•salga jahl chiqib o‘zini nazorat qila olmaydigan kishi bilan ishlash juda qiyinligini ayting.
|
3.
|
G‘iybatchi
|
•doimo kulib turadi;
•hazillashadi;
•do‘stona muomalasini namoyish etadi;
•u nayrang ishlatishga ustasi farang;
•u to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishdan qo‘rqadi;
•qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj.
|
•real bo‘lmagan majburiyatlarni qabul qilishga yo‘l qo‘ymang;
•hazillariga muvofiq kuling;
•gaplaridan miriqing, orom oling.
|
4.
|
Umidsiz
|
•hayotda baxtsiz;
•o‘zidan ham, boshqalardan ham mamnun emas;
•u har doim noliydi, kishilarni aybdor qiladi;
•o‘zini e’zozlaydi;
•navbatdagi umidsizlikka aminlik mavjud.
|
•u bilan bahslashish o‘rinsiz;
•uning qarashlarini qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi.
|
5.
|
Bilag‘on
|
•ko‘p narsani biladi;
•juda ham sabrsiz;
•eshitish, quloq solishni bilmaydi;
•omadsizlik hollarida boshqalarga aybini to‘nkaydi; guruhda ishlashni ko‘ra olmaydi.
|
•u bilan kurashmang;
• uning muxolifi bo‘lishni xayolingizga ham keltirmang, muammo echimiga uni juda ustalik bilan jalb qiling, so‘rang, quloq soling va minnatdorchiligingizni izhor qiling, muqobil echimni do‘stona, iltifot bilan taklif qiling.
|