Bob. Menejer va rahbarlik uslubi
Download 98.71 Kb.
|
6-mavzu
6.5.2. Xodimlarni qabul qilish madaniyati
Rahbar xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim. CHunki xodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og‘irliklarini engil qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. SHuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog‘i lozim: suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to‘g‘risida ogohlantiring; faqat suhbatdoshingiz gaplariga mo‘ljal olib vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring; to‘xtatib bo‘lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o‘zingizni tiying; o‘z fikringizni ishonchli va batafsil ayting; o‘z g‘oyangizni izchillik bilan bayon eting; ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so‘zlaringiz dona-dona va ravon bo‘lsin; qarshi tanbeh hollarda o‘zingizga nisbatan tanqidiy yondoshing; shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o‘rtasidagi farqni biling; savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo‘lsin; muammo muhokamasini aniq echim bilan tugating; ishni qalashtirmang. Zudlik bilan ko‘rsatma bering; suhbatdoshingizning yumushi o‘zi uchun o‘ta muhim ekanligani unutmang. Qabulingizda bo‘lgan kishining muammosini echish imkoniyatingiz bo‘lmasa ham, siz u kishini samimiy, iltifot bilan kuzating va xayrxohlik bilan ishining o‘nglanib ketishiga umid baxshida eting. Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog‘ingizda quyidagi qoidaga rioya qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi: Uchrashuv chog‘ida - xushfe’llik. Quloq solish chog‘ida - e’tibor, rag‘bat. Bahslashuv chog‘ida - ko‘p narsani bilishga qiziquvchanlik. Tanqid chog‘ida - o‘zini tuta bilishlik. Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni qabul qilishi aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Bo‘ysunuvchilarni iltimosiga ko‘ra, qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni o‘rgatishi lozim. Agar rahbar o‘zi taklif qilib qabul etsa, bo‘ysunuvchi bu haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog‘ida ishonch muhitini vujudga keltirish lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini pastga urish mumkin emas. Har qanday muammoni muhokama qilish chog‘ida o‘zaro to‘g‘ri munosabat o‘rnatish uchun rahbar hamma vaqt o‘zida muayyan fazilatlar va rahbarlik uslubini hosil qilishga intilishi kerak. Kishilar bilan ochiq va to‘g‘ri muomalada bo‘lish, do‘stona munosabat o‘rnatish, doim bir xil muomala qilish, mayda ishlar yuzasidan tortishmaslik, o‘z xatolarini tan ola bilish va hokazolar shunday fazilatlar jumlasiga kiradi. Biror-bir muammoni muhokama qilyapsiz. SHu jarayonda quyidagilarga amai qilmoq iozim: • muhokama qilinayotgan muammoni va shu muhokamaga qatnashuvchilarning sonini chegarash. • diqqatni nuqtai nazarga emas, balki manfaatga qaratish. • echimdan oldin uning imkoniyatlarini ajratish. • natijani ob’ektiv holdan keltirib chiqarish. • muhokama qatnashchilari - bu insonlar ekanligini unutmaslik. Download 98.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling