Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Download 98.71 Kb.
bet16/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-mavzu

Bilish kerak:
• muzokara muvaffaqiyatiga oldindan tayyorlaniladi;
• sherigingizni oldindan o‘rganing. Uning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlang.
Bu haqda sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari”da o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgan.
• maqsadingizni amalga oshirish yo‘lini belgilang. Mayda-chuydalardan voz kechib, maqsadni himoya qiling;
• muvaffaqiyat yo‘nalishlarini belgilab oling;
tanaffuslarni nazarda tuting;
• muzokara olib borishga tayyorgarlik ko‘ring;
• muzokara olib borish rejasini tuzing. Ishni kun tartibining muhim jihatlaridan boshlang. Dastlab qarshilik chiqmaydigan masalalarni muhokama qiling. Asosiy maqsadigizdan chetlanmang.
Rahbar telefonda gaplashish madaniyatini ham bilishi kerak. Telefon - bu boshqaruv aloqasi vositalaridan bo‘lib hisoblanadi. Undan to‘g‘ri foydalanish rahbar mehnatini osonlashtiradi va yaqinlashtiradi. Telefonda so‘zlashish madaniyatiga erishmoq uchun quyidagilarga amal qilmog‘ingiz zarur:
So‘zlashuvgacha:
• shu so‘zlashuv zarurmi? dastlab shuni aniqlang;
• qo‘ng‘iroq qilishdan maqsad nima? muhim so‘zlashuv rejasini tuzib oling;
• qo‘lingizda daftar, qalam va taqvim bo‘lsin;
• aloqadoshingizning ish tartibini unutmang.
So‘zlashuv vaqtida:
• o‘zingizni tanishtiring.
• telefon trubkasiga gapiring;
dona-dona gapiring;
• erkin so‘zlang;
• ko‘cha so‘zlarini ishlatmang;
• suhbatdoshingizni bo‘lmang;
paqqosdan rad javobini bermang;
• diqqat balan eshiting;
• zarur ma’lumotlarni eslab qoling va yozing.
So‘zlashuv tarkibi:
dastlabki bosqich -o‘zaro munosabat muhitini yaratish, suhbatdoshning
vaziyatini aniqlash;
asosiy bosqich -muammoni va iltimosni qisqacha ifodalash;
tayyorlov bosqichi -muammoni, iltimos va shartlarni muhokama qilish;
yakuniy bosqich -so‘zlashuvchi yakunini, kelishuv muddati va vaqtini
belgilab olish;
tugallash -minnatdorchilik bildirish va xayrlashish.

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling