Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Nizoni bartaraf qilish jaryonidagi xatti-harakatlar


Download 98.71 Kb.
bet19/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-mavzu

Nizoni bartaraf qilish jaryonidagi xatti-harakatlar:
• Mavzudan chetlashish. Diqqatni boshqa yo‘nalishga qaratish.
• Murosaga kelish. Hech bo‘lmasa joriy kelishuvga erishish.
Nizoni muzlatish, saqlab qolish.
• Ishontirish. Hokimlik pozitsiyasida emas, balki teng huquqlik asosida echimni topish.
Esda tuting:
nizo doirasini kengaytirmang;
• murosaga keluvchi pozitiv qarorlarni taklif qiling;
• cho‘rt kesar, qat’ilik shakllarni qo‘llamang;
shikoyatlar sonini kamaytiring;
• ikkinchi darajali tomonlarga e’tibor bermang;
• tomonlar gaplarini bo‘lmang, ularning bir-birini tan olishlariga erishing;
• mavzuga umumiy qarashlarni hosil qilishga harakat qiling.
Nizoli holatlarning oldini olish va undan muvaffaqiyatli chiqishning eng ishonchli vositasi - bu har bir kasbga xos xulqni, muomala madaniyatini shakllanib, sayqallanib mahorat darajasiga etkazilgani.
Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning birinchi sharti - bu murosaga kela olishlik. Ikkinchi sharti - bu nizoli holatni aniq idrok etish. YA’ni, o‘z izzat-nafsini engib o‘tib, suhbatdoshi (“raqibi”)dan kechirim so‘rashdir.
Nizoning kelib chiqishi va uning asosiy sabablari:

  1. qo‘pollik, andishasizlik - 24%;

  2. majburiyat va natijalarga taqsimlash - 30%;

  3. ko‘ra olmaslik va baxillik - 12%;

  4. ehtiyotkorsizlik, intizomsizlik, jizzakilik, chiqisha olmaslik, sho‘rtumshuqlik - 34%.

Salohiyatli, bilimli rahbar lavozim pillapoyalariga ko‘tarilib boradi.
Lavozim - bu korxona, muassasa, idora va tashkilotlarda biror rasmiy xizmat bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifa. U mansab yoki amal deb ham yuritiladi. Sizni rahbaringiz yangi lavozimga o‘tkazish uchun chaqirdi. Bunday holatda siz quyidagilarga rioya qilmog‘ingiz darkor.
Suhbatgacha:
• mumkin bo‘lgan savollarni o‘ylang va ularga aniq javoblar tayyorlang;
• suhbatdoshingiz uchun mumkin bo‘lgan shunday savollarni o‘ylangki, u savollarga beriladigan javoblar umumma’lum bo‘lmagan javoblar bo‘lsin;
• o‘zingiz haqida ma’lumotni tayyorlang;
• uchrashuvga 5-10 daqiqa vaqtli keling;
• suhbatdoshingizning ismi-sharifi, familiyasini aniq bilib oling va uni esda tuting;
• o‘ta zamonaviy emas, balki konservativ kiyining.

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling