Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Download 98.71 Kb.
bet17/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-mavzu

So‘zlashuvdan so‘ng:
• so‘zlashuv yakunini yozib oling;
• nimani va’da qilganingizni ham yozing;
• natijani baholang.
Shuni unutmangki:
• agar siz so‘zlashuv chog‘ida yomon eshitayotgan bo‘lsangiz, bu sherigingiz ham yomon eshitayapti, degan gap emas;
• sherigingizga hamma ham faqat arzimagan narsalar bilan qo‘ng‘iroq qiladi, deb o‘ylamang;
• telefonda gaplashish harajatini faqat kompaniya yoki tashkilot harajati, deb o‘ylamang.
Tashkilotchilikning xususan, rahbarlikning qoidasi - bu ishni boshqalarga topshirish, rahbarning o‘zi esa shu topshiriqning bajarilishi ustidan nazorat qilish. Agar rahbar har xil mayda-chuyda ishlar bilan o‘ralashib qolib, ularga o‘z vaqtini sarflasa, bu juda xunuk ish bo‘ladi.
Rahbar o‘z qo‘li ostidagi xodimiga topshiriq berarkan, u quyidagilarga e’tibor bermog‘i lozim:
• topshiriq ob’ektiv zarur bo‘lmog‘i lozim;
• shu topshiriqning bajarilishiga to‘liq ishonch bo‘lmog‘i kerak;
• topshiriqni berishdan oldin u to‘g‘rida bajaruvchi bilan maslahatlashing;
• o‘zingizga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni yaratib bering;
• bo‘ysunuvchining imkoniyati va sharoitini hisobga oling;
• topshiriqni iltimos shaklida ifodalang;
• topshiriqni ochiq ko‘ngillik bilan, ohista ifodalang va bering;
• topshiriq berish jarayonida hushmuomalalik va samimiy bo‘lishni unutmang;
• qo‘l ostingizda ishlaydigan xodimlarni o‘qitish uchun vaqt topish zarurligini esdan chiqarmang;
• topshiriqning o‘ta muhimligini bo‘ysunuvchiga tushuntiring va uni qiziqtiring;
• bitta bo‘ysunuvchiga bir necha topshiriq bermang;
• topshiriqni bajarish muddati va uning natijalarini taqdim etish shaklini aniq ko‘rsatint;
• bo‘ysunuvchi bajaradigan ishni bajarmang;
• topshiriqning bajarilishini talab qiling;
• ruxsat etilmagan topshiriqni berishdan saqlaning.
Rahbar shu narsani tushunib olishi kerakki, u hamma ishlarni miridan-sirigacha bilib olishi shart emas, bunga hojat ham yo‘q. U quyi boshqarish bo‘g‘inlariga huquqlar berish, mas’uliyat va vazifalar yuklash usulini egallab olmog‘i kerak. Huquqlar berish, mas’uliyatni yuklash va maqsadli topshiriqlar berish boshqarishda mehnat taqsimotining muhim shakli, uning samaradorligini oshirishda qimmatli imkon hisoblanadi.

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling