Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Download 98.71 Kb.
bet15/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
6-mavzu

Kengash vaqtida:
• kengashni belgilangan vaqtda boshlang;
• kengashni o‘tkazishning yagona tartibini belgilang;
• ortiqcha xuruj, shaxsiy qarshi chiqish hollariga yo‘l qo‘ymang;
• kengash maqsadini har bir qatnashuvchi e’tiboriga etkazing.
Kengash unsurlari:
• kun tartibini muhokama qilish;
• kengashni o‘tkazish tartibini muhokama qilish;
muammolarni aniqlash;
• muammolarni tahlil qilish;
• muqobil varinatlarni izlas;
• muqobil variantlarni baholash;
• qaror qabul qilish.
Kengashdan so‘ng:
• kengash qarorini tayyorlash;
• ko‘rsatmalarni tayyorlash;
• axborotlarni jo‘natish.
Rahbar madaniyati uning minbarga chiqib so‘zlagan chog‘ida, u erda o‘zini tutishida, nutqida ham o‘z aksini topadi.
Ayrim tavsiyalar:
• nutq ma’noli, burro, dona-dona, ta’sirchan bo‘lishligini unutmang;
• nutq chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ymang;
• nutqingizda ko‘cha so‘zlarini qo‘llamang;
• tinglovchilar diqqatini qozoning;
muhim fikrlarni takrorlang, ularga urg‘u bering va imo-ishora bilan tushuntiring;
• nutqingizda haddan tashqari raqamlarni ko‘p ishlatmang;
• tinglovchiga vaqt-vaqti bilan tanaffus bering;
• psixologik tanaffus - bu eng oddiy va tajribada sinalgan uslub.
Nutqingiz uslubini tanlar ekansiz, quyidagilarni esda tuting:
• haddan tashqari baland ovozda nutq qilish, tinglovchilarga o‘z hukmini o‘tkazayapti, degan taassurotni qoldiradi;
• haddan tashqari past ovozdagi nutq qabul qiluvchanlikni pasaytiradi va aks savollarni bo‘lishini talab qiladi;
• haddan tashqari imillab nutq qilish, vaqtni cho‘zayapti, degan fikrni tug‘diradi;
• haddan tashqari tez nutq qilish esa, sizning auditoriyaga bo‘lgan hurmatsizligingiz, degan taassurotni qoldiradi.
Shuni esda tutingki, tinglovchi quyidagilarga qarab sizga baho beradi:
• minbarda siz o‘zingizni qanday tutayapsiz?
• siz qanday gapirayapsiz?
• siz qanday kiyingansiz?
• gapirayotganingizni siz qanchalik darajada bilasiz?
Rahbar muzokaralarda ham o‘zini qanday tutishni bilmog‘i lozim. Muzokara - bu shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fiqr almashishni anglatadi. Muzokora - bu maxsus faoliyat turi bo‘lib, o‘zining qonun-qoidalari va qonuniyatlariga ega. Bu jarayonda bir-birini o‘zaro boyitish, taraqqiy ettirish, hamkorlikda muammolarni tahlil qilish kabilarga erishiladi.
Muzokaralarni o‘gkazishdan maqsad, o‘zaro manfaatli echimlarni topish, keskin ko‘rinishdagi ixtiloflardan qochishdir. Shuni esda tutingki:
muzokaradagi yutuq, eng avvalo, munozaraning mantiqiyligi evaziga erishiladi;
• sherigingiz yoki suhbatdoshingiz so‘zlaridagi mantiqqa e’tibor bering. Bilingki, u ham maxsus tayyorlanib kelgan;
• sherigingizning o‘z munozarasi jarayonida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini axtarib toping. Munozaralarning mantiqiy ketma-ketligini yoritishdagi uzilishni aniqlang;
• o‘zingizning mavqengizni kuchaytiruvchi dalillarni toping;
• muzokaralarni ishonchli darajada olib boring. Ammo o‘z fikringizni zo‘rlab o‘tkazmang. SHerigingizning “shoxini sindirish” umidida harakat qiling, fikringizni aniq va qisqa bayon eting;
• faol bo‘ling. Ammo “quduqni suv paydo bo‘lguncha kovlash lozimligini” unutmang;
• muzokara jarayonida turli holatlar, ya’ni diqqatbozlik, taranglik, qovushmaslik, to‘sqinliklar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda realist, mavjud shart-sharoit, holatni to‘g‘ri hisobga olib ish ko‘ring. O‘zingizni yo‘qotmang, muvaffaqiyat qozonish yo‘lini astoydil izlang;
• sherigingiz mavqesini kuchaytiruvchi dalillarni alohida ajratmang. Muhim bo‘lmagan, arzimagan kelishmovchiliklarga diqqat bilan yondoshmang;
• tovardan ko‘ra g‘oya qimmatliroq ekanini unutmang.

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling