Bob. Menejer va rahbarlik uslubi
Download 98.71 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengashdan so‘ng
- Nutqingiz uslubini tanlar ekansiz, quyidagilarni esda tuting
- Shuni esda tutingki, tinglovchi quyidagilarga qarab sizga baho beradi
Kengash vaqtida:
• kengashni belgilangan vaqtda boshlang; • kengashni o‘tkazishning yagona tartibini belgilang; • ortiqcha xuruj, shaxsiy qarshi chiqish hollariga yo‘l qo‘ymang; • kengash maqsadini har bir qatnashuvchi e’tiboriga etkazing. Kengash unsurlari: • kun tartibini muhokama qilish; • kengashni o‘tkazish tartibini muhokama qilish; • muammolarni aniqlash; • muammolarni tahlil qilish; • muqobil varinatlarni izlas; • muqobil variantlarni baholash; • qaror qabul qilish. Kengashdan so‘ng: • kengash qarorini tayyorlash; • ko‘rsatmalarni tayyorlash; • axborotlarni jo‘natish. Rahbar madaniyati uning minbarga chiqib so‘zlagan chog‘ida, u erda o‘zini tutishida, nutqida ham o‘z aksini topadi. Ayrim tavsiyalar: • nutq ma’noli, burro, dona-dona, ta’sirchan bo‘lishligini unutmang; • nutq chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ymang; • nutqingizda ko‘cha so‘zlarini qo‘llamang; • tinglovchilar diqqatini qozoning; • muhim fikrlarni takrorlang, ularga urg‘u bering va imo-ishora bilan tushuntiring; • nutqingizda haddan tashqari raqamlarni ko‘p ishlatmang; • tinglovchiga vaqt-vaqti bilan tanaffus bering; • psixologik tanaffus - bu eng oddiy va tajribada sinalgan uslub. Nutqingiz uslubini tanlar ekansiz, quyidagilarni esda tuting: • haddan tashqari baland ovozda nutq qilish, tinglovchilarga o‘z hukmini o‘tkazayapti, degan taassurotni qoldiradi; • haddan tashqari past ovozdagi nutq qabul qiluvchanlikni pasaytiradi va aks savollarni bo‘lishini talab qiladi; • haddan tashqari imillab nutq qilish, vaqtni cho‘zayapti, degan fikrni tug‘diradi; • haddan tashqari tez nutq qilish esa, sizning auditoriyaga bo‘lgan hurmatsizligingiz, degan taassurotni qoldiradi. Shuni esda tutingki, tinglovchi quyidagilarga qarab sizga baho beradi: • minbarda siz o‘zingizni qanday tutayapsiz? • siz qanday gapirayapsiz? • siz qanday kiyingansiz? • gapirayotganingizni siz qanchalik darajada bilasiz? Rahbar muzokaralarda ham o‘zini qanday tutishni bilmog‘i lozim. Muzokara - bu shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fiqr almashishni anglatadi. Muzokora - bu maxsus faoliyat turi bo‘lib, o‘zining qonun-qoidalari va qonuniyatlariga ega. Bu jarayonda bir-birini o‘zaro boyitish, taraqqiy ettirish, hamkorlikda muammolarni tahlil qilish kabilarga erishiladi. Muzokaralarni o‘gkazishdan maqsad, o‘zaro manfaatli echimlarni topish, keskin ko‘rinishdagi ixtiloflardan qochishdir. Shuni esda tutingki: • muzokaradagi yutuq, eng avvalo, munozaraning mantiqiyligi evaziga erishiladi; • sherigingiz yoki suhbatdoshingiz so‘zlaridagi mantiqqa e’tibor bering. Bilingki, u ham maxsus tayyorlanib kelgan; • sherigingizning o‘z munozarasi jarayonida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini axtarib toping. Munozaralarning mantiqiy ketma-ketligini yoritishdagi uzilishni aniqlang; • o‘zingizning mavqengizni kuchaytiruvchi dalillarni toping; • muzokaralarni ishonchli darajada olib boring. Ammo o‘z fikringizni zo‘rlab o‘tkazmang. SHerigingizning “shoxini sindirish” umidida harakat qiling, fikringizni aniq va qisqa bayon eting; • faol bo‘ling. Ammo “quduqni suv paydo bo‘lguncha kovlash lozimligini” unutmang; • muzokara jarayonida turli holatlar, ya’ni diqqatbozlik, taranglik, qovushmaslik, to‘sqinliklar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda realist, mavjud shart-sharoit, holatni to‘g‘ri hisobga olib ish ko‘ring. O‘zingizni yo‘qotmang, muvaffaqiyat qozonish yo‘lini astoydil izlang; • sherigingiz mavqesini kuchaytiruvchi dalillarni alohida ajratmang. Muhim bo‘lmagan, arzimagan kelishmovchiliklarga diqqat bilan yondoshmang; • tovardan ko‘ra g‘oya qimmatliroq ekanini unutmang. Download 98.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling