Bob. Menejer va rahbarlik uslubi
Download 98.71 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. 5.3 . Kengash va majlislarni olib borish madaniyati
- Kengashgacha
Muhokama davomida:
• muammoning muhimligini ko‘rsatish; • manfaatdorlikni muammoning bir qismi sifatida ajratish; • ob’ektiv mezonlarga tayanish; • maqsaddan chetlanmaslik; • muammoning ahamiyatini kamsitmaslik; • murakkab, og‘ir holatlarda o‘zii yo‘qotmaslik; • o‘z manfaatini sharaf bilan namoyon qilish; • faol bo‘lish; • tasdiqlash emas, balki ko‘proq savoldan foydalanish; • asossiz hujumning kushandasi - bu sukutdan foydalanish. Har bir rahbar muhokama qilinishi lozim bo‘lgan yoki tasodifan yuzaga kelib qolgan muammoni, eng avvalo, o‘zi obdon tushunib etgan yoki hech bo‘lmasa o‘sha muammoning echim bo‘yicha o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishi lozim. Shundagina u muammo echimi bo‘yicha taklif qilingan mutaxassislar bilan tengma-teng munozara, bahs yurita olishi mumkin. 6.5.3. Kengash va majlislarni olib borish madaniyati Rahbar kengash va majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Kengash - bu jamoa fikri, aql-zakovatini muayyan masalani muhokama qilish va oqilona qaror qabul qilish maqsadida uyushtiriladigan majlis. Sohibqiron Amir Temur Kengash to‘g‘risida shunday deydi: Kengash ikki turli bo‘lur. Biri - til uchida aytilgani, ikkinchisi - dildan chiqqani. Til uchida aytilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim. Va dilimga joylardim. Agar (g‘anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo‘lsam, urush-yarashdan o‘rtaga so‘z tashlab, amirlarim ko‘ngillarining bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so‘z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko‘rardim. Agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko‘rardim; qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni ixtiyor qilardim. Kengashning oldiga qo‘yiladigan vazifa va olib borilish shakliga ko‘ra turlicha bo‘ladi: Kengashgacha: • kengash rejasini tuzib, unga tayyorgarlik ko‘ring; • kengashda ko‘riladigan masalalar yuzasidan tayyorlangan materiallarni kengash qatnashuvchilariga oldindan jo‘nating; • kengashga fikrlari o‘ta muhim bo‘lgan kishilarni taklif qiling; • kengashni zarurat tug‘ilgan hollardagina chaqiring.; Download 98.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling