Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Download 98.71 Kb.
bet12/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
6-mavzu

6.5.1. Rahbar madaniyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar
Amaliyotda rahbar madaniyati aniq ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi. Ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin (6.5.1-jadval).
Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo‘g‘inda rahbar bo‘lishidan qatiy nazar, o‘zining asosiy majburiyati, ya’ni qo‘l ostidagilarni o‘zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak. Chunki rahbarlik bu nafaqat lavozim egasi, u o‘z navbatida ham tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixologdir, sodda qilib aytganda, rahbar - bu kishilar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg‘unlashtiruvchi “muhandis”. Bugungi kundagi jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o‘ta muhtojdir.
6.5.1-jadval
Rahbar madaniyatiga baho berish uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar



Ob’ekt

Ko‘rsatkichlar tizimi

1.

Rahbarning o‘ziga nisbatan madaniyatligi

• So‘z bilan ishning birligi:
So‘z berdingmi, va’da qildingmi, belgiladingmi - aniq mo‘ljallangan muddatda bajar
• o‘z kasbiy mahoratini, iqtidori-ma’naviy komilligini o‘stirish ustida qayg‘urish
• oqilona turmush tarzi, jismonan sog‘lomligini saqlash
• o‘z-o‘zini tanqid asosida o‘z kamchiliklarini bo‘yniga olmoq
• o‘zini intizomga bo‘ysundirish
• o‘z malakasini oshirishga bo‘lgan intilish va uning uddasidan chiqa olish
• harakatning maqsadga qaratilganligi va qatiyligi
• o‘ziga va mehnat faoliyatiga bo‘lgan talabchanlik;
axloqning quyidagi alifbolariga qatiy rioya qilish:
•kamtarinlik
•haqgo‘ylik
•halollik
•o‘zini tuta bilishlik
•oddiylik
•to‘g‘rilik, vijdonlilik.



















2.

Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi

Xalqparvarligi, ya’ni:
• kishilarga e’tibor va hurmat
• kishilarga xayrixoh va iltifotli bo‘lish
• olijanoblik va beg‘arazlik, xolislik
• kishilarning qadr-qimmatiga etish kabilar.
• Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish:
• odamlarga ishonch, kishilarning o‘z kuchiga qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo‘naltira bilish
• yuqori nutq madaniyatiga ega bo‘lish va tashqi ko‘rinishdagi ozodaligi
• salbiy fazilatlarga ega bo‘lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, odobsiz kishilarga, shu jumladan, qon-qarindosh va yaqin tanish-bilishlarga nisbatan toqati yo‘q
o‘zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish:
• hushmuomalalik
• sipolik
• kamsuqumlik
• andishalilik
• vazminlik.
mehnat va do‘stlikdagi sherikchilikda:
• o‘zaro yordam va quvvatlash
• hozirjavoblik va majburiylik, so‘zsiz bajarishlik
• prinsipiallik va ishonch
• talabchanlik.

3.

Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi

Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik
• Jamiyat baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko‘paytirish haqida g‘amxo‘rlik qilish
• Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’i rioya qilish
• Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shafqatsiz bo‘lish
• Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish
• Ko‘pfikrlikka ochiqko‘ngillik bo‘lish va uni hurmat qilish.




Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling