Bob. Modernizatsiyalashning iqtisodiy ahamiyati va nazariy asoslari


Kichik biznes korxonalarini kreditlash “Agrobank” OATB misolida


Download 134.93 Kb.
bet6/8
Sana18.02.2023
Hajmi134.93 Kb.
#1212638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy modernizatsiyalash sharoitida harakatdagi korxonada yangi maxsulotni ishlab chiqarishga kiritishning biznes rejasi

2.2. Kichik biznes korxonalarini kreditlash “Agrobank” OATB misolida
O'tgan yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o'sdi, bank tizimi likvidliligini yanada mustahkamlash, uning barqarorligini kuchaytirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi. Banklarning kredit va investitsiya faoliyatida ham ijobiy o'zgarishlarga erishildi. Yildan yilga iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi ortib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarda davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari dasturilamal vazifasini o'tamoqda. Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiy ko’rsatkichlarining o’sib borishida "Agrobank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining ham ulkan hissasi bor desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. 2011 yil davomida Agrobank tomonidan mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib belgilangan vazifalarni bajarish, bankning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini yanada kengaytirish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bankning kapitallashuv darajasini oshirish, aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini jalb qilishni kengaytirish maqsadida 2011-2015 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqilib, parametrlar belgilandi. Ushbu dastur doirasida 11,2 mlrd. so’mlik aksiyalar emissiya qilindi va to’liq joylashtirilib, ustav kapitali 126,2 mlrd. so’mga yetkazildi. Bank resurs bazasi 1 trln. 561 mlrd. so’m, aktivlar 1 trln. 666 mlrd. so’mni tashkil etdi. Hisobot yilida aholining 92,6 mlrd. so’mlik bo’sh pul mablag’lari omonatlarga jalb etilib, ularning miqdori yil boshiga nisbatan 140 %ga o’sishiga erishildi. Muomalaga chiqarilgan 85,4 mlrd.so’mlik depozit sertifikatlarni joylashtirildi. Agrar kompleksni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko’paytirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e'tibor qaratilib, 1 trln. 384 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. O’tgan yil davomida bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llabquvvatlash uchun 355,4 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. Dehqon va fermer xo’jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashni yo’lga qo’yish maqsadida 2011 yilda 46,7 mlrd. so’m kreditlar ajratildi.
Bank mablag’lari hisobiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan faoliyatini qo’llab-quvvatlash, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish orqali 51 255 ta ish o’rinlari tashkil etildi.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining respublika iqtisodiyotidagi o’ta muhim hamda salmoqli hissasi bilan alohida o’rin egallaydi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan kichik biznes sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga oid farmon va qarorlarning ijrosini ta'minlash borasida Agrobank juda katta miqyosda ishlarni amalga oshirmoqda. Bank tomonidan kredit mablag’lari iqtisodiyotning real sektorlariga, shu jumladan aholi uchun zarur bo’lgan istemol mahsulotlari ishlab chiqaradigan ixcham
minitexnologiyalarni sotib olish hamda xizmat ko’rsatishni rivojlantirishga ajratilmoqda.
Bank tomonidan 2010 yil davomida kichik biznes sub’ektlarining 29 630 ta loyihasi moliyalashtirildi, berilgan kreditlarning umumiy hajmi 283,3 mlrd. so’mni tashkil etib, belgilangan reja 103 %ga bajarildi. Bu ko’rsatkich 2009 yilga nisbatdan 86,7 mlrd. so’mga yoki 144 %ga oshdi. Agrobank tomonidan 2010 yilda kichik biznes sub’ektlari, fermer xo’jaliklariga ajratilayotgan mikrokreditlar hajmi yanada ortdi. Berilgan mikrokreditlar 57,2 mlrd. so’mni tashkil etib, 2009 yilga nisbatan 137 %ga oshdi. Mazkur ajratilgan mikrokreditlar hisobiga 13 904 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Muhtaram Prezidentimizning 2009 yil 28-yanvardagi "Mahalliy nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PQ-1050-sonli qaroriga asosan raqobatbardosh yuqori sifatli nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ko’paytirish va turlarini kengaytirishni rag’batlantirish, ichki iste'mol bozorini ular bilan yanada to’liqroq boyitish, tayyor nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi yangi mahalliy korxonalarni tashkil etish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun 47,6 mlrd. so’m kredit ajratildi hamda o’rnatilgan prognoz 129 %ga bajarildi.
"Barkamol avlod yili" davlat dasturi ijrosi doirasida 179,5 mlrd. so’m kredit ajratildi. Ushbu ajratilgan kreditlar hisobiga 30 332 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29-iyundagi "O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi 3434sonli Farmoni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari dasturi to’g’risida"gi 299-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida respublikada tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan ayollarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun 2010 yilda 28,3 mlrd. so’m miqdorida kreditlar ajratildi.
Xizmatlar ko’rsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmat turlari ko’rsatish, iqtisodiy o’sishni ta'minlash hamda aholi, birinchi navbatda, qishloq joylarida bandlik masalasini hal etishda xizmatlar ko’rsatish va servis sohasi rolini kuchaytirish maqsadida hisobot yilida 16,0 mlrd. so’mlik loyihalar moliyalashtirildi. Bu ko’rsatkich 2009 yilga nisbatan 1,6 martaga oshdi, ular hisobiga yaratilgan ish o’rinlari soni 3 108 nafarni tashkil etdi.
Bank tomonidan oilaviy kasanachilikni rivojlantirish, aholiga qo’shimcha ishchi o’rinlari tashkil etish maqsadida 4,0 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida 1220 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishildi. 2010 yilda ajratilgan kreditlar hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 65,4 mlrd. so’mni tashkil etdi qamda 2009 yilga nisbatan 119 %ga oshdi. hududlarni rivojlantirish bo’yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishda ham qator ishlar amalga oshirildi. 2010 yil davomida bank tomonidan Agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik yangilashga yo’naltirilgan faol investisiya siyosati amalga oshirilib, 209,7 mlrd. so’m miqdorida investision kreditlar ajratildi. Shundan 48,6 mlrd. so’mi yoki 23 %i sanoat sohasiga, 81,9 mlrd. so’m yoxud 39 %i qishloq xo’jaligini rivojlantirishga, 34 mlrd. so’mi yoki 16 %i moddiy-texnika ta'minotiga, 45,3 mlrd. so’mi yoxud 22 %i qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga yo’naltirilib, investitsiyaga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari qoldig’i 564,9 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bank tomonidan moliyalashtirilgan investision loyihalar asosida hisobot yilida jami 50 mlrd. so’m miqdorida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 10 281 nafar yangi ish o’rinlari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi "Mamlakatimizda nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PQ-1050-sonli qaroriga muvofiq eksport qiluvchi "Jizzax plastmassa" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga 238 mln. so’m ajratilgan kredit hisobiga eksportbop polietilen trubalarni ulovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi uskuna o’rnatildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi "2009-2012yillarda charm-poyabzal sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda tayyor charm tovarlar ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 169-sonli qaroriga asosan "Poyabzalchi" mas'uliyati cheklangan jamiyatining loyihasini moliyalashtirish natijasida 32 ta yangi ishchi o’rinlar yaratildi va 2010-yil yakunlari bo’yicha 64,7 ming juft poyabzal ishlab chiqarishga erishildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-avgustdagi "2009-2012-yillarda Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish dasturi to’g’risida"gi 232-sonli qaroriga asosan "Zarkent Tekstil" xususiy firmasiga pillani qayta ishlash uskunasi sotib olish loyihasi uchun 499 984,0 AQSh dollari (so’m ekvivalentida) miqdorida kredit ajratildi. Loyihani amalga oshirish natijasida 240 ta yangi ish o’rni yaratilishi hamda yiliga 413,9 tonna pilla xom ashyosini qayta ishlagan holda jahon standartlariga javob beruvchi "A" va "2A" sifat ko’rsatkichida 117 tonna ipak xom ashyosi ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Qashqadaryo viloyati avtotransport parkini yangilashga qaratilgan tadbir doirasida Qashqadaryo viloyatidagi "Qarshi hamkortrans" sho’ba korxonasiga Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan 65 ta "ISUZU" rusumli avtobuslarini sotib olish uchun uzoq muddatli kredit ajratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi "Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko’paytirishni raqbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PQ-1134-sonli qarori ijrosi bo’yicha pishgan qisht ishlab chiqaruvchi amaldagi korxonalar modernizatsiya qilinib, nostandart, tejamsiz pechlarni maxsus energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga almashtirish maqsadida Namangan viloyatidagi "Asadulla Bunyodkor Fayz" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 170,0 mln. so’m, "Maqsad Bunyodkor" hamda "Murod o’g’li Malik" mas'uliyati cheklangan jamiyatlariga 160,0 mln. so’mdan, "Muhammad Bobur savdo" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 100,0 mln. so’m, Samarqand viloyatidagi "Brick Standart" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 304,8 mln. so’m, jami esa 932,0 mln. so’m miqdorida kreditlar ajratildi. Tasdiqlangan dasturlar asosida o’tgan davr davomida 306 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 13,2 mlrd. so’m kredit ajratildi.
2010-yilda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish assotsatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdorida iborat bo’lgan "Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich" loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritildi va revolver kredit to’g’risida kelishuv imzolandi. Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yangi, yanada yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida joriy yilni mamlakatimizda "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan bank tomonidan o’z oldiga mazkur soha sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash hajmini 2011-yilda keskin oshirish maqsad qilib qo’yildi.
7-diagramma Agrobank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlarning o'sish dinamikasi (mln.so’mda) 9

Diagrammada ko’rsatilishicha Agrobank tomonidan hisobot yiliga ya’ni 2011-yilga kichik biznes sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlarning qiymati 355473 mln.so’mni tashkil etgan. O’tgan 2010yilga nisbatan bu salkam 1,5 baravar ko’pdir. 2007-yilda berilgan kreditlar miqdori 29752 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkichni 2011-yil bilan solishtirganimizda, 2011- yilda 2007-yilga nisbatan deyarli 12 baravar oshganini ko’rishimiz mumkin. Bu albatta kichik biznes sub’ektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan dalolatdir.
Berilgan mikrokreditlar 82,4 mlrd. so’mni tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 25,2 mlrd. so’mga yoki 1,4 barobarga o’sdi. Ajratilgan mikrokreditlar hisobiga 11637 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Shu asosda 2011-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan bank tomonidan o’tgan yil davomida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 355,5 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Belgilangan reja 123 % ga bajarildi. Bu ko’rsatkich 2010-yilga nisbatan 72,1 mlrd. so’mga yoki 125 % ga oshdi. Ushbu kreditlar hisobiga 51255 ta ish o’rinlari yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047sonli qarori talablarini bajarish maqsadida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan 86,5 mlrd. so’m kreditlar ajratildi va 12128 ta yangi ish o’rinlari yaratildi, aholining nooziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida 67,4 mlrd. so’m kredit ajratildi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari o’z biznesini tashkil etish maqsadida 3,4 mlrd. so’mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, belgilangan prognoz ko’rsatkichlar 114 % ga bajarildi, yaratilgan ish o’rinlari soni esa 759 tani tashkil etdi. Hunarmandchilik va oilaviy biznesni rivojlantirish maqsadida kichik biznes sub’ektlarining 4,8 mlrd so’mlik loyihalari moliyalashtirilib, yaratilgan ish o’rinlari soni 605 tani tashkil etdi. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 17,6 mlrd. so’m kredit mablag’lari ajratilib, yaratilgan ish o’rinlari soni 3418 tani tashkil etdi. Kichik biznes sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlar orqali yaratilayotgan yangi ish o’rinlarining ko’lami keng.
8-diagramma Agrobank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hisobiga yaratilgan ishchi o’rinlarining o’sish dinamikasi 10

.


Download 134.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling