Bob. Modernizatsiyalashning iqtisodiy ahamiyati va nazariy asoslari


Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari


Download 134.93 Kb.
bet4/8
Sana18.02.2023
Hajmi134.93 Kb.
#1212638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy modernizatsiyalash sharoitida harakatdagi korxonada yangi maxsulotni ishlab chiqarishga kiritishning biznes rejasi

1.2. Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mamlakat iqtisodiyoti rivojida naqadar muhim ekanini yuqorida ko’rib o’tdik. Endigi masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari bilan tanishib chiqish. Kichik biznes faoliyatining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyatiga borib taqaladi. “Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 4.
Mikrofirma va kichik korxonalar kichik biznesning asosiy sub’ektlari hisoblanadilar. Kichik biznesning ushbu sub’ektlari mamlakatimiz qonunchiligida ishchilar soniga ko’ra guruhlanadilar.
Bunday tartib mustaqillikning ilk yillaridan boshlab qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi sonining o’sishi sayin mikrofirma va kichik korxonalarda ishchilar soni ham ortmoqda. Quyidagi jadvalda mikrofirma va kichik korxonalarning ishchilar soniga ko’ra tasniflanishi ko’rsatilgan.
Ushbu qonuning 5-moddasiga asosan kichik tadbirkorlik sub’ektlari: - yakka tartibdagi tadbirkorlar (hodim yollab ishlatish huquqiga ega emas) yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbikrolik faoliyatining amalga oshirilishi;

  • oilaviy tadbirkorlar;

  • dehqon xo’jaliklari;

  • fermer xo’jaliklari;

  • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarining o’rtacha yillik soni 20 kishidan oshmagan mikrofirmalar;

  • quyidagi tarmoqlarning o’rtacha yillik hodimlari soni : fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalar - 25 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kime sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari - 50 kishidan; yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100 kishidan oshmagan kichik korxonalardir.

3-jadval

Faoliyat tarmoqlari

Ishchilar soni

1998 yil 1 iyuldan

2004 yil 1 yanvardan

Mirofirmada

Kichik korxonada

Mikrofirmada

Kichik korxonada

Yonilg’i, oziq-ovqat, metallni qayta ishlash va asbobsozlik,
yog’ochni qayta
ishlash, mebel va
qurilish materiallari sanoatida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

100 kishigacha

Mashinasozlik, metallurgiya,
yoqilg’i-energetika, kimyo sanoati,
qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini
yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va
boshqa sanoat ishlab chiqarish tarmog’ida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

50 kishigacha

Qishloq xo’jaligi

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

50 kishigacha

Ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlari

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Fan va ilmiy xizmat

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Noishlab chiqarish

5 kishigacha

10

10 kishigacha

25

tarmoqlari




kishigacha




kishigacha

Chakana savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Ulgurji savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Xizmat ko’rsatish tarmog’i

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Transport

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Yuqoridagi jadvalda ko’rsatilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi 1987-sonli "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra mikrofirmalar va kichik korxonalarda ishlovchilar soni mos ravishda 5 kishidan 10 kishigacha va 10 kishidan 40 kishigacha faoliyatlar guruhlanar edi. Keyinchalik ushbu farmonga kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini to’laroq ta'minlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi 3305-sonli farmoniga asosan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, ishlovchilar soni 2-2,5 barobar oshirildi. Unga ko’ra, hozirda mikrofirmalarda, agar ular ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishidan, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida esa band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishidan oshmasligi lozim.
Dehqon xo’jaliklarining faoliyati va ularni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasining "Dehqon xo’jaligi to’g’risida"gi 1998-yil 30-aprel 604-I-sonli qonuni bilan tartibga solinib, u oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xo’jaligidir 5. Dehqon xo’jaligi bilan shug’ullanadigan yuridik subektlar ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda u davlat ro’yhatiga olingandan va unga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilgandan keyin tashkil etilgan hisoblanadi. Dehqon xo’jaligini davlat ro’yhatiga olish dehqon xo’jaligi boshlig’ining doimiy yashash joyidagi tuman hokimligi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgan paytdan e'tiboran uch kun ichida amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligi faoliyati esa O’zbekiston Respublikasining "Fermer xo’jaligi to’g’risida"gi 2004-yil 26-avgust 662-I-sonli qonuni bilan tartibga solinib, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda Tovar qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqirish bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.14 Shuningdek, shaxsiy yordamchi xo’jalik ham kichik tadbirkorlikka taalluqli bo’lib, u qishloq ovul va qo’rg’onlarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi - tomorqada oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug’ullanadigan oilaviy xo’jalikdir.6
Tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yhatdan o’tkazish tamoyiliga o’tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to’siqlarni olib tashlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yhatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini rasmiylashtirish va davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirildi, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik sub’ektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yhatdan o’tkazadigan faqat bitta tashkilot, ya'ni tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadibirkorlik sub’ektlarini ro’yhatdan o’tkazish inspeksiyalari doirasida amalga oshirilishi ta'minlandi. Ushbu mexanizm keyingi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarini "bir darcha" orqali tezlik bilan davlat ro’yhatidan o’tkazish tizimi nomini oldi. Bu tizimni quyidagi chizmada ko’rish mumkin.

1-chizma Tadbirkorlik sub’ektlarini (yuridik shaxs tashkil etgan holda) davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yish sxemasi 7

Download 134.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling