Bob. Modernizatsiyalashning iqtisodiy ahamiyati va nazariy asoslari


Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi


Download 134.93 Kb.
bet2/8
Sana18.02.2023
Hajmi134.93 Kb.
#1212638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy modernizatsiyalash sharoitida harakatdagi korxonada yangi maxsulotni ishlab chiqarishga kiritishning biznes rejasi

Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi. Kichik biznesni moliyalashtirish bo’yicha o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik olimlar qatoriga K. Siropolis Nikolas, Den Shtaynxoff, Djon Berdjes va rus iqtisodchi olimlaridan V. Ya. Gorfinkel, O. I. Sosnauskin, T. Yu. Sergeev, Ye. V. Pimenov, Ye. Yu. Loginova, O.D. Pryanina, A. D. Sheremet va boshqalarni alohida ta'kidlab o’tish lozim. Ushbu muammolar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi kichik biznesni kreditlash tahlili asosida ilmiy tadqiqot olib borgan iqtisodchi olimlar sifatida M. Toshxo’jaev, M. Solihov, B. Berdiyorov, B. Mamatov, E. Nosirov, K Sharifxo’jaeva, A. Madraimov, B. Irisov, R. Yusupov, R. Xodjaev, A. Egamberdiev, N. Raxmatinnayeva, Sh. Shoyusupov, U. Azizov,
J. Norboyevlarni ko’rsatish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsad vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirish bo’yicha hozirda mavjud nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish va mustahkamlash, kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish sohasida mavjud imkoniyatlar va muammolarni ularning hozirgi holatini tahlil qilgan holda o’rganish va bu holatlar yuzasida amaliy tavsiyalar berish.
Ushbu asosiy maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:

  • kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashning zarurligi va uning ahamiyatini ko’rsatish;

  • kichik biznesni moliyalashtirishning xorij tajribasini o’rganish;  asosiy moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

  • amaldagi kichik biznes korxonalarini moliyashtirish tartibini tahlil qilish hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mazkur bitiruv malakaviy ishining o’rganish ob’ekti kichik biznes faoliyati hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti esa kichik biznes korxonalarining moliyalashtirilish jarayoni.
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishini nazariy jihatdan tadqiq qilishda O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar kichik biznes sohasining rivojlanishini aks ettiruvchi statistik materiallar, tijorat banklarining yillik hisobotlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu sohaga taalluqli bo’lgan me'yoriy hujjatlari hamda ilmiy jurnal va ro’znomalarda chop etilgan maqolalardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bayon qilingan fikrmulohazalar, tahlil qilingan materiallar, xulosa va takliflardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish sohasiga oid ishlanmalarda ma’lumot manbasi sifatida foydalanish mumkin.

Download 134.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling