Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana03.12.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1797413
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

 
2.7. Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning 
moliyaviy hisobot mazmuniga ta’siri 
 
Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
faollashuvi, 
chet 
el 
investitsiyalarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga keng jalb etilishi 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobot tuzishni ham jahon standartlari talablariga javob 
beradigan darajada tashkil etish talabini qo‘ymoqda. 
Bu esa, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga tayanilgan, 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa me’yoriy 
hujjatlarga asoslangan. Buxgalteriya hisobining milliy standart (BHMS) 
larini ishlab chiqish zaruriyatini paydo qiladi. Ushbu standartlar 
buxgalteriya hisobi shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning 
mustaqilligini ta’minlaydi. 
2.10-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan Buxgalteriya hisobi milliy standartlari ro‘yxati 
№ 
Standartning nomi 
Kuchga kirgan 
sanasi 
BHMS 0 
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish 
uchun konseptual asos 
1998-yil 24- avgust 
BHMS 1 
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot 
1998-yil 24- avgust 
BHMS 2 
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar 
1998-yil 4- sentyabr 
BHMS 3 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
1998-yil 4- sentyabr 
BHMS 4 
Tovar-moddiy zaxiralar 
1998-yil 28- avgust 
BHMS 5 
Asosiy vositalar 
2004-yil 30- yanvar 


146 
BHMS 6 
Ijara hisobi 
2004-yil 2-iyul 
BHMS 7 
Nomoddiy aktivlar 
2005-yil7- iyul 
BHMS 8 
Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho‘’ba 
xo‘jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish 
1999-yil 26- oktyabr 
BHMS 9 
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot 
1998-yil 6- yanvar 
BHMS 
10 
Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami 
bo‘yicha ko‘rsatiladigan ma’lumotlar 
1998-yil 13- dekabr 
BHMS 
11 
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab 
chiqishlarga xarajatlar 
1998-yil 6- yanvar 
BHMS 
12 
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish 
1999-yil 26- yanvar 
BHMS 
14 
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot 
2004-yil 17- aprel 
BHMS 
15 
Buxgalteriya balansi 
2003-yil 20- mart 
BHMS 
16 
Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi 
xo‘jalik faoliyatining nazarda tutilmagan holatlari 
va yuz beradigan hodisalari 
1999-yil 1- yanvar 
BHMS 
17 
Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari 
1999-yil 1-
yanvardan 
BHMS 
19 
Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish 
1999-yil 2- noyabr 
BHMS 
20 
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 
soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va 
hisobotlar tuzish to‘g‘risida 
2000-yil 24- yanvar 
BHMS 
21 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi 
va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma 
2002-yil 23- oktyabr 
BHMS 
22 
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va 
majburiyatlarning hisobi 
2004-yil 31- may 
BHMS 
23 
Qayta tashkil etishni amalga oshirishda 
moliyaviy hisobotni shakllantirish 
2005-yil 7-iyul 
BHMS 
24 
Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi 
2009-yil 28- avgust 
Ma’lumki, har bir mamlakatning o‘ziga xos hisob tizimi va hisobot 
tuzish usullari mavjud. Lekin kapitalning bir necha mamlakatlar 
miqyosida faoliyat ko‘rsata boshlashi natijasida xalqaro hisob 
standartlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘ldi. Ushbu masalani hal 
qilish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 1973- 
yilda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha qo‘mita 


147 
tashkil etilib, qo‘mita tomonidan 2011-yil 21-fevral holatiga “Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standarti” nomli 36 ta xalqaro standarti ishlab 
chiqilgan. Bundan tashqari yuqoridagi standartlarga 18 nomdagi 
tushuntirishlar hamda 11 nomdagi izohlar ishlab chiqilgan. Xalqaro 
standartlarda belgilangan qoidalar tavsiyaviy tavsifga ega bo‘lib 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti 
rahbarlik qilish, buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab 
chiqish va tasdiqlash Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan. Moliya 
vazirligi buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobot 
tuzishda ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘nalishida 
ishlar olib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan bugungi 
kungacha 0 dan 24-songacha bo‘lgan buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari ishlab chiqilib tasdiqlangan. Ularda hisob yuritishning asosiy 
tamoyillari va qoidalari mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va 
amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi standartlari quyidagilar. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling