Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari
Moliyaviy hisobot shakllari va ularning axborotliligi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari
Moliyaviy hisobot shakllari va ularning axborotliligi
Hisobot shakllari Buxgalteriya balansi Foyda va zarar haqida hisobot Kapital to‘g‘risidagi hisobot Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot Iqtisodiy resurslar haqidagi, likvidlik va to‘lovga qobillik haqidagi, korxonaning o‘zgarishlarga ko‘nikish qobiliyatini baholash to‘g‘risidagi axborotlarni olishga imkon beradi Resurslar bazasi yuzasidan pul oqimlarining ijobiy saldosini, faoliyat natijasi va rentabellik haqidagi axborotlarni beradi Korxonaning operatsion, moliyaviy va investitsion faoliyat natijasini baholashga, korxonaning pul ishlab topish qobiliyati, ushbu mablag‘larga korxonaning zaruriyatini baholashga imkon beradi Korxonaning sof aktivlar qiymatini baholashga, to‘lovga qobillik va likvidlikni baholashga, pul mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beradi Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. 125 Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek‚ asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: davlat soliq xizmati organlariga; ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat‚ faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek‚ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir. Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek‚ sug‘urta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart. Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, 126 shuningdek‚ u asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir. Boshlang‘ich hisob hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi reestrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar – buxgalteriya axboroti deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni buxgalteriya hisobi standartlari belgilaydi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni buxgalteriya hisobining milliy standartlari belgilaydi. Xo‘jalik subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashlari mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling