Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Moliyaviy tahlil bosqichlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana03.12.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1797413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

 
2.4. Moliyaviy tahlil bosqichlari 
 
Moliyaviy tahlil o‘tkazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi: 
1. 
Dastlabki 
baholash. 
Dastlabki 
baholashda 
axborotlar 
ishonchligini baholashni, moliyaviy hisobotlarni o‘qish va uning muhim 
ko‘rsatkichlar tizimini baholashni, aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli 
aktivlar, o‘z va qarz mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimini 
mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali aniq xulosalarni 
shakllantirish nazarda tutiladi. 
2. Ekspress-tahlil. Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash asosida 
korxonaning joriy va istiqbolli to‘lovga qobilligini, ish va bozor 
aktivligini o‘rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho 
berishni anglatadi. 
Ekspress-tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan 
iborat. Ekspress-tahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshiriladi: 
- rasmiy xususiyatlarga ko‘ra hisobotni ko‘rish; 
- auditor xulosasi bilan tanishish; 
- korxona hisob siyosati bilan tanishish; 
- hisobotdagi “og‘riqli”(muammoli) bandlarni aniqlash va ularni 
dinamik baholash; 
- asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishish; 
- tushuntirish xatini o‘qish; 
- haqqoniy balans ma’lumotlari asosida mulkiy va moliyaviy holatni 
baholash; 
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish. 
Ekspress-tahlilda 
quyidagi 
muhim 
o‘zgarishlarga ahamiyat 
qaratiladi: davr oxiriga balans jamining davr boshiga nisbatan o‘sishiga; 
aylanma aktivlarning o‘sishi uzoq muddatli aktivlarning o‘sishidan 
yuqori bo‘lishiga; xususiy kapitalning qarz kapitalidan ortiq bo‘lishiga; 


122 
xususiy kapitalning o‘sishi qarz kapitalining o‘sishidan yuqori 
bo‘lishiga; debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining o‘sishi bir xilda 
bo‘lishiga; aylanma aktivlarda o‘z mablag‘lari hissasi yuqori bo‘lishiga; 
qoplanmagan zarar qatori bo‘lmasligiga va h.k. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling