Bob. Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishda va takomillashtirishda ota-onaning roli


Download 66.02 Kb.
bet1/6
Sana16.03.2023
Hajmi66.02 Kb.
#1272870
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi




Mundarija
Kirish

  1. Bob.Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishda va takomillashtirishda ota-onaning roli

    1. Milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizda va islom dinida ota-onalar mas’uliyatiga qo‘yilayotgan talablar

    2. Ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri

  2. Bob.Bola shaxsini oilada tarbiyalash

    1. Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri

    2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish


Mavzuning dolzarblligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.

Download 66.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling