Bob. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa namunalari


Download 86 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1241485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAVSHAN

Abu Ali Ibn Sino

O‘rta osiyo va sharq xalqining buyuk mutafakkiri, faylasuf va qomusiy olim abu ali ibn sino X asrda yashab ijod qilgan. U 980-yilda Buxoro shahrida ziyolilar oilasida dunyoga 21 kelgan. otasi bilimdon insonlardan bo‘lib, sinoning birinchi o‘qituvchisi hisoblangan. Bolalik davridan kimyo, falsafa, tarix va boshqa fanlaiga qiziqib kelgan. Tibbiyot sohasida yaratgan asari “Tibbiyot ilmining qonuni” o‘rta osiyo va sharq mamlakatlarida shuhrat qozongan. qadim yunon mutafakkirlari aristotel, Pifagor, Ptolomey hamda al-Kindiy, abu Nasr al- Forobiy asarlarini o‘rganib, ushbu asarlar asosida mustaqil musiqa nazariyasini yaratdi. ibn sino musiqa sohasiga bag‘ishlab beshta asar yaratgan, jumladan, “Kitob-ush shifo”, “Kitob-un- Najot”, “donishnoma”, musiqa sohasida yaratilgan ikkita asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, ular to‘g‘risida Sinoning “Kitob-un-Najot” asarida ko‘rsatilgan. sinoning “donishnoma53 asari to‘rt qismdan iborat va quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi qism geometriya faniga bag‘ishlangan. ikkinchi qism astronomiya faniga bag‘ishlangan. Uchinchi qism arifmetika faniga bag‘ishlangan. To‘rtinchi qism musiqa faniga bag‘ishlangan. musiqa sohasiga bag‘ishlangan qismi 9 ta bobdan iborat:
1 . Tovush, interval, balandlik, ohangdoshlik va noohangdoshlik.
2. Tovushlarning munosabati.
3.ohangdosh tovushlarning noohangdosh tovuslilar bilan aloqadorligi.

  1. Tetraxordlar.

  2. lad. Tovushqator.

  3. Usul va o‘lchovlar.

  4. Harakat va kuylarning klassifikatsiyasi.

  5. Musiqa asboblari to‘g‘risida.

  6. Musiqiy bezaklar (melizmlar).

Nazariy va amaliy natijalariga ko‘ra ibn sino o‘z asarida musiqaning insonga ta'siri, musiqa orqali insonlarni davolash, 22 musiqa go‘zallik timsoli, musiqa estetik tarbiyalanuvchi jarayon deb hisoblangan14.
Sinoning “ash-shifo” asari musiqa madaniyatida alohida o‘ringa ega. Ushbu asarda mutafakkir bir necha yillar tajribalaridan kelib chiqqan holda yaratgan. “ash-shifo” asari muqaddima va 6 bobdan iborat.

  1. bob -Tovushlarning paydo bo‘lishi va intervallar to‘g‘risida.

  2. bob - matematik hisoblash yo‘li bilan inteivallarni tuzish.

  3. bob - Tetraxordlarning xilma-xilligi.

  4. bob - Tovushlarning harakatlari to‘g‘risida.

  5. bob -Usullar nazariyasi.

  6. bob - Kuylaming yaratilishi. musiqa asboblarining tuzilishi.

Ushbu ma'lumotlar bilan bir qatorda ibn sino tovushlarning harfiy tizim bo‘yicha belgilanishi to‘g‘risida so‘z yuritadi. mutafakkirning qomusiy asarlari musiqa madaniyati, ta'lim- tarbiya, insonlarning ma'naviy rivojlanishiga ko‘makdosh bo‘lib kelgan.
Yillar davomida to‘xtovsiz urushlar esa madaniyat va san'atni rivojlantirishga zarar yetkazdi. XII asrdan boshlab tasavvuf yo‘nalishi rivojlana boshladi. Faxriddin ar-Roziy, Jaloliddin Rumiy, ahmad yassaviy asarlari yaratildi.
XII-XV asrlarning muhim sanalari bu temuriylarning saltanati barpo etilishi bilan bog‘liq. XIV asrning ikkinchi yarmida madaniyat va san'at sohasida yangi yuksalish davri boshlandi.
Mo‘g‘ul boshqinchiligidan keyin yangi shahar, bozor va savdo markazi, kutubxona, madrasalar barpo ctildi. sohibqiron amir Temurning me'morchilik, harb ishi va iqtisod sohalariga ahamiyati yuksak bo‘lishi barobarida san'at va madaniyat, ilm-fan rivojlantirishga ham katta e'tibor beigan. XiV asrda madaniyat, san'at, musiqa rivojlanishi shoir va mutafakkir abdurahmon Jomiy nomi bilan bog‘liq. U yaiatgan “musiqa haqidagi risola” o‘zbek va sharq musiqa madaniyatini rivojlantirishga muayyan poydevor bo‘lgani mubolag‘a emas. Jomiyning ushbu asarida Forobiy, ibn sino, ibn Zayla, Urmaviy kabi mutafakkirlarning aqidalari, tajribalari aks ettirilib, muallif shu asosda o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boigan.
O‘rta osiyo musiqa madaniyatining rivojlanishi alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. U shoh sulton Husayn Bayqaro davrida ijod qilgan. Navoiy maslahati bilan saroyda sharq mamlakatlaridan shoirlar, musiqachilar, rassomlar, raqqosalar taklif etib, ularga ijod uchun sharoit yaratib, muntazam ular orasida mushoiralar, turli tadbirlar o‘tkazilgan. shoh tomonidan ularning san'atiga yuqori baho berib, rag‘batlantirib kelgan. Tarixiy manbalardan ma'lumki, XV asrda Navoiy rag‘batlantirgan san'atning abg‘ora turi rivojlangan. Navoiy musiqa san'atiga ulkan muhabbati tufayli musiqachilar faoliyatini keng rivojlantirgan. o‘sha davrlarda yashab ijod qilgan musiqachilar o‘z asarlarida shoirning she'rlaridan foyidalangan.


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling