Bob. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa namunalari
Safiuddin Abulmo‘min Urmaviy
Download 86 Kb.
|
RAVSHAN
2.2. Safiuddin Abulmo‘min Urmaviy Safiuddin Abuimo‘min ibn Yusuf ibn Foxiri Urmaviy 1230- yil Urmiya shahrida dunyoga kelgan. U oddiy hunarmand oilasida kamol topadi. Boshlang‘ich ta'limni va turli hunarlarni o‘z shahrida olgan. Uning qiziqishi nafis san'atga. hattotlik. musiqa, tarix, adabiyotga bo‘lganligi uni Bog‘dod shahriga olib keladi. Bog‘dodda u o‘z bilimini mustahkamlash maqsadida mustansariya15 madrasasiga kiradi. madrasada adabiyot, tarix, musiqa fanlarini chuqur o‘rganib, madrasani bitirgach, u Bog‘dod xalifaning xizmatiga ishga kiradi. Tez orada “Bog‘dod xalifaning hattoti” unvoni bilan shuhrat qozonadi. Xalifa saroyida Urmaviydan tashqari shoir va musiqachilar ijod qilib o‘z asarlari bilan Bog‘dod xalifasining kutubxonasini boyitib kelgan. Kutubxonada Urmaviy qadim yunon donishmandlari va ya'hudi Kindiy, Forobiy, ibn sino asarlarini mutolaa qilib, ularning falsafiy estetik qarashlari bilan yaqindan tanishib keladi. Olimlarning ilmiy-nazariy asarlariga yuqori baho berib, ayniqsa, Forobiyning tovush, ritm, intervallarga bergan ma'lumotlari, sinoning musiqiy-estetik qarashlaridan bahramand bo‘lib, shu asosda o‘zining asarlarini yaratadi. Urmaviy nazariy bihmlar bilan birgalikda barbat (ud) musiqa asbobini mukammal darajada o‘rganadi. shu asbob orqali musiqa ilmining nazariy va amaliy tomonlarini o‘zining musiqa risolasida aks ettiradi. maqomchilik an'analariga muvofiq yangi namunalarni ijod etishda, yana biri maqom yo‘llarini ijro etish talqinida ko‘zga tashlanadi. musiqiy ijodiyotning har ikkala sohasi so‘nggi yillarda yorqin namoyon bo‘lmoqda. Yaqin-yaqinlargacha maqom namunalari ardoqli meros sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, endilikda faqat ijro talqinlari orqali yangilanishi, boyitilishi mumkinligi e'tirof etilar edi. darhaqiqai, ko‘p o‘n yilliklar davomida jonli amaliyotda xuddi shunday ahvol kuzatilgan. XULOSA. Mumtoz musiqalarni talabalar bilan o’rganishda, ularning repertuarlarini boyitib borish bilan bir qatorda asrlar davomidasayqal topib kelgan milliy bezaklar, nola va qochirimlardan foydalana olish ularning hissiy olamiga kirita olish, ularni bekamu\kust ijro eta olishi va ularning badiiy qiymatinio’tkir zehn bilan baholay olishi kabi jihatlarga ham alohida etibor berish lozim bo’ladi. O’zbek xalqining xozirgi avlodi o’z ajdodidan juda katta boy musiqiy merosni, bebaho asarlar hazinasini qabul qilib olgan. Bular ichida mumtoz musiqaning o’rni alohidadir. Turli hududlarimizda yaratilgan “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari”, ”Farg’ona-Toshkent maqomi”, mumtoz qo’shiqchiligimiz yunalishidayaratilgan yirik hajmdagi, keng diapozon talab qiladigan ashulalarimiz, katta ashulalarimizning har biri o’ziga xos musiqiy bezaklarga ega bo’lib, bo’lajak musiqa mutaxasislari bu bebaho boylikniasrab avaylab saqlashi, ularni yangicha talqinlar bilan boyitib, yosh avlodga singdirib borishi uchun o’ziga xos xassoslik, yuksak malakali kadr qilib tarbiyalash talab etiladi. Buyuk allomalarimiz, musiqashunos olimlarimiz, musiqiy olamning sir-sinoatlarini ochib beruvchi ko’plab nodir asarlarni va qo’l yozmalarni meros qilib qoldirib ketganlar. Bu xazinani o’rganib undan yetarlicha xulosa chiqarib olish va undagi durdona fikrlarni yoshlar ongiga singdirib, ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirib, o’stirib borish ham bo’lajak bakalavrlarning zimmasiga yuklatiladi. Shuni alohida takidlash lozimki musiqa pedagogikasi olimlari musiqaning turli jihatlariga qalam urib, musiqa orqali yoshlarga estetik va axloqiy tarbiya berish, musiqiy bilimlarini shakllantirish kabi qator mavzularni yoritib berganlar. Xalqimizning kelajak ishonchm va tayanchi bo’lgan yoshlarga musiqa sirlarini o’rgatish ishiga bel bog’lagan bakalavrlar bu muammoni asosli hal qilishga jalb qilinishi uchun ularni oliy musiqa dargohlarida tizimli ravishda tayyorlab borish lozimdir. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling