Bob. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa namunalari


II-BOB. Olim mutafakkirlar ijod. Abu Nasr Al-Forobiy


Download 86 Kb.
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1241485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAVSHAN

II-BOB. Olim mutafakkirlar ijod. Abu Nasr Al-Forobiy
XI asr mutafakkiri va mashhur olimi, faylasuf abu Nasr alForobiyning sharq musiqa madaniyatida qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning yaratgan asarlari falsafa, matematika, astronomiya, musiqa va aniq fanlarni qamrab olgan. abu Nasr al-Forobiy taxminan 873-950-yillaida yashab ijod qilgan. To‘liq ismi abu Nasr muhammad ibn muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Forobiy10 bo‘lib, Forob shahrida (sirdaryo) tug‘ilib, bolalik davri shu shaharda o‘tgan. Bolalikdan adabiyot, musiqa, aniq fanlarga qiziqib, shu fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun samarqand, so‘ng Buxoro shaharlarda tahsil oladi. manbalarda Forobiy hayoti va ijodiga oid kam ma'lumotlar berilgan, lekin uning iste'dodi, bilimdonligi va nihoyatda kamtarinligi to‘g‘risida ko‘p musiqashunos-tarixchilar o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan, jumladan, taniqli musiqashunos o.matyoqubov “Forobiy sharq musiqasi asoslari to‘g‘risida” asarida quyidagi dalillarni keltirilgan11: Rivoyat qiladilarki, bir kuni Forobiy vazir sohib abbad bilan uchrashish maqsadida Ray shahriga keladi. U nihoyatda oddiy kiyinganligi uchun hech kim tanimas edi. Bir muddat vazir va ashrofzodagonlar orasida o‘tirib, Forobiy xaltasidan “g‘ijjak” ni olib, turli kuylarni ijro etadi. Kuyning birinchi qismi shodlik, xursandchilikdan dalolat berardi, ikkinchi qismi esa qayg‘u hissiyotini keltirardi va oxirida ohang ta'sirida barcha shinavandalarga uzoq uyqu baxsh etardi. Forobiy musiqa asbobining dastasiga “Forobiy keldi, ishtirok etdi va ketdi” degan so‘zlarni yozib ketadi. Uyqudan turgan vazir sohib abbad Forobiy kelganligi va ketganligini bilib, afsusda qoladi. Ushbu fikrlar shundan dalolat beradiki. Forobiy o‘z bilimi va iste'dodi bilan sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib, ‘'ikkinchi o‘qituvchi” nomini olgan. yillar davomida Forobiy qadim yunon olimlari Pifagor, aristotel, Ptolomey, aristoksen asarlarini o‘rganib. mutafakkirlarning estetik qarashlar. fabsafiy tadqiqotlari bilan tanishib chiqadi. Forobiyning yaratgan asarlarida Yunon olimlarining fikrlari o‘z o‘rnini topadi. Forobiy tomonidan musiqa sohasiga bag‘ishlangan asarlar bebahodir. Jumladan, “Kitob-ul-musiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi), “Kitob -ul-iqo‘”. “Kalom fil musiqa”. Kitob-fi-iqsa ul-iqoat”. “Kitob fi iqsa al-ulum” Ushbu asarlardan musiqa madaniyatida yuqori o‘rin olgan “Kitob-ulmusiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi) dir. Forobiy bu asarni xalifa Rozining vaziri Karxiy taklifi bilan yaratgan. Bu asarga musiqashunoslar tomonidan yuqori baho berilib, ensiklopedik asar hisoblanadi va asl nusxalari beshta bo‘lib, jahondagi nufuzli kutubxonalarda saqlanadi12. asar ikki katta qismdan (ikki kitob) iborat, birinchi qism sakkiz bobdan, ikkinchi qism to‘rt bobdan iborat bo‘lib, quyidagi tartibda shakllangan:
«Kitob-ui-musiqa-ul-kabir»(Katta musiqa kitobi) ning qisqacha tahlili Birinchi qism - musiqa san'atiga kirish. Birinchi bob:

  1. Kuy, musiqa so‘zlarining ahamiyati.

  2. musiqa san'atining turlari. Nazariy va amaliy bilimlar.ijro uslubi.

  3. Kuylarning yaratiJishi.

  4. Kuylarning yaratilishi va ijrodagi munosabatlar.

  5. Kuylarning turlari va ularning belgilari.

  6. Kuylarning kelib chiqishi, ahamiyati va xususiyatlari.

  7. musiqa asboblarining yaratilishi. ”Ud” musiqa asbobigacha yaratilgan musiqa asboblar to‘g‘risida.

  8. amaliy mashg‘ulotlarini olib borish. Nazariy va amaliy bilimlarning mushtarakligi.

  9. musiqa ilmining rivojlanishi.

1 lmusiqa va she'riyatning tuzilishi. musiqa va matematika.

  1. Tajriba, natija va uning isboti.

  2. musiqa olimi to‘g‘risida.

ikkinchi bob - musiqa san'atining muqaddimasi.

  1. inson idroki uchun tabiiy bo‘lgan kuylar, an'analar.

  2. Kuylarning asosiy omillari, kuylarning to‘ldirishi va ularning bezatilishi,

  3. Tovushlarning tabiiy balandligi, balandlik darajasi.

  4. ”Ud” musiqa asbobining tabiiy tonlarini taqsimlanishi.

  5. Kuyning takomillashlirish omillari.

  6. intervallar va ulaming muhokamasi.

  7. intervallarning bo‘linishi (Jinslar).

  8. qattiq va yumshoq jinslar.

  9. intervallarning tafovuti.

  10. musiqa san'atining nazariy asoslari.

  11. musiqa amaliyotining o‘nta ohangdoshligi. musiqa bezaklari.

ikkinchi qism - musiqa san'ati.13 Birinchi bob:

  1. Tovushlarning paydo bo‘lishi.

  2. Tovush balandligining sabablari.

  3. Tovush balandligi va farqi.

  4. intervallar to‘g‘risida.

  5. Barcha intervallarning bo‘linish orqali paydo bo‘lishi.

  6. intervallarning ohangdoshligi va noohangdoshligi.

  7. qoldiq intervallar, intervallarni hisoblab chiqarish va joylashtirish.

  8. Tovush qatorining ketma-ketligi.

  9. Tonlarning joylashuvi. Funksiyaning ahamiyati.

  10. Tabiiy funksiyalar.

  11. Funksional asoslari.

  12. Intervallar va tonlarning almashuvi.

  13. Jins almashuvi natijasida paydo bo‘lgan tonlarning soni. ikkinchi bob: Keng tarqalgan musiqa asboblari. Xarakterli intervallar to‘g‘risida.

  1. Ud musiqa asbobi to‘g‘risida va uning tuzilishi.

  2. Ud musiqa asbobining tizimi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Forobiy o‘z asarida musiqa nazariyasi va amaliyoti, musiqa asboblari bilan birgalikda maqomlar to‘g‘risida ma'lumot beradi. Forobiy o‘rta osiy va sharq xalqlarining musiqiy ijodiyoti va an'analarini, o‘z zamondoshlari va qadim yunon olimlarini asarlari bilan yaqindan tanishganligi sababli, nazariy va amaliy bilimlar ushbu asarida o‘z isbotini topgan. mutafakkiming so‘ngi umr kunlari aleppo shahrida o‘tgan va shu yerda vafot etgan. Forobiyning musiqiy-nazariy merosi olimlar tomonidan yillar davomida organilib kelmoqda. Forobiyning shoh asari kelajakda musiqa sohasida yaratiladigan asarlarga poydevor bo‘lib kelmoqda.


    1. Download 86 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling