Bob. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa namunalari


Download 86 Kb.
bet2/6
Sana01.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1241485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAVSHAN

Musiqiy-nazariy meros. iX asrdan boshlab o‘rta osiyo xalqlarining bosqinchijar zulmidan ozod bo‘lishi tufayli hokimiyat somoniylar qo‘liga o‘tdi. o‘rta osiyoda rivojlanish davri boshlandi. Hokimiyatda katta o‘zgarishlar bo‘lib feodalizm davri boshlandi. shaharlar o‘sdi, uylar barpo etildi. Bozor, savdo rivojlandi. iqtisod rivojlanishi bilan birgalikda adabiyot, san'at, madaniyat sohalarida ham katta o‘zgarishlar qayd qilindi.
Bu davrda ajoyib olim-mutafakkirlar muhammad muso al Xorazmiy, abu Nasr al-Forobiy, ibn sino, ahmad Faig‘oniy, abu Rayxon Beraniy, shoir, sharq klassik adabiyotining asoschisi abu abdullo Rudakiy, abulqosim Firdavsiy va boshqalar yashab ijod qildilar.
Somoniylar davlatida madaniyat va san'atning rivojlanishining boisi o‘sha davrda Buxoro shahriga barcha mashhur va iste'dodli shoir, hofiz, olimlar, musiqachi va raqqoslarni somoniylar sarvari ismoil somoniy da'vat qilib, barcha madaniy va san'at ahliga ijod uchun sharoit yaratib berdi. Albatta, barcha shoir va hofizlar san'at ahli shoh saroyida yashab ko‘proq hukmron shaxslar va saroy ahlini maqtaydigan asarlar yarata boshladilar. Tez orada Buxoro shahri madaniyat va san'at markaziga aylandi. o‘sha davrda saroy shoirlari va musiqachilari ijodida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. qasida janrining rivojlanganligi va uning muqaddima qismi nasib7dan mustaqil musiqiy poetik janr g‘azal8 tug‘ilishi somoniylar davlatida madaniyat va san'at yanada rivojlanganidan darak beradi.
Somoniylar davlatida yana bir holatni aytib o‘tish joiz, ya'ni ilm-fan uch yo‘nalishda rivojlangan:

  1. diniy-mifologik.

  2. Tabiiy ilm.

  3. Tasavvuf yo‘nalishi.

Mana shu uch yo‘nalishda olim mutafakkirlar ijod qilib kelgan. Masalan, Al-Kindiy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy o‘z asarlarini dimy-mifologik yo‘nalishda bayon etgan. Ibn Sino va Al-Farg‘oniy esa tabiiy ilm sohasida ko‘p asarlarini yaratishgan va deyarli barcha olim, shoir va musiqachilar o‘z asarlarida tasavvuf yo‘nalishi mayjud edi.
Qasida va g‘azal kuychisi shoir A.Rudakiy xalq orasida tez shuhrat qozonib, Uning asarlarida o‘sha davrga xos maqtov va sharaflanishdan tashqari ko‘proq erkin mavzular bo‘lgan. Rudakiyning she'riy misralari insonlar qalbidan chuqur joy olganligi ko‘p asarlarda zikr etilgan9.
Somoniylar davlatida qadimgi epik afsonalar, qahramonlik dostonlari vujudga keldi. “shohnoma” asarining muallifi a.Firdavsiy o‘z asarida aynan shu janrlarga murojaat etib, o‘z zamonida va undan oldingi zamonlarda yashab o‘zining shijoatlari bilan qahramonlik ko‘rsatgan bahodirlar to‘g‘risida ma'lumot beradi. asarda saroy hayoti o‘tkaziladigan barcha tadbirlar, ziyofatlar, o‘sha tadbirlarda yangragan musiqa asarlar holg‘u asboblari to‘g‘risida ma'lumot berilgan. shuning uchun bu asar o‘rta osiyo xalqlarining ensiklopedik asari hisoblanadi.
O‘rta osiyo musiqiy, nazariy ilmi aynan iX asrdan boshlab rivojlandi. shu yillardan boshlab musiqa haqida risolalar paydo bo‘lib unda falsafiy-estetik qarashlar. matematik va astronomik yondashish, musiqa asboblari to‘g‘risida ko‘p ma'lumotlar beriladi. ayniqsa o‘sha davrda yaratilgan Forobiyning “Kitob- ul-musiqaul-kabir”, ibn sinoning “Kitob-ush-shifo”, “Kitob-un- najot”, “Donishnoma” kabi asarlari fikrimizning isbotidir. Musiqa bilan she'riy vaznning bog‘lanishi, ovozlarning munosabati, ritm haqidagi ta'limotlar Forobiy va sino asarlarida yaqqol ko‘rsatilgan. albatta, aytib o‘tish joizki, sharq musiqasining ta'limoti yunon olimlari aristotel, Gipokrat, Pifagor, aristoksin kabi yirik mutafakkirlarning qarashlari bilan mushtarakdir.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling