Musíqa (yunoncha— ilhom parilari) — tovush san’atidir; Inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at turi. M. insonning turli kayfiyatlari (quvonch, shodlik, zavqlanish, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, M. shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar) uning tabiatini ham yorqin aks ettiradi. M.ning ushbu ifodaviy, tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur,tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan, sharx va ilmiy tadqiq qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |