Musíqa (yunoncha— ilhom parilari)
Download 28.74 Kb.
|
Music
GEORG FRIDRIX GENDEL
1685-1759 Georg Fridrix Gendel 1685-yil 23-fevralda Galle shahrida tug'ildi. Bolaligidan boshlab unda ajoyib musiqiy qobiliyat hamda musiqa dunyosi bilan bog'liq barcha narsaga qiziqish namoyon bo'ldi. Biroq bolaning musiqiy qiziqishlari otasining qarshiligiga uchradi.Uning ajdodlari hunarmandchilik bilan shug'ullanganlar. Gendelning otasi, sartarosh-xirurg Yevropaning turli (shved , sakson) armiyalarida xizmat qilgan. Gendelning birinchi ijodiy tajribalari 10 yoshlik davriga to'g'ri keldi. 12 yoshida Gendel Berlindagi Brandenburgning saroyida birinchi marta konsert qo'ydi. 1697-yil otasi vafot etdi va bu Gendelni musiqachilikka bo'lgan taqiqdan xalos qiIdi. Shunga qaramasdan otasining vasiyatini bajarib, Gendel gimnaziyada o'qishni davom ettirdi va u yerda to'liq kursni tugatib, universitetning yuridik fakultetiga o'qishga kirdi. Yuridik fanlar kursini o'tish bilan bir vaqtda Gendel cherkov organchisi sifatida xizmatga kirdi. 1706—10 yillarda Italiyada yashab, klavir va organ ijrochisi sifatida shuhrat qozongan. 1717 -yildan Angliyada yashagan. 1720—41 yillarda London opera teatri (Qirol musiqa akademiyasi)ning rahbari lavozimida ish faoliyatini olib borgan.
Ronaldo operasidan Almira ariyasi.1705- yilda sarabandning uchinchi kashfiyotida topilgan.Asar mazmuni: Almirena- birinchi Salib yurishlarini boshqargan Bouillon Gotfridning qizi, shuningdek ritsart Rinaldoning sevimli yori. Hikoya, Quddusda 11 asrning oxirida, birinchi salib yurishlari paytida sodir bo’ladi. Ritsirlarning birinchi harakatida Rinaldo sevgilisi Almira bilan bog’da o’tiradi.To’satdan, sehrgar paydo bb, Almirani o’g’irlaydi. 2- harakarning boshida Almira o’z kapitanining bog’ida otiradi va boshidan kechirganlarini motam tutadi. Gendelning 1711-yilgi ballida ariyaning namoyishlari mashxur bo’lib ketdi.sxrat qozodi. Opera—(it.lot. —ijod,asar) musiqali dramatik asar hisoblanadi. 16 asrning oxirlarida Italiyada paydo bo’lgan.O ’zbekistonda opera san’ati 1939 yili M.Ashrafiyning “Bo’ron” operasi bn vujudga keldi. Shundan keyin T.Sodiqovning “Layli va Majnun”, Hamid Rahimovning” Zulmatdan ziyo” Muxtor Ashrafiyning “Dilorom” va “ Shoir xotirasi” Sobir Boboyevning “Xamza” va “Fidoyilar”……..U.Musayevning “Mangulik” kabi operalar yaratildi. Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” hamsa asari asosida yaratilgan birinchi o’zbek hajviy operasi faqat respublikamiz va Sovet Ittifiqining qator respublikalarida shu jumladan, Moskva teatiri va Polshada ham ko’rsatildi. Sobir Boboyevning 1-bolalar operasi “Yoriltosh” uchun O’zb. Lelin komsomoli mukofotiga sazavor bo’ldi. Ariya (ital. aria- ashula) – Ashula kabi kuychan, murakkablashgan va keng shaklga ega. Ariya opera, musiqali drama, shuningdek kantata va oratoriyalarda qo’llaniladi. Badiiy vazifasi – opera qahramonining ruhiy kechinmalari va voqea hodisalarga bo’lgan munosabatini tasvirlab, ochib berishdir. KOMPOZITOR lot. compositor — tuzuvchi, ijod etuvchi) — koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori. K. atamasi 16-asrga kelib Italiyada keng tarqalgan. Oʻzbekistonda K.lik ijodiyoti 19-asrning oxiri, 1920—30 yillardan boshlab (V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel va boshqalar) jadal rivojlandi. Mahalliy K.lardan M. Ashrafiy, T. Sodiqov, M.Leviev, M. Burhonov, S.Yudakovlarning ilk ijodiy tajribalari 1930— 40 yillarga mansub. Mustaqillik davrida Oʻzbekiston K.larining ijodi yangi bosqichga koʻtarildi. Yosh K.lardan A.Mansurov, D.Omonullayeva, K.Ergashev, N.Gʻiyosov va koʻp ovozli musiqa sohasida ijod qilgan kompozitor Doni Zokirov, Sayfi Jalil, Dada’ali Soatqulov kabilar kuy va qoʻshiqlar yaratishgan va musiqaning rivojiga ham hissa qoʻshishgan. Bastakor (fors— bogʻlash, bogʻlov, mashgʻulot, ish) — anʼanaviy, mumtoz musiqa asarlari muallifi. Oʻrta Osiyoda B. tarixi qadimdan boshlanadi. Isteʼdodli xonanda, sozanda va bastakorlar Borbad Marviy (6 — 7-asrlar), Abdurahmon ibn Surayj (? —743), Abduhafz Soʻgʻdiy (? — 832) va boshqa Yaqin va Oʻrta Sharqning deyarli barcha mamlakatlarida tanilgan. Oʻzbek xalqi orasida B. ayniqsa Amir Temur va temuriylar, xususan, Bobur hamda boburiylar davrida mukammallashib, ilmiy va badiiy adabiyotda atroflicha oʻz tarixi va taʼrifini topgan. Asrning 2-choragidan bastakorlarimizning Oʻzbekiston musiqa madaniyatiga qoʻshgan hissalari nihoyatda unumli boʻldi. Xususan 30 — 40-y.lardan oʻzbek musiqali dramasi va komediyasi shakllanishida, 50-y.larda opera rivojida T. Jalilov va Yu. Rajabiylar hissasi katta. 20-asr Oʻzbek qoʻshigʻi taraqqiyoti K. Jabborov, F. Sodiqov, I. Ikromov, N. Hasanov, S. Kalonov, M. Mirzayev, F. Toshmatov, soʻnggi yillarda F. Mamadaliyev, A. Ismoilov, Oʻ. Rasulov, A. Dadayev kabi bastakorlar ijodida shakl topdi. Maqom— ( arab. —turar joy, o’rin, parda) —Musiqa cholg’u asboblarida parda va tovushlar o’rnini bildiradi va Sharq xalqlari o’rtasida qadim zamonlardan mavjud bo’lgan; sozanda, xonandalar tomonidan yaratilgan va tobora taraqqiy etgan musiqa janridir.13-18 asrlarga kelib, O’rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida o’n ikki maqom mavjud bo’lgan.O’zbekiston va Tojikistonda uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan olti maqom bb, Shashmaqom nomi bn mashxur. Bular: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroqlardir. Har bir M. ikki katta qismga bo’linadi: 1) mushkilot; 2) nasr; Shashmaqom kuylari birinchi marta 1923 yili prof. B.A.Uspenskiy (1879-1949) tomonidan Buxoroning mashxur sozanda, hofizlari Ota jalol va Ota G’iyoslar ijrosida notaga yozib olingan. Metranom-1815 yilda nemis pianisti va mexanik Мельцель tomonidan ixtiro qilingan. M. templarni yanada aniqroq bilib olish u-n shu asbobdan foydaliniladi. Fortepiano-(ital. forte- kuchli va piano- sekin) 18-asrda boshida B.Kristofori(Italiya), J.Marius(Fransiya) va Shryoter(Germaniya)liklar tomonidan ixtiro qilingan. 1711-yilda Italiyalik Podue shahrida klavisin ustasi Bartolomeo Kristofori yangi musiqa asbobini yaratdi. Bu asboba ijrochi kuyni xoxlaganicha past yoki baland ovozda chalish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu musiqa asbobini nomi ham shundan kelib chiqqan holda Pianoforte, keyinchalik Fortepiano nomi bn atalgan. 19 asrda 2ta asosiy fortepiano:1) gorizontal royal 2) vertikal pianino(ital.cha kichikina p.) 1716 yilda Fransuz Marius tomonidan ushbu cholg’u uning modeli konstruksiyadan qayta o’tadi. Bir yil o’tar-o’tmas, nemis musiqachisi Shreter tomonidan ham Kristofori va Mariusga nisbat farqli o’laroq fortepianoni takomillashtirdi. Kuy—tovushlarning bir ovozli shaklda ma’lum lad va metr hamda ritm jihatdan uyishib kelishiga kuy deyiladi. Qo’shiq— she’r va kuy xalq tomonidan ijod qilinib va xalq orasida keng tarqalgan janr; Ashula—keng tarqalgan vokal musiqa janri va shakli bb,unda she’riy va musiqiy obrazlarni biri-biriga uyg’unlashgan holda gavdalanadi. A.ning xalq ashulasi va profissional turlari bor. Profissional A. bastakor va kompazitorlar tomonidan shaklan ko’proq xalq ashulalariga yaqin tarzda yaratiladi. She’riy va musiqiy tuzulishi turlichadir: alla, yalla, lapar, marsia. Xalq termalari yo’lida aytiladigan A. shaklini qo’shiq deb ataldi. Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling