Musíqa (yunoncha— ilhom parilari)


Download 28.74 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi28.74 Kb.
#190513
1   2   3   4
Bog'liq
Music

VOLFGANG AMADEY MOTSART
Avstriyalik buyuk kompozitor Volfgang Amadey Motsart 1756-yilning 27-yanvarida Zalsax daryosi bo'yida joylashgan Zalsburg shahrida tug'ildi.V.Motsart bor-yo‘g‘i 36 yil yashadi. Olti yoshlik vaqtidan boshlangan uzluksiz konsert faoliyatiga qaramasdan, u shu vaqt ichida juda ko‘p asarlar yaratdi. Motsart 50 ga yaqin simfoniyalar, 19 ta opera, cholgʻu konsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), kvintetlar, sonatalar, Rekviem va boshqa turli janrlarda asarlar yozdi. Motsartning Otasi-Leoport Motsart skripka, organ cholg'ularida chalar, orkestr, cherkov xoriga rahbarlik qilar, va Zalsburg hokimi, knyaz saroyida xizmat qilardi. Uch yoshidayoq Volfgang klavesinda konsonans akkordlami topa olar va ularning sadosini tinglab, quvonardi. To‘rt yoshidan boshlab opasi Anna-Mariya chalgan kichkina asarlami shu zahotiyoq eslab qolib, uni takrorlardi. To‘rt yoshida Volfgang klavesin uchun konsert yozishga harakat qiladi. Otasi bolani opasi bilan birgalikda konsert safariga olib chiqishga qaror qiladi. Olti yoshli bola dunyoni zabt etish uchun otlanadi.

1770 yildan Bolonya Filarmoniya akademiyasi aʼzosi. Zalsburg knyaz arxiyepiskop saroyida konsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787 yillarda ) ijodiy ishlarini olib borgan.

Motsartning operalari „Figaroning uylanishi“ opera-komediyasi (1786), „Don Juan“ opera-dramasi (1787), „Sehrli fleyta“ milliy opera-ertagi (1791) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan. Hamda „Zaida“ (1780), „Qohira gʻozi“ (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan.

Uning soʻnggi asari — „Rekviyem“ (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Avstriyalik buyuk kompozitor 1791-yil Vena shahrida vafot etdi.

V.A.Motsartning 1777- yilda yozilgan sonatasi. Sonata allegro tempida bo’lib,sol major tonalligida yozilgan, Shakli: 3 asosiy bo’limdan iborat, Bular ekspozitsiya, rivojlov va reprizalardan iborat b-b, Sonataning ekspazitsiya qismi bosh partiya va yordamchi partiyalarga bo’linadi.

Veli Ahmedov

Veli Ahmedov 1918-yil 1-yanvarda Turkmanistonning Marv shahrida tavvalud topgan.U yoshligdan musiqa san’atiga qiziqan. Va Vladimir Fere hamda Mixayil Chulakilarda saboq olgan. 1953- yilda Moskva konservatoriyasini bitirgan. 1953-54 yillarda dirijyor. 1954-56 yillarda turkman filarmoniyasining badiiy rahbari.1959-1967 yillarda Turkmniston SSR bastakorlar ittifiqining raisi lavozimida ishlagan. U bolalar va yoshlar uchun darsliklar muallifi hamda ko’plab qo’shiqlar yozgan, ayniqsa xor ijrosi uchun turkman xalq ohanglarini qayta ishlgan.

“Bog’bonning qizi” musiqiy komediyasi (1967), “Birodarlik kantatasi” (1972), “Orkestr uchun lirik she’r” (1958), Fortepiano uchun torli kvartet (1949), Skripka va fortepiano uchun “Moth” (1967), fortepiano uchun ”Dance” “Bal-Sayat”(1955) va “At-Chapan” (1967) yillarda shu kabi qator asarlar muallifidir.


Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling