Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
«Agar shaytonning vasvasasi sizni yo’ldan
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…
«Agar shaytonning vasvasasi sizni yo’ldan
urmoqchi bo’lsa, Allohdan panoh so’rang. Albatta, U eshituvchi va biluvchi zotdir»; Isro surasining 45-oyatida: «Qachon siz Qur’on qiroat qilganingizda, siz bilan oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar o’rtasida ko’rinmas parda qilib qo’yamiz (ular Qur’onni anglay olmaslar)», deydi. 322/1. Abu Dardo (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga turdilar va biz u zotning: «A’uzu billahi minka. Al’anuka bila’natillahi salasa» (Allohning nomi bilan sendan panoh tilayman va uch marta Allohning la’nati ila seni la’natlayman), deganlarini va yana qo’llarini yozib, go’yo bir narsani olayotganga o’xshash harakatlarining guvohi bo’ldik. U zot namozdan forig’ bo’lganlaridan keyin: «Ey Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Rasululloh , namozda nimadir deganingizni eshitdik, uni oldin eshitmagan edik va qo’lingizni yozganingizni ko’rdik, uni oldin ko’rmagan edik», dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning dushmani iblis bir parcha o’t bilan yuzimga urish uchun keldi. «A’uzu billahi minka» (Allohning nomi ila sendan panoh tilayman), deb uch marta aytdim, so’ng «Al’anuka bila’natillahi at-tommati» (Allohning mukammal la’natlari bilan la’natlayman), dedim, ammo «uch marta» so’zi orqada qoldi. Shunda men uni olish uchun qo’limni yozdim. Allohga qasamki, agar birodarim Sulaymonning duolari bo’lmaganda, u mahkam bog’lanar va Madina bolalari uni ermak qilib o’ynab yurar edi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari 323/2. Suhayl ibn Abu Solih (r.a.) aytadilar: «Otam meni Bani Horisaga yubordilar. Men bilan birga bir do’stim ham bor edi. Devor ortidan do’stimni bir kishi chaqirdi. Do’stim devor yoniga bordi, ammo hech kimni topolmadi. Bu hodisani otamga zikr qilgan edim, otam: «Agar shundoq bo’lishini bilganimda, seni yubormas edim. Lekin bundan keyin biror ovoz eshitsang, namozga azon ayt. Chunki men Abu Hurayraning (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqa o’girib ketadi», degan hadisni rivoyat qilganlarini eshitganman», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling