Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning hozirgi holatini va uni isloh qilish yo‘llari o‘rganildi.
Birinchidan, respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi yildan yilga oshib borayotganiga qaramasdan, ko‘pgina xorij mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich biznikidan ancha ko‘pligi, shuningdek mamlakatimiz aholisining oshish sur’atlarini e’tiborga olsak ushbu mablag‘lar etarli emasligi ko‘zga tashlanmoqda.
Ikkinchidan, sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiy xizmatlar darajasi aholi turmush darajasini belgilovchi omillar tizimi tarkibiga kiradi. Tibbiy xizmatlarning rivojlanganligi aholi farovonligini oshiruvchi ikki muhim jihatlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatish mumkin: a) mikroiqtisodiy darajada har bir bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatga byudjetdan belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishi; b) makroqtisodiy darajada aholi tomonidan bir yilda to‘langan soliq va boshqa to‘lovlar miqdorini ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va sifatiga mutanosibligi.
Uchinchidan, 2000-2010 yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimini samarali moliyalashtirish natijasida aholi o‘rtacha umr ko‘rish davri 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga etdi.
To‘rtinchidan, respublikamiz tibbiyot muassasalarida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmini kengaytirish yuzasidan chora-tadbirlar yig‘indisi amalga oshirildi. Sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy mablag‘lar manbaini kengaytirish bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar katta ko‘lamda bo‘lsada, tizimda byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmining davlat byudjetidagi ulushi kichik miqdorda qolmoqda.
Beshinchidan, shifokor, tibbiyot xodimlarining moddiy rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ish haqi to‘lash va rag‘batlantirish mexanizmi bajarilayotgan ishning murakkabligi va og‘irlik darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yildi, belgilangan mazkur me’yorlar aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |