sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘lar izlab topish bilangina emas, uning daromadlar bazasini mustahkamlab, sarf etilishini ham qat’iy choralar asosida amalga oshirish;
sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar yetkazilishining adolatli bo‘lishini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish;
tizimda to‘lovlarni ortib ketishini bartaraf etish choralarini ko‘rish, bunday to‘lovlarning mavjudligi sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan bo‘lgan aholi ishonchini yo‘qotadi va islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi;
aholiga ko‘rsatiladigan pullik tibbiy xizmatlarning qiymatini aniqlashda aniq ma’lumotlarga asoslanish va konkret raqamlarga tayanish;
sog‘liqni saqlash tizimida samarali boshqaruv amaliyotini yanada takomillashtirish;
aholi sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy xizmatlar uchun qanday me’yorlarda xarajatlarni amalga oshirish va to‘liq yoki qisman pullik tarzda yetkazib beriladigan tibbiy xizmatlar to‘plamini shakllantirish lozim.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minlash jarayonini takomillashtirish aholi salomatligini muhofaza etish bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olgan holda, amalga oshirilayotgan islohotlar avvalambor insonlar sihat-salomatligini mustahkamlash va turmush farovonligini ta’minlash uchun ko‘zlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2008. -40b. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. 2007 yil. 25 dekabr. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi. 2013 yil. 27 dekabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |