Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


tibbiy xizmat sifati va boshqa ko‘rsatkichlarni talab etish huquqlarini tibbiy xizmatdan foydalanuvchi ixtiyorida mavjud bo‘lishini ta’minlash


Download 465.62 Kb.
bet24/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

tibbiy xizmat sifati va boshqa ko‘rsatkichlarni talab etish huquqlarini tibbiy xizmatdan foydalanuvchi ixtiyorida mavjud bo‘lishini ta’minlash;

  • tibbiyot xodimi tomonidan davolanuvchiga yetkazilgan zararni tibbiyot muassasasi, tibbiyot xodimining sug‘urtalovchisi yoki tibbiyot xodimi hisobidan qoplanishini nazorat qilish maqsadga muvofiq.

    Majburiy tibbiy sug‘urtani amalda joriy etish shuningdek, bir nechta asosiy masalalarni hal etishni taqozo qiladi. Bular:

    • tibbiy sug‘urtani qay shaklda joriy etgan ma’qul: ijtimoiy sug‘urta shaklidami yoki tijorat sug‘urtasi shaklidami;

    • majburiy tibbiy sug‘urta uchun to‘lovlar qaysi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;

    • majburiy sug‘urtaning qamrovi qanday bo‘ladi.

    Yuqorida ta’kidlangandek, majburiy tibbiy sug‘urta, ijtimoiy sug‘urta yoki sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq majburiy sug‘urta shaklida amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy sug‘urtaning ijtimoiy sug‘urta shaklida joriy etilishi fond tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu fond majburiy tibbiy sug‘urta mablag‘larini jamlab, shu mablag‘lar hisobiga sug‘urtalanuvchilar (sug‘urta polislari egalari) ning tibbiy xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshiradi. Tibbiy sug‘urtani bu shaklda tashkil qilish qo‘shimcha ma’muriy xarajatlarga olib keladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda moliyaviy rejalashtirish modelidan foydalanish hamda ularni hududlarda amalga oshirish lozimdir. Quyidagi 3.3-rasmda Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi keltirilgan bo‘lib, aynan shunday ketma-ketlikda ishlarni amalga oshirish o‘z navbatida ijobiy samaraga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos tarzda moliyaviy rejalashtirishning maqsadini aniqlash talab etiladi. Keyingi bosqichda esa, qo‘yilgan maqsadga erishishda moliyaviy resurslarga talabni asoslash hisoblanib, ushbu moliyaviy rejani amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Aholiga o‘z navbatida tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmatlar ko‘rsatilish monitoringini olib borish talab etiladi.



    Iqtisodiy va ljtimoiy samaradorlik ko'rsatkichlan алии yordainida sog'liqni saqlash tizunida moliyaviy rejani amalga oshirish naUjalanru baholash

    1. rasm Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi61

    Sog‘liqni saqlash muassasalalarini moliyalashtirishni maqsadli yondashuvlar asosida takomillashtirish bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ularga quyilagilarni kiritish mumkin:

    • davlat kafolati ostida bo‘lgan tibbiy yordam va moliyaviy resurslar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasini ta’minlashni yanada kuchaytirish;

    • tizimda mablag‘larni tasarruf etishning natijaviyligini oshirish;

    • sohada bozor munosabatlari sharoitiga mos tarzda tajribadan o‘tgan va samarali sug‘urta tizimini rivojlanishini jadallashtirish;

    • sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini moliyaviy rag‘batlantirish;

    • to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar va tibbiy sug‘urta hisobiga ko‘rsatiladigan bir turdagi tibbiy xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro farq darajasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    - sog‘liqni saqlashning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan ambulatoriya-poliklinika muassasalariga ularga biriktirilgan aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabidan kelib chiqib moliyaviy rejalashtirishni boshqarish vakolatlarini kengaytirish.
    Budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar doirasida aholi salomatligi ko‘rsatkichlari talablariga javob berishini ta’minlash, boshqa ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda bemorlarning tibbiy xizmatlarni tanlash imkoniyatlarini yaratish, ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini kuchaytirish zarur (3.4-rasm). Natijada, sarf etilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish va xizmatlar bilan ular orasida o‘zaro bog‘liqlik darajasini oshirish orqali samaradorlikka erishiladi hamda tizimni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayonlari takomillashadi. Pirovardida, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi oshib, bolalar o‘rtasida o‘lim turli yuqumli kasalliklar darajasi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar optimallashadi.


    1. rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yangi usullaridan foydalanishning umumiy ko‘rinishi62

    Bu yerda JBTF - Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan tibbiy fondi har bir inson uchun shaxsiy ochiladigan hisob raqam hisoblanadi. Ushbu hisob raqamda mab‘lar jamlanib, aynan tibbiyot xarajatlariga yo‘naltiriladi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirishda ishlab chiqilgan va ilmiy tavsiyalar sifatida taklif etilgan chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash o‘zining samarali natijasini beradi.
    XULOSA

    Download 465.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling