sifatini yanada oshirdi.
Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
Respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini oshirish va bu erda nafaqat davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, balki boshqa muqobil manbalardan foydalanish tizimini ham yo‘lga qo‘yish lozim. Bu holatda sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, aholi sog‘lig‘ini saqlash va aholi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun nafaqat tizimga ajratilayotgan mablag‘ni oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish lozim.
Respublikamiz sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish jarayonlarida moliyaviy mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, maqsadliligini ta’minlash uchun “Natijaviylikka yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” uslubiyatini kengroq qo‘llashi lozim.
Respublikamizda ish beruvchi tomonidan ishchi-xodimlar uchun o‘zining maxsus hisob raqamida tibbiy xizmatlarni moliyaviy ta’minlash maqsadida, shaxsning jamg‘ariladigan majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda bir kishi hisobiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar uslubidan foydalanish jarayonini kengaytirish. Shulardan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlashni qayta ko‘rib chiqish va tibbiyot muassasalarga mablag‘ ajratishda bir shifo o‘riniga asosan mablag‘ bilan ta’minlashdan xizmat ko‘rsatadigan aholi soniga qarab mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tish lozim.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni samaradorligini yanada oshirishda quyidagi tavsiyalarni keltirib o‘tish mumkin:
- har qanday islohotni amalga oshirishdan oldin sog‘liqni saqlash tizimining murakkab hamda yutuqli tomonlarini o‘rganish va atroflicha baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |