MUNDARIJA
Kirish
BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalahtirishning zarurligi, mohiyati va
ahamiyati
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning tashkiliy-huquqiy
1.2.
asoslari
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning xorij tajribalari
BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI
Sog‘liqni saqlash tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish
2.1.
amaliyoti
Sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish amaliyoti
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minotida byudjetdan tashqari
2.3.
manbalardan foydalanish amaliyoti
BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNI ISLOH QILISH STRATEGIYASI
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini
moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari
Moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash orqali sog‘liqni saqlash
3.2.
xarajatlari samaradorligini oshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Rivojlanishning hozirgi bosqichida har bir jamiyat farovonligi uchun aholinng sihat-salomatligi muhim ahamiyat ega. Shuni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning holatini va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlash kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ushbu masala xususida to‘xtalib, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari 2014 yilda ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi1.”
Amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga etkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2014 yil mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. Jamiyatda aholining salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish har doim ham kunning eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib kelgandir. Ayniqsa, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida aholini ijtimoiy himoya qilish bevosita sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy yondashishni talab etdi. Shuning uchun ham davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, aholining tibbiy xizmatga o‘sib borayotgan ehtiyojini to‘la ravishda qondirishi va millatning sog‘lig‘i, sohasida ijtimoiy va demografik vaziyatni e’tiborga olishi kerakdir.
Mamlakatimizda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish, tibbiyot sohasida jahon darajasidagi muammolariga aylangan kasalliklarga davo topishda respublikamiz sog‘liqni saqlash muassasalarining faol qatnasha olishiga imkoniyat yaratish mazkur sohani mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish masalasi kun tartibida asosiy vazifalardan biri sifatida qo‘yilmoqda.
Respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish jarayonining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan bu sohada hali hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar mavjud. Bu masalalarning hal etilishi o‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, jamiyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etayotgan sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni isloh etishning strategiyalarini puxta ishlab chiqilishida taklif va tavsiyalar zarurligi mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |