Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratilgan mablag‘lar
- I guruh xarajatlari - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar
- II guruh xarajatlari - Ish haqi_ fondidan ajratmalar
- IVguruh xarajatlari - Boshqa xarajatlar
- I-guruh bo‘yicha xarajatlar oxirgi ikki yilda o‘sish sur’ati o‘rtacha 21 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, IV-guruh bo‘yicha xarajatlarning o‘sish ko‘rsatkichi o‘rta
- rasm. 1-oilaviy poliklinikaning 2011-2013 yillardagi smeta xarajatlari guruhlarining ulushi 45
- Xarajatlarning bazaviy normativi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi : XBNy = VSBy x O‘Uy / ASy, bunda
- ASy — rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan viloyat shaharlari/Toshkent shahri aholisi soni;
Xarajat guruhlarining nomi
|
Xarajat moddalari | |||
Ajratilgan mablag‘lar | ||||
2011 yil |
2012 yil |
2013 yil | ||
1-oilaviy poliklinika |
0 |
983,181,800 |
1,236,204,000 |
1,464,829,000 |
I guruh xarajatlari - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar |
10000000 |
746,659,800 |
943,676,000 |
1,100,400,000 |
Asosiy ish haqi |
41.11.100 |
721,721,000 |
926,654,000 |
1,076,575,000 |
Homiladorlik bo‘yicha nafaqalar |
47.11.150 |
24,938,800 |
17,022,000 |
23,825,000 |
II guruh xarajatlari - Ish haqi_ fondidan ajratmalar |
20000000 |
179,390,000 |
223,331,000 |
267,432,000 |
Yagona ijtimoiy to‘lov |
41.21.100 |
179,390,000 |
223,331,000 |
267,432,000 |
IVguruh xarajatlari - Boshqa xarajatlar |
40000000 |
57,132,000 |
69,197,000 |
96,997,000 |
Tovar va xizmatlar bo‘yicha xarajatlar |
42.00.000 |
26,699,000 |
29,635,000 |
36,208,000 |
Kommunal xizmatlari |
42.20.000 |
15,879,000 |
18,382,000 |
19,453,000 |
Dori-darmonlar, tibbiyotda foydalaniladigan vositalar, vaktsinalar va bakteriologik preparatlar |
42.52.400 |
5,800,000 |
5,300,000 |
6,500,000 |
Tovar va xizmatlar sotib olish uchun boshqa xarajatlar |
42.90.000 |
5,020,000 |
5,953,000 |
10,255,000 |
Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari |
48.21.600 |
30,433,000 |
39,562,000 |
60,789,000 |
I-guruh bo‘yicha xarajatlar oxirgi ikki yilda o‘sish sur’ati o‘rtacha 21 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, IV-guruh bo‘yicha xarajatlarning o‘sish ko‘rsatkichi o‘rta
* IV янiih hatajatlau -Boshqa xarajatlai
П smith hat aj a 11.in -Hi liaqt toudidau aji atmalai
1 sunlit hat ajatlan • Ieh haqt va itiisa tctislnslilinlsaii tolovlai
miqdorda 25 foizni tashkil qilganini ko‘rish mumkin. 1-oilaviy poliklinikaning ajratilgan mablag‘lar xarajat guruhlari bo‘yicha ulushini quyidagi 2.5-rasmda ko‘rish mumkin.
rasm. 1-oilaviy poliklinikaning 2011-2013 yillardagi smeta xarajatlari
guruhlarining ulushi45
Sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar asosiy hisoblanadi:
sog‘liqni saqlash muassasalaridagi o‘rinlar soni;
poliklinikaga qatnash kunlari soni;
tibbiyot xodimlari soni;
bemor o‘rinning 1 yildagi band bo‘lish kunlari soni.
Sog‘liqni saqlash muassasalarida bemor o‘ringa qarab xarajatlar hisoblanadi. Xuddi shuningdek, aholini bemor-o‘rinlar soni bilan ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega. Kasalxonalar ham shaharlar katta kichikligiga toifalanadi. Yirik shaharlarda respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan markazlashtirilgan kasalxonalar bo‘lib, ularda o‘rinlar soni 1000 dan 4000 taga yetadi. Poliklinikada 1ta vrach bir kunda 15-20 bemorni qabul qilishi mumkin. Shifoxonalarning shart sharoiti, ya’ni binoning hajmi, ichki maydoni, palatalar, xonalar soni, bemor-o‘rinlar soni, yo‘laklari, bog‘i, kanalizatsiya, isitish tizimi, ovqat pishiradigan oshxona, kir
yuvish sharoiti yordamchi xo‘jaliklari ularning shtatlar ro‘yxatini tuzishga ta’sir etadi.
Sog‘liqni saqlash muassasasining xarajatlar smetasi va shtatlar ko‘rsatkichi moliya bo‘limlarida ko‘rib chiqiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Budjet tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga rioya etilishi, ularning tasdiqlangan tasnifnomaga, xarajatlar normativlari va limitlariga muvofiqligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq41:
budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari - budjet tashkilotlarining ishlab chiqilgan va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritiladigan tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari - budjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtat jadvallari va yig‘ma smetalari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Sog‘liqni saqlash muassasalarini bir yashovchi kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish usulini qo‘llanilishi “Salomatlik-2” va “Ayollar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash” dasturlari doirasida boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida qishloq va shahar muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi 217-sonli Qarorni asosida eksperiment sifatida joriy etildi va o‘z samarasini bergandan so‘ng bosqichma-bosqich keng joriy qilinmoqda.
Ushbu qarorga asosan BTSYo Shahar eksperiment (ShE) muassasalari budjetini rejalashtirish bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi asosida amalga oshiriladi. Bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi har yili eksperimentda ishtirok etuvchi viloyatlarning har bir tumani (Toshkent shahar tumani) uchun alohida belgilanadi.
AH
Xarajatlarning bazaviy normativi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi :
XBNy = VSBy x O‘Uy / ASy,
bunda:
XBNy — rejalashtirilayotgan yil uchun bir kishi hisobiga xarajatlarning normativ bazasi;
VSBy — sanitariya-epidemiologiya shoxobchalari, kapital qo‘yilmalar va rejalashtirilayotgan yil uchun markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlaridan tashqari, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjeti;
ASy — rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan viloyat shaharlari/Toshkent shahri aholisi soni;
O‘Uy — hisobot davrida tegishli viloyat/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash budjetida BTSYo ShE muassasalari budjetining o‘rtacha ulushi (koeffitsentlarda). BTSYo ShE muassasalari budjetini hisobot davridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari, kapital qo‘yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyatlar/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjetiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekbardagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi to‘g‘risida”gi 276-sonli qaroriga asosan tibbiyot xodimlariga ish haqi to‘lanadi. Mazkur qarorda sog‘liqni saqlash muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasi va tarif razryadlarini ko‘rsatilgan.
Sog‘liqni saqlash muassasalariga ish haqi, ish haqiga ajratma, boshqa (kanselariya va xo‘jalik xarajatlari, xizmat safari xarajatlari, o‘quv xarajatlari, oziq-ovqat xarajatlari, dori-darmon xarajatlari, yumshoq va qattiq, jihozlar xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash) xarajatlari rejalashtiladi. Aytish mumkinki, 42
bu xarajatlar ichida ish haqi xarajatlari eng yuqori o‘rinni egallaydi. Ish haqi xarajatlari umumiy xarajatlarning 75-80 foizni tashkil etadi. Ish haqi fondi tibbiyot xodimlari ish faoliyatiga ko‘ra, quyidagi ish haqlarini o‘z ichiga oladi:
asosiy faoliyati bo‘yicha ish haqi;
tungi navbatchilik uchun haq;
bayram kunlari uchun haq;
maslahatlar uchun haq.
Vazirlar Mahkamasining №276-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomi”ga muvofiq Mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 4 guruhlari belgilab berilgan. Ushbu guruhlardan kelib chiqqan holda bevosita barcha tibbiyot xodimlariga haqni hisoblashda qo‘llaniladi. Jumladan ushbu guruhlarga tayangan holda, “Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi”ni shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini belgilashda ham foydalanilgan.
Ya’ni, tizim xarajatlarida tibbiyot xodimlari ish haqlari mablag‘laridan tashqari dori-darmon vositalari, oziq-ovqat uchun xarajatlar hamda moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdorini oshirish ham muhimdir.
№276-sonli qarorda “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi tasdiqlangan Nizomda tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyenti bilan tasdiqlandi. Poliklinika misolida ko‘radigan bo‘lsak, birinchi navbatda shtatlar jadvali tuziladi, u aholi soniga qarab, kerakli vrach, hamshira, kichik tibbiy xodimlar aniqlanadi.
Shtatlar jadvaliga asosida xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxati hisoblab
chiqiladi. Xodimlarning ish haqlari esa ushbu tarifikatsiya asosida hisoblab chiqib
tayinlanadi. Tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari, tarif setkasi asosida ish haqlari
belgilangan eng kam oylik miqdorini tegishli guruhlarga kiritilgan sog‘liqni
45
saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan belgilanadi. Ish haqini belgilash barcha hollarda asosiy, o‘rindoshlik va o‘rinni bosadigan lavozimlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarif setkasi bo‘yicha razryadlar tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar lavozimlari bo‘yicha belgilanadi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‘lash tarif setkasi bo‘yicha razryad sog‘liqni saqlash muassasaning turiga qarab tabaqalashtiriladi. Yagona tarif setkasi mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish hisobiga o‘z malakasini oshirishdan manfaatdorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar :
kichik tibbiyot xodimlari uchun;
o‘rta tibbiyot xodimlari uchun;
vrach xodimlar uchun;
davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun;
tibbiyot muassasasida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun.
Yangi tarif setkasiga muvofiq tarif stavkasi oshdi, turdosh razryadlar o‘rtasidagi farq ko‘paydi. Sog‘liqni saqlash muassasalarida xodim uchun quyidagi qo‘shimcha to‘lovlar mavjud:
Vrachlar uchun: -shtatda vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda oyiga eng kam oylik ish haqining 50foizmiqdorida, 6 tadan ortiq bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 70foizmiqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Oliy malaka toifasi mavjudligi uchun eng kam oylik ish haqining 50foizmiqdorida, birinchi malaka toifasi uchun eng kam oylik ish haqining 40foizmiqdorida, ikkinchi malaka toifasi uchun eng kam oylik ish haqining 20foizmiqdorida, tibbiyot va farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasi uchun eng kam oylik ish haqining 70foizmiqdorida, tibbiyot va farmatsevtika fanlari 43
Download 465.62 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling