Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari


Download 465.62 Kb.
bet2/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi - sog‘liqni saqlash tizimi moliyalashtirishning hozirgi holatini va uni isloh qilish strategiyasini o‘rganishdan hamda ushbu tizimga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar keltiriladi:

  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirishning amaldagi holatini baholash;

  • sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablag‘larning tutgan o‘rnini baholash;

  • sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish amaliyotidagi muammolarni aniqlash va uni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimi mazkur ishning ob’ekti hisoblanib, predmeti bo‘lib esa sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos strategiyasi, tamoyil va ustivorliklari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari, sog‘liqni saqlashga oid hujjatlar ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Shuningdek, statistik tahlil, tizimli yondashuv, prognozlash, umumlashtirish usullari keng qo‘llaniladi.
Mavzuning amaliy ahamiyati, ilmiy ishda ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiyot muassasalarida byudjet
va byudjetdan tashqari mablag‘lar nisbatini maqbullashtirish bo‘yicha prognozlami, fuqarolarning jamg‘arib boriladigan majburiy tibbiy sug‘urtalash fondini shakllantirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalardan foydalanish bilan izohlanadi.

Download 465.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling