Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari
jadval Mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha reytingi17
Download 465.62 Kb.
|
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat
- BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI Sog‘liqni saqlash tizimini davlat budjetidan moliyalashtirish amaliyoti
jadval
Mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha reytingi17
Amerikada sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish amaliyoti. 1965 yil 30 iyulda qabul qilingan Ijtimoiy ta’minot akti Sog‘liqni saqlash tizimini budjetdan moliyalashtirishdan tashqari AQShda qabul qilingan Medikeyr (Medicare) ijtimoiy sug‘urta dasturi 65 yosh, undan katta va boshqalar uchun tibbiy sug‘urta faoliyatini amalga oshirishni ta’minlaydi . Medikeyr dasturi davlat va tibbiy xizmat etkazib beruvchilar bilan alohida shartnomalar tuzib, ular o‘rtasida vositachi rolini bajarib keladi. Medikeyr 1954 yilda qabul qilangan Federal sug‘urta Akti (Federal Insurance Contributions Act 17 18 (FICA)) va O‘zini ish bilan ta’minlash Qonuni (the Self-Employment Contributions Act) bo‘yicha qisman soliqlar asosida moliyalashtiriladi. Bunga ko‘ra, tibbiy sug‘urtaga to‘lov ish haqi va boshqa kompensatsion ajratmalarga nisbatan 2,9 foiz ulushda (1,45 foizdan ishchi-xodim va ish beruvchi tomonidan) amalga oshirildi. 1994 yildan boshlab esa, kompensatsiya me’yori olib tashlanib, unga ko‘ra 2,9 foizning barchasini ishchining o‘zi amalga oshirishi belgilandi. Garchi, to‘lovlarning 50 foizi daromad solig‘i bazasidan ayrib tashlansada19. Medikeyr hozirgi kunda 4 qismdan iborat. A qism bu - kasalxona sug‘urtasi. Mazkur qism bemorning statsionar davolanishi, xona, oziq-ovqat, tibbiy tekshiruv va shifokorga to‘lovlarni o‘z ichiga oladi (A qism bemorning qarovchisi yoki malakasiz xizmat, davomiylikning uzayishi va kundalik xarajatlar(gigiena, oziq-ovqat va boshqalar)ni to‘lab bermaydi. Medikeyrning ushbu qismi orqali har bir kasallik uchun malakali tibbiy xizmatlar 100 kun davomida amal qiladi. Birinchi 20 kun uchun to‘liq xarajatlarning hammasi, qolgan 80 kun uchun esa xarajatlaming ma’lum qismi moliyalashtiriladi. Agarda tibbiy xizmatdan manfaatdor shaxs xizmatdan foydalangandan so‘ng 60 kun qolsa, u keyingi bemorlik davri uchun navbatlagi 100 kundan foydalanishi mumkin bo‘ladi. V qism bu - tibbiy sug‘urta bo‘lib hisoblanadi. Bunda A qismga kirmaydigan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashga yordam beradi. V qism o‘z ichiga shifokor va hamshira xizmatlari, rentgen, laborotoriya va diagnostik sinovlar, emlashlar, qon quyish, kunduzi yotib davolanish, tez yordam transporti va boshqa tibbiy muolaja kabilarni oladi. Medikeyrning foydalanuvchilari (yoki turmush o‘rtoqlari) 40 kvartal davomida yoki 3 oydan ortiq davrda Federal Sug‘urta Qonuni soliqlarini to‘lab kelishgan bo‘lsa, A qismning oylik badallarini to‘lashmaydi. Ushbu talablarni bajarmagan shaxslar oylik to‘lovlarni quyidagi tartibda amalga oshirib borishadi (2010 yil uchun): medikeyrda 30-39 kvartallar oralig‘i davomida oylik to‘lov 254,00 dollami tashkil qiladi; medikeyrda 30 kvartaldan kam bo‘lgan muddat davomidagi to‘lov miqdori oylik 461,00 dollarni tashkil qiladi. V qismda iste’molchilar belgilangan 96,40 dollar miqdoridagi (2009 yil uchun) to‘lovni oyiga to‘lab boradilar20 21 22. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Л 1 ma’lumotlariga tayanib F.Burdjalov AQShda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarida davlat ulushi 45,1 foizga, xususiy sektor esa 54,9 foizni tashkil etayotganligini ta’kidlab o‘tgan. AQSh bugungi kunda dunyoda sog‘liqni saqlash tizimidagi moliyaviy resurslarning davlat ulushi past bo‘lgan mamlakat hisoblanib kelinmoqda, albatta nunday natijaga erishishda vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘rni muhim hisoblanadi. AQShda sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi YaIMga nisbatan 15,3 fozni tashkil etsa, G‘arbiy Evropa, Yaponiya, Avstraliya va Kanada va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkichning o‘rtacha darajasi 9,1 fozni tashkil etadi, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi mos ravishda 6350 va o‘rtacha 3104 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Ammo 5 yoshgacha bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa har ming bolaga AQShda 8 tani tashkil etsa, G‘arbiy Evropa, Yaponiya, Avstraliya va Kanada va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda mazkur raqam 5 taga teng bo‘lgan, o‘rtacha umr ko‘rish davri esa erkak va ayollarda mos ravishda 75/80 va 77/83 bo‘lgan . AQShdagi bu kabi nomunatosiniblik sog‘liqni saqlash tizimidagi murakkabliklarni bartaraf etishni taqozo qiladi. AQSh Prezidenti B.Obama mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini past hisoblaydi va tizimda bir qator islohotlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaydi. AQShda olib borilayotgan sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish jarayonlarini o‘rganib, shuni aytish mumkinki mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni takomillashtirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir: ish beruvchi tomonidan ishchi-xodimlar uchun o‘zining maxsus hisob raqamida tibbiy xizmatlarni moliyaviy ta’minlash maqsadida ma’lum hajmdagi mablag‘ni jamg‘arib borish; jamg‘arilgan mablag‘larni faqat tibbiy xizmat bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida foydalanishni yoxud manfaatdor tomonidan ham boshqa maqsadlarga yo‘nakirilmasHgmi ta’minlash. Germaniya moliya tizimi - federal budjet, 16 ta federal erlar budjeti, obshinalar budjeti, hukumatning maxsus budjetdan tashqari fondlarini o‘z ichiga oladi, federal temir yo‘l va federal pochta davlat korxonalari, ijtimoiy sug‘urta, Л -5 mehnat bo‘yicha federal idora moliyasini oladi . Germaniyada sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarida davlat mablag‘lari 76 foizni, majburiy tibbiy sug‘urta 10 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar 13 foizni va boshqalar 1 foizni tashkil etadi . Mamlakatda YaIMga nisbatan davlat budjeti xarajatlari 45 foizni tashkil etgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash tizimi uchun davlat budjeti xarajatlari 17,5 foizi, YaIMga nisbatan esa 7,8 foizi Л c yo‘naltirilgan . Germaniyada birinchi tibbiy yordam umumiy amaliyot vrachlari tomonidan ko‘rsatiladi va ularga to‘lov ball tizimiga asoslangan tarzda tibbiy sug‘urta orqali amalga oshiriladi. Stasionar davolanish uchun bir necha turdagi kasalxonalar xizmat ko‘rsatadi, ularga ham to‘lov tibbiy sug‘urta orqali amalga oshiriladi. Yevropaning rivojlangan davlatlari tibbiy sug‘urtaga YaIMga nisbatan yiliga 6-9 foiz hajmda mablag‘lar sarflamoqdalar. Germaniyada sog‘liqni saqlash tizimining mablag‘lari yiliga YaIMga nisbatan 11,1 foizni tashkil etib, 23 24 25 Shvetsariyadan keyingi ikkinchi ko‘rsatkichni qayd qilmoqda. Davlat sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalangan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi umumiy amaliyot vrachlari va mutaxasis-vrachlar “kasallik kassasi vrachlari” deb ataladi. Ular mustaqil tarzda bemorlarga xizmat ko‘rsatadilar va shunga muvofiq tarzda kasallik kassasidan to‘lovni oladilar. Xususiy sug‘urta tizimida sug‘urtalangan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi vrachlarga to‘lov sug‘urta kassasi orqali amalga oshiriladi. “Germaniya Fuqarolik kodeksi” va “Kasb javobgarligining majburiy sug‘urtasi” Qonuni sifatli tibbiy xizmatni va bemorlarning huquqlarini ishonchli himoyasi vazifasini o‘tamoqda. Bundan tashqari, vrach javobgarligini sug‘urtalash orqali qilingan xato tufayli etkazilgan zarar xarajatlarini vrachning shaxsiy mablag‘lari, tibbiy muassasa tomonidan yoki majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tomonidan emas, balki vrachning sug‘urtalovchisi tomonidan amalga oshiriladi. Germaniyada sug‘urta badallari miqdorini sug‘urtalovchilarning o‘zlari belgilaydi, lekin davlat sug‘urta badallarining minimal miqdorini belgilab beradi. Hozirgi vaqtda mamlakatnning 90 foiz aholisi mazkur tizimga jalb qilingan (8 foizi - xususiy sug‘urta tizimida, 2 foizi - qashshoqlar uchun davlat to‘lovlari tizimida)26. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta xizmatlari qiymati Hududiy dasturlar doirasida hisoblanib boriladi. Bunda narxlarni kamaytirish va aholi uchun qulay usulda amalga oshirish imkoniyatlari vujudga keladi. Demak, ushbu sug‘urta turi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishning yana bir samarali usullaridan bo‘lib xizmat qiladi. BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI Sog‘liqni saqlash tizimini davlat budjetidan moliyalashtirish amaliyoti Mamlakatimizda har yili davlat budjetini qabul qilishda ayni ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Ushbu bajarilayotgan ishlarning davomi sifatida hamda har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2014 yilni mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. Respublikamizda budjet xarajatlarining sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli bo‘lishining sabab-omili sifatida - yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyilidan biri - kuchli ijtimoiy siyosat ekanligini ta’kidlash mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “2011-2013 yillarda 535 ming nafar homilador ayol irsiy va tug‘ma kasalliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi. Yil mobaynida mamlakatimiz bo‘yicha 311 milliard so‘mlik budjet mablag‘i hisobidan 146 ta zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi. Bu 2013-yilda qariyb 2,7 ming bolaning tug‘ma xastaliklar va rivojlanishdagi nuqsonlar bilan tug‘ilishining oldini olish imkonini berdi. Muxtasar aytganda, “Ona va bola skriningi” dasturining hayotga tatbiq etilishi natijasida rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning tug‘ilishi 2000-yildagiga nisbatan 1,8 marta kamaydi ” deb ta’kidlab o‘tilgan bo‘lib, ushbu so‘zlari zamirida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish talab darajasida bo‘layotganining ifodasi desa bo‘ladi. 2006-2012 yillarda respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda budjet mablag‘lari ulushi o‘rtacha 94 foizni 27 tashkil etgan holda, qolgan qismi budjetdan tashqari manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholab kelinmoqda. 2007-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning milliy tibbiyot 27 modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etilgani bunga yaqqol misoldir. 2011-yilda — ”Save the Children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro tashkiloti dunyoda bolalar salomatligini himoya qilish bo‘yicha eng yaxshi davlatlar reyting ro‘yxatini tuzdi. Shuni alohida g‘urur va iftixor bilan ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy profilaktik yordam darajasi bo‘yicha 161 ta davlat ichida jahonning eng yaxshi rivojlangan o‘nta yetakchi mamlakati qatoriga kiritildi: Shveytsariya, Finlyandiya, Irlandiya, Norvegiya, Belorus, Daniya, Shvetsiya, Kuba davlatlaridan so‘ng O‘zbekiston 9-o‘rinni va Germaniya 10-o‘rinni egalladi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda jahondagi yuksak talablar darajasidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni shakllantirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni keng joriy etishning tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 23 fevraldagi “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3214-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 fevraldagi 14-sonli hamda 2004 yil 8 iyundagi 264- sonli qarorlari qabul qilindi. Byudjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari tizimini ko‘rish mumkin. Download 465.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling