5
rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi
Ko‘rinib turidiki, sohani moliyalashtirish manbalari va mexanizmi bir necha turga bo‘linadi. Tizim faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga qulay va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda budjet mablag‘lari ulushi asosiy o‘ringa ko‘tarilmoqda. 5
Respublikamizda 2013 yil mobaynida davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 2012 yilga nisbatan 1 trillion so‘mga ko‘proqdir6 7, shu o‘rinda sog‘liqni saqlash sohasi jami davlat xarajatlarida 14.5 foizni tashkil qilmoqda. Soha uchun zarur mablag‘larning qolgan qismi esa budjetdan tashqari manbalar hisobidan shakllantirilmoqda. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab tarmoq mablag‘lari hajmida budjet ulushini asta sekinlik bilan kamaytirib borish uchun iqtisodiy sharoit hamda huquqiy-me’yoriy asoslar ishlab chiqilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish raqobatni paydo bo‘lishiga olib keladi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat saviyasini oshirishga yordam beradi. Birinchidan budjetga oz bo‘lsada yengillik beriladi, ikkinchidan, aholi yuqori sifatli tibbiy yordamni tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Quyidagi 1.4-rasmda turli mulkka asoslangan sog‘liqni saqlash muassasalarining tavsifi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |