Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlar tizimi28
Download 465.62 Kb.
|
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar
- Jamiga nisbatan %
- Davlat maqsadli jamg‘armalarsiz xarajatlar- jami
- MNJ, MPJ va fuqarolar jamiyatlari institutlarini rivojlantirish mablag‘lari va grantlari
- Ta’lim va tib.muas. Rekonstr. qilish, kapital ta’m. va ta’min. fondiga o‘tkaz. mablag‘lar
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlar tizimi28
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari aholi turmush farovonligini oshirishda yanada ijobiy o‘zgarishlami ta’minlashga, byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar miqdorini izchil oshirib borish kabi ijtimoiy sohadagi tadbirlarni moliyalashtirish bilan birga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatni barqaror iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omili sifatida ichki talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishga yo‘naltirilmoqda. Davlat byudjeti xarjatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab- quvatlash xarajatlari jami xarjatlarning eng yuqori ulushga ega bo‘lib, ular 2010- yilda jami davlat byudjeti xarajatlarining 59,1 foizni, 2011-yilda 59,5 foizni, 2012- yilda 58,0 foizni tashkil etgan va 2013-yilda 59,2 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Iqtisodiyot xarajatlari esa 2010-yilda 11,5 foizni 2012-yilda esa 11 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish uchun 2010-yilda 825 milliard so‘m, 2011-yilda 950 milliard so‘m, 2012-yilda esa 1059 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog‘liq yirik va strategik ahamtyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishda byudjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotga sarflangan xarajatlar 2013-yilda 10,6 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. 2012- yilga nisbatan jami xarajatlarga nisbatan foizda kamayish kuzatilgan bo‘lsada, ushbu sohaga qilingan nominal xarajatlar hajmi ortib borgan. jadvaldan shuni ko‘rish mumkinki, 2010-yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari uchun mablag‘lar 2005-yildagiga nisbatan 4.7 barobarga oshgan bo‘lsa, 2013 yilga kelib esa 2005-yildagiga nisbatan 9.5 barobarga, 2010 yilga nisbatan 2 barobarga oshirilgan. YaIMga nisbatan davlat xarajatlari 2005-yilda 22,5 foizni, 2010-yilda 21,7 foizni, 2013-yilda 22,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash xarajatlarining YaIMdagi ulushi 2005-yilda 2,4 foizni, 2010-yilda 2,8 foizni, 2013-yilda 2,9 foizni tashkil qilgan. Ya’ni, ushbu davrlarda sog‘liqni saqlash xarajatlariga ajratilayotgan mablag‘lar yildan yilga o‘sib borayotganini ko‘rish mumkin. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha sog‘liqni saqlash xarajatlarning YaIMdagi ulushi minimal darajada 1,8 foizni, maksimal darajada 15,0 foizni tashkil qiladi. Ya’ni Afrika mamlakatlarida 6,0 foiz, Amerika qit’asida 12,6 foizni, Janubiy-Sharqiy Osiyoda 3,8 foizni, Yevropa qit’asida 8,5 foizni, O‘rta Sharq mamlakatlarida 4,2 foizni tashkil etadi . Download 465.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling