Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida


Download 465.62 Kb.
bet16/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida
iqtisodiyotning barcha sohalarida o‘ziga xos tarzda yangilanishlar yuz bermoqda. Aytish mumkinki, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini o‘z-o‘zini
moliyalashtirish prinsiplariga asoslangan holda samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirishni me’yoriy - huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qonun va qarorlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 532-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008- yil 23- apreldagi “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 35-son qarorlari pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmining kengayishiga turtki bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 -yil 28-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1652 sonli qarorining qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentyabrdagi PF-3923-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Farmonida berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2018-yilning 1-yanvarigacha uzaytirildi, bojxona imtiyozlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olib kelinadigan tibbiyot uskunalariga, butlovchi buyumlarga, tibbiyot uskunalarining ehtiyot qismlari va sarflanadigan materiallariga nisbatan joriy etildi. Sog‘liqni saqlash muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirish hukumat tomonidan
o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va xizmat sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 640-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy asoslar, iqtisodiy shart-sharoitlar natijasida keyingi yillarda pullik xizmatlar bozori sekin-astalik bilan kengayib bormoqda. Davlat budjeti mablag‘lari bilan ta’minlanuvchi sog‘liqni saqlash muassasalaridagi jami xarajatlarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar ulushini quyidagi


  1. Download 465.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling