bob Sport masahg’ulotlarining nazariy asoslari mavzu: Sport ijtmoiy hodisalar tizimida Sportining nazariy asoslari
Download 141.03 Kb.
|
Majmua Karimov domla Jismoniy tarbiya
Musobaqalarda yuqori natijalar bilan g’olib chiqish taktikasi. Bu juda kamyob taktika. U musobaqalarda o’rinlar finallarsiz, ya'ni har xil poyga, urinishlarda (konkida yugurishda, og’ir atletikada, suzishda) ko’rsatilgan natijalar bo’yicha aniqlanganda uchraydi.
Bu vazifani hal etishda ikki xil vaziyat bo’lishi mumkin: 1) asosiy raqib startga chiqqan va sportchi ularning natijalarini biladi; 2) asosiy raqib keyingi poygalarda start oladi. Birinchi holatda sportchi o’zining asosiy raqibidan yuqoriroq natija ko’rsatishi kerak (“raqibning natijasini ortda qoldirish” taktikasi): a) yugurish, suzish, eshkak eshish va b. da – masofani raqiblari jadvali bo’yicha ozroq zahira bilan bosib o’tish; b) raqibnikidan og’irroq vaznli shtangani ko’tarish; v) snaryadni uzoqroq masofaga uloqtirish; g) futbol, gandbol, kurash va b. da ko’proq gol urish, ko’proq ochko to’plash. Ikkinchi vaziyatda esa sportchi dastlabki urinishlardayoq yuqori natija ko’rsatishga intiladi (“birinchi zarba” taktikasi, “uzoqlashish” taktikasi). Bellashuvlarning navbatdagi turiga (bosqichiga) o’tish taktikasi. Ayrim sportchilar ko’p kuch sarflab dastlabki musobaqalarda yuqori natijalar ko’rsatadilar: finalda esa, dam olishga ulgurmay, o’z ko’rsatkichlarini pasaytiradilar va mag’lub bo’ladilar. Boshqa sportchilar musobaqalarning dastlabki qismida o’z kuchlarini haddan tashqari tejaydilar, oqibatda esa finalga chiqa olmaydilar. Bunday xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagilarga amal qilish kerak: 1. Finalga nechta sportchi (jamoa) chiqishini bilish 2. Raqiblar kuchi haqida tasavvurga ega bo’lish 3. Yarim finalga, finalga chiqish uchun yetarli natija ko’rsata olish Sport amaliyotida bu taktik vazifani hal qilishda sportchi (jamoa) quyidagilarga intiladi: 1. Bellashuvlarning keyingi bosqichiga chiqish uchun yetarli natija ko’rsatish (“bellashuvlar davomida kuchlarni oqilona taqsimlash” taktikasi). 2. Bellashuvlarning har bir bosqichida yuqori natijalar ko’rsatish (“ruhiy ustunlik va yengilmaslikni saqlab turish” taktikasi). Psixologik tayyorgarlik deganda, sportchilarda mashg’ulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi hamda musobaqalarda ishtirok etishni ta'minlovchi psixologik faoliyatlar, jarayonlar, shaxsiy holat va xususiyatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan psixologik-pedagogik tadbirlar hamda sportchilarning hayotiy faoliyatiga muvofiq shart-sharoitlar tushuniladi. Psixologik tayyorgarlikni umumiy va maxsus turlarga bo’lish qabul qilingan. Umumiy psixologik tayyorgarlikning mohiyati shundaki, ular sportchilarda aynan o’zlari tanlagan sport turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish uchun zarur bo’lgan psixik faoliyatlar va sifatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga yo’naltiriladi. Tayyorgarlikning bu turi, shuningdek, sport kurashining tarang sharoitlariga hissiy barqarorlikni shakllantirish, asabni va jismoniy zo’riqishlarning izlarini tez bartaraf etish qobiliyatini va tarbiyalash, uyqu rejimini ixtiyoriy tarzda boshqarish va b. maqsadida psixik holatlarni faol ravishda tartibga solish yo’llarini o’rganishni ham nazarda tutadi. Umumiy psixologik tayyorgarlik mashg’ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. U texnik, taktik tayyorgarlik bilan bir paytda o’tkaziladi. Lekin sport faoliyatidan tashqari vaqtda ham, sportchi o’zi mustaqil yoki o’zgalar yordamida miyasida sodir bo’layotgan psixik jarayonlarni, shaxsiy holatlari va xususiyatlarini takomillashtirish maqsadida muayyan topshiriqlarni bajarish orqali ham ro’yobga chiqarilishi mumkin. Maxsus psixologik tayyorgarlik asosan sportchida muayyan musobaqada qatnashishga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishga qaratiladi. Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik (A.Puni bo’yicha) sportchini o’z kuchiga ishonchida, belgilangan maqsadlarga erishish yo’lida oxirigacha kurashishga intilishda, hissiy qo’zg’alishning optimal darajasida, har xil noqulay tashqi va ichki ta'sirotlarga nisbatan yuksak darajadagi barqarorlikda, sport kurashining o’zgaruvchan sharoitlarida o’z xatti-harakatlari, ehtiroslari, hulqini ixtiyoriy holda boshqara olish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Psixologik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari: texnika va taktikani egallashga yordam beradigan psixik sifatlar hamda jarayonlar; shaxsni musobaqalarda birdek chiqishlarini ta'minlovchi xususiyatlar; mashg’ulot va musobaqalarning murakkab sharoitlarida ishchandik va psixik faoliyatning yuqori darajasi; mazkur sharoitlarda namoyon bo’ladigan barqaror ijobiy psixik holatlar. Texnikani egallash va harakat faoliyatlarini boshqarishga ko’maklashuvchi jarayon va sifatlar qatoriga, xususan, harakatlarning turli o’lchamlarini nazorat qilib turishga imkon yaratuvchi nozik rivojlangan mushak sezgilari; vaqt, ritm, sur'at va masofa hissi; makonda mo’ljal olish qobiliyati; diqqatning yuksak rivojlangan sifatlari (kontsentratsiyasi – nomlanishi, ko’chishi, taqsimlanishi); mukammal ideomotorika; tezkor xotira; oddiy va murakkab reaktsiyalarni (tanlash, bir narsadan boshqasiga ko’chirish, oldindan ilg’ash, harakatlanayotgan ob'ektga qarab mo’ljal olish reaktsiyalari va h.k.) tezkor hamda aniqligi kiradi. Taktikani o’zlashtirishga turli o’ziga xos fikrlash sifatlari: raqiblar harakati to’g’risida olinayotgan axborotlarni bir lahzada tahlil qilish va vaziyatga mos qaror qabul qilish qobiliyati; fikrlashning egiluvchanligi va b. Sport turining o’ziga xos jihatlari sportchi psixologik tayyorgarligining sifatlari va tuzilishiga har xil talablar qo’yadi (4-jadval). Masalan, boks, kurash, uloqtirishlar, og’ir atletika, sprinterlik masofalari kabi siklik xususiyatli sport turlariga ixtisoslashayotgan sportchilarda peshqadamlikka intilish, mustaqillik, motivlashning yuqori darajasi, tavakkalchilikka moyillik, zarur vaqtda butun kuchini jamlab, ularni g’alabaga bag’ishlay olish qobiliyati ustun bo’ladi. Lekin ayni paytda ularda ishonmaslik, bo’ysunmaslik, qaysarlik, ziddiyat chiqarishga moyillik sifatlarini ham ko’rish mumkin. Uzoq masofalarga ixtisoslashayotgan sportchilarga xos xususiyatlar: faollik, katta yuklamalarga bardosh bera olish, o’z shaxsiy manfaatlarini jamoa manfaatlariga bo’ysundirish, shubhalarga berilmaslik va b. Biroq ular ba'zan o’z kuchlariga to’la ishonmaydilar, yetakchiga ehtiyoj sezadilar, o’ziga xos xatti-harakatlar va fikrlash tarziga moyil bo’ladilar. Sport o’yinlari va yakkakurashlarga, sportning murakkab koordinatsiyali turlariga ixtisoslashayotgan sportchilarda samarali ko’rish idroki, sensomotor reaktsiya qilish va tezkor fikrlash, diqqatni keng taqsimlash, tez ko’chirish va barqarorligini kuchaytirish, zehnlilik, qat'iyat, qarorida turish, qo’rqmaslik, murakkab harakat reaktsiyalari tezkorligi va aniqligi, harakat ko’nikmalarini oson shakllantirish hamda qayta qurish qobiliyatlari mavjud bo’ladi.4-jadval Download 141.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling