bob Sport masahg’ulotlarining nazariy asoslari mavzu: Sport ijtmoiy hodisalar tizimida Sportining nazariy asoslari
Download 141.03 Kb.
|
Majmua Karimov domla Jismoniy tarbiya
Aralash taktika sport kurashi olib borishning faol va passiv shakllarini o’z ichiga oladi.
Musobaqalarda sportchining taktikasi, eng avvalo, uning oldiga qo’yilgan vazifa bilan belgilanadi. Bunday vazifalar juda xilma-xil bo’lishi mumkin, lekin ularni pirovardida to’rttagacha birlashtirish mumkin: 1. Maksimal, rekord natija ko’rsatish. 2. Qanday natija ko’rsatilishidan qat'i nazar, raqibni mag’lub etish. 3. Musobaqada g’olib chiqish va ayni vaqtda eng yuqori natija ko’rsatish. 4. Musobaqalarning keyingi turi – chorakfinal, yarimfinal va finalga chiqish uchun yetarli bo’lgan natija ko’rsatish. Musobaqada bu vazifalardan birortasining hal etilishi sportchi yoki jamoa qanday taktikani tanlashini belgilaydi. Musobaqa bellashuvlarini olib borishning 4 ta taktik siklini ajratish mumkin: 1. Rekordlar taktikasi. 2. Ko’rsatilgan natijadan qat'i nazar musobaqalarda g’olib chiqish taktikasi. 3. Musobaqalarda yuqori natija bilan g’olib chiqish taktikasi. 4. Bellashuvlarning navbatdagi turiga chiqish taktikasi. Musobaqa taktikasining har bir turini qo’llaganda, taktik priyomlarning eng tipik variant va kombinatsiyalarni ko’rib chiqamiz. Rekordlar taktikasi. Sportning siklik turlarida ko’pincha musobaqalar davomida peshqadamlik qilish taktikasi qo’llaniladi. Sportchi marraga yaqinlashmasdan ancha avval o’z zimmasiga peshqadam rolini oladi va ustunlikni musobaqalar tugaguniga qadar saqlab qolishga harakat qiladi. Ko’rsatilgan taktika asosiy raqiblarni muvozanatdan chiqarishi, ularni asabiylashishiga, o’z taktik rejalarini o’zgartirishga majbur qilishi mumkin. Peshqadamlik taktikasining ikki xil varianti farqlanadi: - yugurish, suzish, eshkak eshishda – masofani bosib o’tishda bir me'yordagi tezlik bilan peshqadamlik qilish; - masofada tezlik, sur'atni o’zgartirib peshqadamlik qilish. Bir me'yorli sur'at bilan rekordlar taktikasini uzoq masofalarga yuguruvchi mashhur sportchilar – P.Bolotnikov, N.Sviridov (Sobiq Ittifoq), R.Klark (Avstraliya) muvaffaqiyat bilan namoyish etganlar. “Uzun-yuluq yugurish” taktikasini qo’llashning ajoyib namunasi mashhur yuguruvchi V.Kutsning G.Piri va K.Chatatuzy singari taniqli ustalar ustidan 1956 yil Olimpiadasida g’alabasi hisoblanadi. Chidamlilikni namoyish etish lozim bo’lgan sport turlaridagi ko’pgina Jahon rekordlari masofani bir me'yorda bosib o’tish chog’ida o’rnatilgan. Buni shunday ifodalash mumkin: fiziologik nuqtai nazardan notekis ish tartibi bir me'yordagi tartibga qaraganda ko’proq quvvat talab qiladi. Shuning uchun uni faqat yetarlicha yaxshi tayyorlangan sportchilargina qo’llay oladilar. Ko’rsatilgan natijadan qat'i nazar, musobaqalarda g’olib chiqish. Bu taktikadan, odatda, final musobaqalarida, shuningdek, ko’rsatilgan sport natijasi asosiy raqiblar orasida o’rinlarning uzil-kesil taqsimlanishiga ta'sir ko’rsata olmaydigan hollarda foydalanish mumkin. Bu holatda musobaqa kurashi olib borishning keyingi taktik variantlari qo’llanishi mumkin (4-rasm). Taktik priyomlarning har qaysisi mashg’ulot jarayonida bekamu ko’st tayyorlanishi lozim. Mazkur murakkab vazifani bajarayotgan sportchi, odatda: 1) bellashuv boshidayoq maksimal samaradorlikka erishish va raqiblardan uzoqlashib ketishga (“uzoqlashish” taktikasi) – masofaning birinchi yarmida maksimal tezlikni rivojlantirish; dastlabki qayd etiladigan urinishda maksimal uzunlik va balandlikka sakrash; gimnastikada, suvga sakrash va b. da majburiy yoki erkin dasturlarning birinchi qismida eng qiyin mashqni yaxshi bajarishga intiladi; 2) hal etuvchi “marraga tashlanish” uchun kuchini saqlab turadi (“marra spurti” taktikasi). Startdan so’ng darhol peshqadam ortidagi joyni egallaydi va barcha raqiblarni diqqat bilan kuzatib boradi yoki har bir lahzada manyovr qo’llashga tayyorlanib, peshqadam guruhda boradi; 3) bellashuv davrida ataylab harakatlar tezligi, sur'atini, alohida taktik priyomlar va ularning kombinatsiyalarini o’zgartiradi (“raqibni holdan toydirish” taktikasi – boksda, qilichbozlikda ko’p marotaba vaqti-vaqti bilan “portlovchi hujumlar” ni amalga oshiradi, yugurishda, suzishda, chang’i poygalarida masofada tezligini keskin o’zgartiradi), tez-tez texnik priyomlarni o’zgartiradi, shu tariqa raqibini murakkab ahvolga soladi va h.k. Download 141.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling