Sportchilarga qo’yiladigan psixologik talablar
(M.Eluran ma'lumotlari bo’yicha)
Sport turi
|
Psixologik
faoliyat turi
|
Zarur psixologik
sifatlar
|
Golf, gorodki, kegli, stendda va o’q otish, kamondan otish
|
Sensomotor
|
Sezgi organlarining rivojlanganligi, sensomotor sifatlar
|
Yengil atletika, suzish, og’ir atletika, velopoygalar, chang’i poygalari, konkida yugurish sporti, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish
|
Safarbar etuvchi-funktsional
|
Sensomotor sifatlar, irodaviy sifatlar, ayniqsa, irodani safarbar eta olish, qat'iyat, bardoshlilik,harakatlanish vositasini boshqarish qobiliyati
|
Figurali uchish (konkida), velosport, sport va badiiy gimnastika, suvga sakrash
|
Koordinatsion estetik
|
Artistona xususiyatlar, estetik va ijodiy sensomotor sifatlar. Tavakkalchilik, qo’rqmaslik, o’zini qo’lga ola bilish, qat'iyat, zehnlilik
|
Avtomobil, aviatsiya, parashyut, mototsikl sporti, planerizm, suvga sho’ng’ish, bobsley, tog’ chang’isi sporti, tramplindan chang’ida sakrash
|
Tavakkalchilik bilan bog’liq
|
Hissiy barqarorlik, texnik ko’nikma va qobiliyatlar
|
Boks, dzyudo, kurash
|
Tavakkalchilik bilan bog’liq
|
Ijodiy fikrlash qobiliyati (oldindan sezish, taktik sezgi). Qaror qabul qila olish qobiliyati, psixik chidamlilik. Sensomotor sifatlar
|
Badminton, tennis, stol tennisi, qilichbozlik
|
Individual ijodiy fikrlash
|
Ijodiy fikrlash qobiliyati. Sensomotor sifatlar
|
Gandbol, futbol, basketbol, voleybol, muz va chim ustida xokkey, regbi, suv polosi
|
Jamoada ijodiy fikrlash
|
Ijodiy fikrlash qobiliyati. Muloqotga kirisha olish, hamkorlik qilish qobiliyati
|
Shaxmat
|
Individual ijodiy fikrlash
|
Ijodiy fikrlash qobiliyati (oldindan sezish, strategiya, kombinatsiyalarni bajarish qobiliyati)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |