Bob. Zigmund freydning klassik psixoanalizida psixik rivojlanish


I.BOB. ZIGMUND FREYDNING KLASSIK PSIXOANALIZIDA PSIXIK RIVOJLANISH


Download 54.08 Kb.
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1413031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya

I.BOB. ZIGMUND FREYDNING KLASSIK PSIXOANALIZIDA PSIXIK RIVOJLANISH
1.1.Z.Freydning psixoanaliz nazariyasi.

Freydning fikricha, inson tabiatida ikki kuch hukmrondir. Birin-chisi – barcha iarsalarni vayron etish tanatos ruhi; ikkinchisi esa, hayotga, xursandchilikka intilish kuchidir. Birinchi kuch inson psixika-sida nikrofiliya jarayoniga olib keladi. Nikrofillarga sado-mazoxizm hamda barcha ulik shakllarga qiziqish, o’limni kuylash, hayotga va hayotiy jo’shqinlikka nafrat bilan qarash xosdir.


Ikkinchi kuch inson psixikasida ko’proq rivojlangan bo’lsa, ularni gimnafil, hayotni sevuvchilar, deb atashadi. Ularga hayotiy jushqinlik va optimizm xosdir. Sof holatda hayotda bu ikkilik kam uchraydi. Ular asosan aralashgan holda jamiyatda hayot kechiradi. Bunday psixik xususiyatlar ijtimoiy jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, ispan faylasufi Unamuno fashizmni nikrofiliya, deb ata-gan. Fashistlar psixologiyasiga inson hayotiga jirkanch qarash, sadizm, keng miqyosdagi qirg’inlar, genotsid xosdir.
Psixoanaliz dinni nevroz sifatida talqin qiladi. Ana shu fikrni Freydning «Totem va Tabu» nomli asarida uchratishimiz mumkin. Freyd nevroz kasalligining xatti-harakatlari bilan diniy marosimlardagi harakatlarning o’xshashliligini aytib o’tadi. U nevrozni shaxsning dindorligi, deb hisoblasa, dinni esa umumiy nevroz holati, deb hisob-laydi. Diniy marosimlarga va aqidalarga, Freyd fikricha, juda berilib ketish nevroz holatidagi qurquvni eslatadi. Lekin qo’rquv dinda ongli ravishda anglangan va bu Xudoning qahri oddidagi qurquvdir. Nevroz holatidagi qo’rquv esa ong ostida bo’lib anglanmaydi. Shu bilan birga, diniy marosimdagi harakat bilan nevroz holatidagi harakat o’xshashli-gi bilan birga farqi ham bordir.
Freyd diniy afsonalardagi voqealarni tanqid qilib, ularni nevroz holatidagi maniyakal g’oyalarga berilib ketishga uxshatadi. Bu asabiykasallar – maniyakal holatlardan diniy afsonalarga ishonishning kat-ta farqi bor. Din asrlar davomida insonlarni mushkul ahvolga tushib qolganlarida yupatib kelgan. Keyinchalik umidsizlik holatiga tushmas-likka yordam bergan.
Insoniyat dunyoqarashi rivoji davrida uch bosyugchdan o’tadi: animis-tik, diniy, ilmiy. Freydning fikricha, din abadiy emas. U qachonlardir paydo bulgan, kelajakda asta-sekin yuqolib ketadi. Lekin Freydning qarashlarida ziddiyat bor. U animizm, magiya va totemizmni diniy qaraisharga qarshi qo’yadi. Vaholanki, bu qarashlarning o’zida g’ayritabiiy kuchlarga ishonch yotadi. Bu ziddiyatning sababi Freydning diniy qarash-larga noto’g’ri izoh berishida edi. Freyd uchun din faqat inson qiyofa-siga o’xshash xudolarga yoki xudoga ishonchdir. Aslida esa diniy qarashlar kanday qiyofaga ega bo’lmasin, bu g’ayri-tabiiy ilohiy kuchlarga ishonchdir.
Animizmni, Freyd, tabiatdagi barcha ruxlarga duolar orqali ta’sir etish, deb hisoblaydi va ular dunyoviy dinlardan fark qiladi. Dinga totemizm animizmga ko’ra yaqinroq turadi.
Qadimgi jamiyatda yashagan inson hayoti ogir sharoitlarda o’tgan va ayniqsa, tabiiy ofatlar tufayli inson katta talofatlar ko’rgan, ular olddda qo’rquv holatida yashagan. Madaniyat oldida turgan katta vazifa-lardan biri insonga qo’rquv holatidan chiqib ketishiga yordam va taskin berish edi, Bu vazifani hal etishda birinchi qadam animistik dunyo-qarashning shakllanishi bo’ldi.
Animistik dunyoqarashda inson tabiatdagi ruhlarga sig’inib, ularga har xil tortiqlar, qurbonliklar keltirib, ularni o’zlariga moyil qilib olib, har xil xavf-xatardan holi buladilar.
Ruxlar tabiatini tushuntirar ekan, Freyd, ularni inson ichidagi psixik holatlar, histuygularning ko’rinishi, deb aytadi. Insonning salbiy fikr va kechinmalari yomon, qora ruhlar qiyofasida aks ettiriladi. Boshqa his-tuyg’ular esa qolgan barcha ruhlar shaklida kurinadi.
Animizmni, Freyd, nartsisizm holatiga o’xshatadi. Bu holatda in-son «Nartsiss» afsonasidagi qahramonga o’xshab, o’z o’ziga maftun buladi, Animizm davrida afsunlar orqali insonlarni o’z maqsadiga erisha olishiga bulgan ishonchni Freyd nevroz kasallarining o’z fikrlar ola-mini real ekanligiga bulgan ishonchi, deb hisoblaydi. Lekin Freyd bu masalada ibtidoiy davr odamlarini afsunlarga, magiyaga bulgan ishon-chi bilan birga, ularning amaliy faoliyatlarini inobatga olmaydi. Ibtidoiy inson faqat afsungarlik orkali emas, balki o’z mehnati orqali tabiatga moslashib, uni o’zgartirib, madaniyatni barpo etadi.
Dunyoqarash rivojidagi totemizmni tahlil qilar ekan, Freyd unga xos bulgan ikki xususiyatni ajratdi. Birinchisi – har bir qabilaning biron-bir hayvonga sig’inishi va uning ruhini qabilaning himoyachisi deb hisoblash; ikkinchisi – shu bilan bir qatorda bu hayvonni uldirishva iste’mol qilish man etilgan bo’lishiga qaramay, vaqti-vaqti bilan bu hayvonlarni uldirish, eyish va ulardan kechirim surashdir.
Totemizmning kelib chiqishi, Freyd fikricha, uchta gipotezaga asos-lanadi. Birinchisi – ibtidoiy qabila bo’lib yashash, qabila oqsoqoli-ning qupol, cheksiz hukmiga buysunish haqidagi gipotezasi. Ikkinchisi, Darvin fikrini rivojlantirgan Atkinson gipotezasi buyicha, oqsoqol hukmiga qarshi chiqqan ug’illar o’z otasini o’ldiradi va eb qo’yishadi. Uchinchisi, Robertson Smitning gipotezasi bo’yicha g’alaba qozongan o’g’illar oqsoqol otasi urnatgan hukmronlikdan voz kechishadi, o’zaro sulh to’zib, qabilada ekzojamiyatni urnatishadi, ya’ni ayollar hukm-ronligiga utishadi. Nufo’zli olimlarning bu gipotezalardan voz kechi-shiga qaramay, Freyd ularga asoslandi. Bu qarashlar uning inson psi-xikasi g’oyalarini rivojlantirishga yaxshi xizmat qildi.
Dinning kelib chiqishi masalasi orqali Freyd inson psixikasi nazariyasini rivojlantirdi. Shu nazariyadan din asoslarini axtardi. O’z otasini uldirgan o’g’illar, bunday ahvol o’z boshlarig’a tushishidan qo’rqib, o’zaro shartnoma to’zishadi. Qabilaning «birinchi ayoliga» hukmronlik tizimini tutqazishadi. O’g’illar o’z qabilasidagi qizlarga uylanishni man etib, boshqa qabiladagi qizlarga uylanish qarorini chiqarishadi. Ular o’z qabilasi uchun topgan, ya’ni ota ruhi o’rnini bo-suvchi hayvon ruhini tanlashdi, shu ruhga sig’inadigan bo’lishdi. Bu erda Freyd o’gil psixologiyasidagi ziddiyatli his-tuyg’uni ko’rsatadi. Bir tomondan, ug’illar qatgiqqo’l otadan qo’rqishadi va nafratlanishadi. Ikkinchi tomondan, ug’illar kuchli otadan faxrlanishadi va unga o’xshash-ga intilishadi. Qabila oqsoqolini e’zozlash dinga asos bo’ldi. Oqso qol o’rnini totem egalladi, keyinchalik totem o’rnini Xudo egallagan. Kup yillardan keyin oqsoqolning aybi va zolimligi qabila xotirasi-dan kutarilib, ular qalbida faqat sodir bo’lgan jinoyat aybdorlik hissiyoti saqlanib qoldi. Keyingi avlodlar esa o’z ongida saqlanib qolgan aybdorlik tuyg’usining sababini ham bilishmadi. Qabila oqso-qolini e’zozlashning eng oliy shayuga iudaistik monoteizmda rivoj-lanadi. Muso payg’ambar yangi din yaratar ekan, yahudiylarga faqat o’tmish xotirasini tikladi, hech qanday yangi g’oyalarni yaratmadi, deydi
Freyd.
Xristian dinida esa oqsoqolning o’ldirilishi natijasida ongli holda yashirinib yotgan aybdorlik hissiyoti xudo-o’g’il tomonidan o’zini qurbonlikka keltirganligi natijasida olib tashlanadi. Xudo-otaning nufo’zi yuqolib, uning urnini xudoo’g’ilga sig’inish egallaydi.
Freyd dinni inkor qilishiga qaramay, O’zining psixoanaliz g’oyalarini asoslash uchun yuzaki, isbotlanmagan gipotezalardan foydala-nadi. Ularni ham O’zining «libido» ta’limoti orqali tahlil qiddi.
Z.Freyd «Ongsizlik ruhiyati» nomli asarida onglilik va ongsiz-lik holatlarini taxdil qilib beradi. Uning fikricha, bu holatlarni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, chunki ongsizlikning ba’zi bir ele-mentlari ongli holatda uchrab turadi.
Ratsionalizm ta’limoti namoyandalari ongni in’ikos sifatida tal-qin qilsalar, Freyd birinchilardan bo’lib, ongni psixik jarayon sifa-tida talqin qiladi. Olim ongni quyidagi darajalarga bo’ladi: Men – bir psixik to’zilma sifatida, bu to’zilma butun psixik jarayonlarni boshqarib, nazorat qilib turadi; onglilik oldi – to’liq ongsizlik emas, ya’ni u rivojlanib onglilikka o’tishi mumkin; va nihoyat, ongsiz-lik – surib chiqarilgan harakatchan ongsizlikdir. Ongsizlik o’z-o’zidan onglilikka o’tmaydi, u quyidagi darajalardan o’tadi: «onglilik» (g’u), «ongoldi» (vbw) va «ongsizlik» (pg’u).
Freyd «Men»ni shunday ta’riflaydi: «Men... biz biron bir shaxs-ning ruhiy jarayonlari to’zilmasini tasavvur qilamiz va uning «Men»-ini belgilaymiz. Ana shu «Men» ong bilan bog’liqdir, u tashqi olamga qarab harakatga intilish hissini nazorat qiladi». «Bu jonning shun-day markaziki, har bir xususiy harakatlarni boshqaradi, kechasi tushga aylanadi va uni ham nazorat qiladd. Ana shu «Men»ga ongdan siqib chiqarish ham bog’liq».
Z.Freydning ko’zatishlaricha, bemorlarning ong ostidagi «Men»i ongidagi «Men»ga qarshilik ko’rsatadi. Kasallar ana shu ob’ektga yoki hodisaga yaqinlashishni istamaydilar, chunki ularning «Men»i siqib chiqarilgan edi. Lekin bemorlar ana shu xohlamaslik sababini ochib berolmas edilar. Bemorlar qarshilkkning o’zini anglamas edilar. Freyd bundan shunday xulosaga keladiki, «Men»ning to’zilmasida ongsizlik xususiyatlari mavjuddir.
Demak, Freydning fikricha, ongdan siqib chiqarilgan hamma narsa ongsizliqdir, lekin ongsizlik siqib chiqarilgan hodisalar bilan ay-nan bir narsa emas. Jumladan, ongsizlikning quyi sohalari birmuncha mazmunliroqdir. Ilmiy tilda tushuntirib bo’lmaydigan ko’pgina hodi-salar ongsizlik sohasiga tushib qolgandir. Shuning uchun ham Freyd-ning ta’kidlashicha, ongsizlikni tadqik qilishdan voz kechmaslik za-RUR-
Freyd shunday masalani o’rtaga tashlaydi, ya’ni qanday qshshb ong-sizlikni onglilik darajasiga ko’tarish mumkin? Olim fikricha, ongli-lik hodisalarning yuzaki qismqdir. Bizning butun tashqi, ichki taassu-rotlarimiz, hissiyotlarimiz ongimiz tomonidan anglanadi. Ular ichki ruhiy xolatlar bilan bog’liqdir. Qachonki ular ong bilan bog’lansa, taassurot hissiyoti anglanadi. Agar ular ong bilan boglanmasdan, yopib qo’yilsa, unda ongsizlikka aylanadi. Ongoldi sohasi taassurot va his-siyotlarga ta’sir etmaydi. Ular yoki ongli bo’ladi, yoki ongsiz bo’ladi. Hissiy qabul qilinganda, so’z shakyaiga kirgandan so’ng onglilikka ang-lanadi. Demak, onglilikning asosiy qismi bu tafakxurlash mexanizmi-dir, ya’ni u so’z orqali namoyon bo’ladi.
Freyd ta’kidicha, «Men» onglilikning yadrosidir, u ongoldi soha-si bilan chambarchas bog’langan. Greddek tadqiqotlarini o’rganib, Freyd onglilik va ongsizlikni aniqlash uchun ikki tushuncha kiritadi, ular «Men» tushunchasi va unga bog’lanadigan ongoldi tushunchasidir. «U» tu-shunchasiga esa onglilikni tashkil etuvchi ongsizlix kiradi. «g’U» siste-masidan chiqayotgan mohiyat ongoldi sohasidan o’tadi va «Men» deb nom-lanadi, bu mohiyatga kiruvchi boshqa ongsiz psixik jarayonlarni, Gred-dek fikricha, qushilgan holda, «u» deb atadim».
«Men» va «u» ni shunday tushungan Freyd uchun individuum anglan-magan ongsizlik sifatida namoyon bo’ladi, uning ustida onglilik yotadi, bu onglilikning markazi «Men»dir.
«Men» va «u» urtasida chegara yo’q. Ular bir-biri bilan tuxum va uning ichidagi homila kabi munosabatda bo’ladilar. «Men» va «u»ni chegaralash nisbiy xususiyatga egadir. «Men» orqali siqib chiqarilgan narsalar, ongsizlik bilan qo’shiladi va ongsizlik orqali yana «men»ga qaytib keladi. Men olamning tashqi taassurotlarini o’zida mujassam-lashtiradi va «u» ni chegaralaydi. Ayniqsa, lazzatlanishni cheklaydi va uni reallik bilan almashtiradi. Freyd fikricha, «Men» aqlni va ta-fakkurlashni tashkil etsa, «u» esa hirsni (strast) namoyon etadi.
«Men» va «u»ni obrazli ta’riflab, Freyd ularni otga va chavandozga qiyoslaydi. Ot – egarlanmagan hdrslar, tuyg’ular, ongsizlik sohasidir, u chavandoz nazoratidan chiqib ketishga talpinadi. «Men» – chavandozdir, u butun kuchini ishga solib, otni o’ziga bo’ysundirishga harakat qiladi. Le-kin ot shunday yovvoyiki, chavandoz uni ba’zida egarlay olmaydi.
Freyd insonning axloqiy tomonlarini tahlil qilib, ongsizlik bu sohalarga ham tegishli ekanligini aytadi. Shunday insonlar uchraydi-ki, ularda vijdon va o’z-o’zini tanqid ongsizlik darajasida namoyon bo’la-di. Hattoki, aqliy bilim ham ongsizlik darajasida bo’lishi mumkin. Masalan, ayrim olimlar o’z kashfiyotlarini tushlarida ochganlar.
«Men» tushunchasidan tashqari yana «Oliy Men» ham mavjud, deydi Freyd. «Men»da «Oliy Menga» ega bo’lish xohishi mavjud. «Men» «u»ga murojaat qilib, «u»ning baxti bilan o’zini aynanlashtiradi. «Men» libido ob’ektini, Nartsiss libidosi bilan almashtiradi, ya’ni «Men» ongsiz hirsini «Men»ning o’ziga qarab yo’naltiradi. «Men» yagona mu-habbat ob’ektiga aylanishni istaydi. Ongsiz «Men»ning hamma hirsla-ri o’ziga qaratilgandir. Natijada «Men» o’zining yaxlitligini yo’qota-di, ko’pgina «men»chalarga bo’linib ketadi. Freyd fikricha, «Men»ning ideali, hirs ob’ektiga o’xshashni xohlashdir. Bu ob’ektlar ota yoki ona ham bo’lishi mumkin.

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling