Bob. Zigmund freydning klassik psixoanalizida psixik rivojlanish


Z.Freyd diniy afsonalardagi voqealarni tanqid qilib


Download 54.08 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1413031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya

1.2.Z.Freyd diniy afsonalardagi voqealarni tanqid qilib
Freyd «Edip komlleksi» tushunchasini ochishga harakat qiladi. Bu tushuncha orqali ota yoki onaga o’xshashni xohlashlikni ochib beradi. Edip kompleksida ikki variant uchraydi, o’g’il otaga o’xshashni xohlay-di. U otasining erkaklik tomonlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ug’il onaga o’xshashni xoxlaydi va o’zida ayollik tomonlarini mujassamlashti-radi.
Ota yoki onaga o’xshashlik ijobiy va salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Salbiy holda u rashkni keltirib chiqaradi. «Oliy Men» yoki «Ideal Men», Freyd fikricha, inson tabiatini yuksak axloqiy tomonidir, u bolaning ota-onasiga muhabbatida namoyon buladi.
«Oliy Men, – Freyd fikricha, – bizning ota-onamizga bulgan munosabatimizdir. Biz gudakligimizda, ularni bilamiz, hayratlanamiz va qurqamiz. Natijada, ularni ichimizga singdiramiz». Freyd shunday xulosaga keladiki: «Oliy Men» ota-onaga bo’lgan munosabatdir. Ana shu «Oliy Men» hamma dinlarning asosini tashkil etadi, Xudo ota qiyofa-sida namoyon buladi. «Oliy Men» Edip kompleksi «libido»sini ong-sizlikka siqib chiqarganligi shubhasizdir. Aynan, ota-onaga bo’lg’an his-siy intilish ongsizlikka aylanadi. «Oliy Men»da ota-onaga bulgan ma’naviy muhabbat mujassamlashadi.
«Oliy Men»dagi ota-onaga o’xshashlik, Freyd ta’limoti bo’yicha, ma’-naviy xususiyatga egadir. Bu albatta tabiiy holdir, chunki Freyd inson-ning ilohiy tomonini inobatga olmaydi.
Neofreydizmning yana bir vakili K.YuNG (1875–1961) Freyd ta’-limotini boshqacha yo’nalishda rivojlantirdi.
K.Yung O’zining «Psixologik tiplar» nomli asarida inson ongi va ongsizlikka mansub bo’lgan masalalarni falsafa tarixi, she’riyat, di-niy, madaniy edgorliklar yordamida ko’rib chiqdi, ularni yangacha talqin qilishga harakat qiddi. Bu asar KYungning nihoyatda chuqur qomusiy bi-limga egaligani namoyon qildi. Uning psixologik tahlili falsafiy mulohazalar va falsafiy dunyoqarash darajasiga kutarilganligini yaqqol ko’rsatdi,
Falsafa tarixidaga ilk bor sxolastik oqimlarni tahlil qilib, uning ikki xristian ilohiyotchisi psixologik holatini ochib berdi. Birinchi tip o’rta asr xristian dinining mashhur apologetlaridan biri Tertulliandir. Ikkinchi tip o’sha davrning yana bir mashhur vakili Eriugendir.
K.Yungning ta’kidicha, Tertullian O’zining nihoyatda yuqori daraja-da rivojlangan intellektual bilimidan voz kechib, uni ichki ilohiy hissiyotga almashtirdi. Eriugen esa o’z intellektual bilimidan voz kech-madi, lekin o’zining jinsiy a’zosini olib tashlab, hirsiy hissiyotdan butunlay voz kechdi.
Yung bu yuski psixologik holatni yagona libidoning har xil shakli-dir, deb ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish noto’g’ri, deb hisoblay-di. Yungning bu fikri libidoni tushunishda Z.Freydga nisbatan keng-roq va chuqurrok qarashga ega bulganligini ko’rsatadi. Z.Freydning ta’-limotida «Oliy Men» ota-onaga bo’lgan munosabat bilan aynanlashti-rilgan. Yung esa libidoni faqat hirs bilan cheklamasdan, psixik ener-
giya sifatida oladi. Psixik energiyani koinot miqyosidagi energiya, deb hisoblaydi. Butun koinotni qamrab oluvchi bu energiya hayotiy jushqinlik, tiriklik jarayonidir. Bu fikrlarni asoslash uchun Yung qadimgi hind falsafasiga, Veda va Bxagavat Gitalarga murojaat qiddi. Yung butun olamni birlashtiruvchi ramz, simvol, belgi sifatida Brax-manni oldi.
Hayotiy kuch, jushqinlikni Braxmandagi ruhiy energiya tashkil eta-di. Bu energiyadan butun borliq – yuldo’zlar, sayyoralar, o’simliklar. hayvonot va insonlar yaratilgandir. Agar tabiatda bu energiya ongsiz bo’lsa, inson ongida energiya o’z-o’zini anglash darajasigacha kutariladi. Lekin bu darajaga hamma insonlar ham etisha olmaydi. Buning uchun, uning fikricha, inson o’zining ichki olamiga kira olishi kerakdir. Bunday kirish uchun inson o’zining yashirinib yotgan hissiyotlarini bosh-qara olishi lozim. Inson o’zining «Men»idan voz kechishi lozim. Faqat shundagana o’zining chegaralangan tafakkuri zanjirlarini parchalab, o’z ongini ilohiy ong bilan, Braxman ongi bilan birlashtira oladi. Bu-ning natijasida inson ongi cheksiz kengayadi. Butun borliqqa ongi bilan qo’shiladi. Bizga ongsiz bo’lib tuyulgan borliqda qalb ko’zi uchun Braxmanning oltinsimon nur-quyoshi kurinadi. «Braxman – Prana ham,– deb yozadi K.Yung, – ya’ni hayot nafasi va koinotning hayot tamoyili; xuddi shunday Braxman – «Uaup» – ya’ni shamoldir. Insonda ham, quyoshda ham bu Braxman yagonadir»1. «Haqiqiy Braxmanning qiyofasi oltinsimon nur-quyosh bilan qoplangan. Oh, Pushan, Savitri, quyosh, bizga haqiqatni namoyon qil!»2.
K.Yungaing fikricha, inson kuchi ham Braxmandan kelib chiqadi. Harakatchan ijodiy libido kuchini Braxmanning cheksiz va son-sanoqsiz shakllari tashkil etadi.
Koinot va insondagi hayotiy kuch, uning fikricha, energiyadir. Bu kuchda quyi va yuqori, issiq va sovuq kabi ziddiyatlar bo’lganidek, libidoda ham ziddiyatlar mavjud. Libidodagi ziddiyatlarni tahlil qilib, Yung bu hol Braxmanda ham mavjudligini kursatadi. Borlkqning asos-chisi bo’lgan Dunyoviy Ong o’zini ikki qarama-qarshi boshlang’ichga ajra-tadi, bular manas – akl va «uas» – so’zdir.
Z.Freqd o’zining «Men va u» asarida ham akl va so’z urtasidagi ziddiyatni ochib berdi. Aql ongaing eng yuzadagi o’z-o’zini anglovchi qat-lami bo’lsa, so’z esa aqlni ongsizlik bilan bog’lovchi vositadir. So’z orqali ongsiz shakl ongli shaklga aylanadi. Bu jarayonni Z.Freyd in-son psixologiyasi misolqda kursatgan bo’lsa, K.Yung aynan shu jarayonni butun borliq, koinot miqyosida tatbiq etadi.
Shunday qilib, K.Yung Z.Freyd fikrlarini umumlashtirib, koinot miqyosida talqin qiladi. Insonning ichki olami butun jahonni o’ziga
Yung K. Psixologicheskie tap Str. 231. O’sha asar, s. 231.
qamrab olishini hamda jahondagi barcha jarayonlar insonning ichki olamida ham davom etishini kursata oddi, Yung libido tushunchasini A.Bergsonning hayotiy jushqinlik, davomiylik tushunchasi bilan hamo-hang, hamnafas ekanligini isbotlab berdi.
Libido jismoniy kuch sifatida xilma-xil shakllarda namoyon bo’la-di. Bu shakllar afsonalarda obrazlar orqali ifoda etiladi. Bu obraz-lar bir-biriga bog’lanib ketib, yagona hayotiy okimni tashkil etadi. Anri Bergson ham o’z falsafasqda o’xshash fikrlarni keltirib, bu oqim-ni «hayotiy jo’shqinlik», deb atagan edi.
K.Yungning fikricha, ana shu xayotiy jushqinlikka ijodkorlik kuchi xosdir. Libido inson taqdirini ham aniqlaydi'.
Yungaing ta’kidicha, dunyoviy tartib libido tushunchasi bilan aniq-lanadi. Bu dunyoviy tartib koinotdagi yuldo’zlar va sayyoralarni boshqa-radi va bu yuqori energiyadan quyi darajadagi energiya holatiga o’tish jarayonidir. Shunday qilib, Yung fikricha, libido psixik energiya or-qali ifoda etiladi va olamdagi umumiy tartib yo’nalishini bildiradi. Bu tartib yunonlarda «nous, logos», xitoylarda «dao» tushunchasi orqali berilgan.
K.Yung libidoni axloqiy qonun, deb ham ataydi. Inson o’z tabiati-ga monand yashar ekan, u O’zining ichki axloqiga binoan yashaydi. Inson-ning tabiati hech qachon axloqiy inkor etmagan, aksincha, u bilan muta-nosibliqda kun kechirgan. Libido tushunchasi insonning ichki axloq qonuniyatlariga zid kelmaydi.
K.Yung fikricha, «yuksak hayotiy yutuqlarga insonning xudbinligi orqali erishilmagan, zotan xudbinlik hech qachon hayotning yuqori pog’o nasiga olib chiqmaydi»2. Xuddi shunday yakka insonning o’z-o’zini rivoj-lantirishi ham uni hayotning yuqori pog’onasiga ko’tara olmaydi. Bunga sabab insondagi ijtimoiy xususiyat kuchliligidadir. Demak, hayotiy yuk-saklikka erishish libido qonuniyatlari orkali yuz beradi. Jumladan, K.Yung o’z xulosalarini qadimgi Xitoy falsafasidagi «dao» haqidaga manbalar va qadimgi Hindistondagi ilohiy kitoblardan keltirilgan ilovalar bilan asoslaydi. Umuman olganda, uning psixologik holatlar-ga bag’ishlangan tadqiqoti butun jahon falsafasini ruhiy jihatdan boglash mumkinligini isbotlab berishga qaratilgan. Nafaqat falsafa-ning, balki insonning ruhiy olami hamda butun borliqning ruhiy olami yagonaligini ham yaqqol namoyon etdi.

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling