Boblar 1-bob. Reception


Mehmonlar guruhi bilan reception orasidagi hujjatlar bilan ishlash qoidalari(viza, passport, bronlashtirish listlari)


Download 120.88 Kb.
bet4/14
Sana22.06.2023
Hajmi120.88 Kb.
#1650271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5474167656791674576

1.3 Mehmonlar guruhi bilan reception orasidagi hujjatlar bilan ishlash qoidalari(viza, passport, bronlashtirish listlari).
Kelishi rejalashtirilgan sayyoh mehmonxonaga kelganidan so’ng avvalo u xushmuomalalik bilan kutib olinadi, xonasiga kuzatishdan oldin pasporti olinib, uning tugash vaqti hamda viza muddatiga qaraladi, undan so’ng tezda mehmonlar kitobiga ro’yxatga olinib, Xorijga borish va kelishni ro’yxatga olish bo’limi (ОВИР) uchun ma’lumot sifatida adres qog’ozi to’ldiriladi, passport ichiga mehmonning mehmonxonada turishini tasdiqlovchi registratsiya qog’ozi to’ldirilib, unga mehmonxona muhri bosiladi va pasport qaytarib beriladi.
Viza esa MDH (mustaqil davlatlar hamdo’stligi)lardan tashqari barcha xorijiy davlatlardan keladigan mehmonlarga beriladi. Hamma mehmonlar ham turist bo’la olmaydi. Mehmondan passportni olgandan keyin, passportda viza degan qismi bo’ladi. O’sha yerda viza yopishtirilgan bo’ladi. Unda viza turi, muddati berilgan bo’ladi.
Mehmonxonalarga chet eldan kelgan mehmonlarning registrastiyasida albatta, viza bor-yo’qligi tekshiriladi.
Viza – bu hukumat tomonidan davlat hududiga kirish-chiqish, yashash yoki tranzit o’tish haqidagi berilgan ruxsatnoma hisoblanadi.
Bunday ruxsatnoma, mehmonning pasportiga yoki alohida hujjat sifatida davlat chegarasi tomonidan beriladi.
Vizalar bir marotabali yoki ko’p martali, individual va guruh uchun, talabalik, ketish, kirish, tranzit va h.k. bo’lishi mumkin.
Mehmonxonlar chet el fuqarolarini registratsiya qilish uchun xalqaro turistik faoliyat olib borish listenziyasiga ega bo’lishlari kerak.
Ularni registratsiya qilishda administrator bularga alohida e’tibor berishi lozim, mehmonlar vizasiga mehmon registrastiya nomeri, mehmonxona nomi, sanasi qo’yilishi talab etiladi. Ayrim mehmonxonalarda mehmonlar anketa to’ldirmaydi, chegaradan keyingi birinchi punkt bo’lsa 20 % davlat boji olinadi. Diplomatik vizalar bilan bo’lsa boj olinmaydi. Mehmonxona pasport – viza xizmatiga kunlik hisobot berib borishi talab etiladi.

Download 120.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling