Boblar 1-bob. Reception


II Bob. Xavfsizlik xizmati (security) Texnik xizmat


Download 120.88 Kb.
bet8/14
Sana22.06.2023
Hajmi120.88 Kb.
#1650271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2 5474167656791674576

II Bob. Xavfsizlik xizmati (security) Texnik xizmat
2.1. Mehmonxonada qo`riqlash tizimini tahlil etish
“Grant Bukhara” mehmonxonaning qo`riqlash tizimida asosiy mas’ul xodim ajratilmagan. Mehmonxonada adminstratorlar qo’riqlash xizmatini ham o’z bo’yniga oladi. Xavfsizlik xizmatida mehmonlar, ularning mulklari, mehmonxona mulklarini kriminal elementlardan himoyalash maqsadida tuziladi. Bu yerda mehmonxona mulki deganda uning obro‘si ham tushuniladi. Mehmonxona Viloyat Ichki Ishlar hamda mahalla posponiga yaqin bo’lganligi sababli mehmonxona tashqari tomondan tabiiy holda qo’riqlanadi.
Mehmonxonada qo’shimcha qo’riqlash tizimida kameralar o’rnatilgan. Kameralar mehmonxonada ichki tomonidan 4ta kamerada nazorat qililadi. Bu kameralar 24 soat ish faoliyatini olib boradi, hamda o’z xotirasiga saqlaydi. Mehmonxonada qimmatbaho buyumlar hamda pul mablag’larini saqlash uchun maxsus seyf mavjud. Bu seyf receptionda adminstratorda kamera nazorati ostida bo’ladi.
2.2 Shveysar paj bellboy funktsiyalarining tahlili
Grand Bukhara” mehmonxonasi katta mehmonxona bo’lmaganligi sababli shveysar xizmati mavjud emas. Shveysar deganda quyidagicha ta’rif beriladi :
Shveysar mehmonni kutib oladi, eshikni ochadi, taksi chaqiradi, parkovkani boshqaradi, mehmon yuklariga yordam beradi, yukni qo‘riqlab uni yuk tashuvchiga topshiradi, ular esa o‘z navbatida yukni mehmonxonaga olib kirib, nomerlarga taqsimlaydi. Shuningdek, shveysar shaharning barcha diqqatga sazovor joylarini bilishi va kerak bo‘lganda mehmonga yo‘l ko‘rsata olishi zarur. Kunduzgi paytda farrosh va shveysarlar vestibyul, kirish eshigi, derazalar, oynalangan joylar tozaligini nazorat qiladilar.

2.3. Televideniya, aloqa telefon, internet xizmatlarining ko`rsatilishi
Mehmonxonaning barcha xonalari televizorlar bilan ta’minlangan. Ularning har biri xalqaro kanallarni ko’rsatuvchi antenalarga ulangan.
Mehmonxonadagi aloqa – telefon xizmati ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Har bir xonada telefon bo’lib, ham ichki ham tashqi aloqaga ega. Xonadan turib turistlar to’g’ridan-to’g’ri xohlagan shahar, davlatlariga telefon qila oladilar. Xonaning o’zida boshqa davlatlarga qancha narxda telefon qilish narxlari ko’rsatilgan. Turistlar tomonidan gapirilgandan keyin receptiondagi kompyuterda ma’lumotlar yetadi va saqlanadi. Turist ketishidan oldin esa qancha narxda gaplashganini to’lab ketadi.
Mehmonxonada internet wi-fi mavjud. Mehmonlar ro’yxatdan o’tgandan keyin wi-fi paroli beriladi va ular chiqib ketishiga qadar internetdan istalgancha foydalanishi mumkin.
Bular bilan bir qatorda barcha kompyuter xizmatlari, faks xizmati va hokazolar yo’lga qo’yilgan..



Download 120.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling