Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan


Download 1.03 Mb.
bet15/79
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077655
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа

1.3.1. Guruh a‘zolarini tanlash

Guruh boshqaruvchisi yoki liderning vazifasi jipslashgan guruhni yaratish va ular birgalikda samarali ishlashi uchun ishni to‘g‘ri tashkillashdir. Bunda shaxslarni va ularni tehnik ko‘nikmalarini to‘g‘ri moslashtirishni nazarda tutadi. Ba‘zida tashkilotdan tashqari shaxslarni ishga olishadi; lekin ko‘pincha dasturiy ta‘minot yaratish uchun boshqa loyihalarda ishlash tajribasi bor hodimlar qoyiladi. Lekin boshqaruvchilar jamoani tanlashda to‘liq ozod bo‘lmaydi. Ular ko‘pincha tashkilotda bor hodimlarni ishlatishga majbur, ular bu vazifani bajarishga to‘liq mos kelmasa ham.


1.3.1.bo‘limida aytganimdek, dasturiy ta‘minot yaratuvchilarning ko‘pchiligi birinchi navbatda o‘z ishi bilan undaladi. Shuning uchun ko‘pincha dasturiy ta‘minot yaratish guruhlari texnik muammolar qanday echilishi kerakligi haqida o‘z g‘oyaga ega bo;lgan odamlardan iborat bo‘ladi. Buning natijasida interfeys standartlari buzilganligi haqida habar beriladi, tizimlar bor qodi bo;yicha o‘zgartiriladi, keraksiz titizim bezaklari yaratiladi va h.
Qo‘shimcha hodimlari bor guruh faqat tanlangan texnik xodimlari bor guruhdan yahshiroq ishlaydi. O‘z ishiga qiziqqan hodim texnik tomondan ham tayyor bo‘ladi. Vazifa bajarilishi o‘ziga yahshiligini bilgan hodim vazifaning bajarilishini tezlashtiradi. Hamkorlikda ishlashga yo‘naltirilgan hodimlar guruhda ishlashni yengillashtiradi. Men o‘ylaymanki guruh bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan hodimlar, hamkorlikda ishlash salohiyati yuqori bo‘lgan hodimlar bo‘lishi kerak. Ular guruhda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni oldini olish orqali guruhga katta foyda keltirishadi.
Men 1.10- rasmda Alice boshchiligidagi qo‘shimcha hodimlari bor guruhni ko‘rsatganman. Bu guruhda hodimlar qobiliyatlariga ko‘ra vazifa taqsimlangan va ular hamkorlikda ishlashga yo‘naltirilgan, Lekin men 1.8 rasmda ko‘rsatganimdek, Dorothy muammo keltirib chiqdi, chunki uga o‘zi hohlagan vazifa yuklatilmagan. Fred muammoli sohada yarim stafka ishlashi ham muammo tug‘rishi mumkin. U ko‘proq texnik muammolarni yechishga qodir bo‘lganligi uchun guruhdoshlari bilan yaxshi aloqa qila olmaydi. U o‘zini guruhning bir qismi deb hisoblamaganligi uchun loyiha mazmunini yahshi tushunmaydi.
Tasodiflar tahlili:Guruh tashkillanishi
Alice tizimni rivojlantirish guruhini tashkil qilish uchun, qo‘shimcha qobiliyatga ega bo‘lgan hodimlarni tanlash kerakligi muhimligini biladi. Guruh a‘zolarini tanlashda u so‘rov o‘tkazgan, ularni maqsadga, o‘ziga, yoki hamkorlikda ishlashda yo‘naltirish uchin. U o‘zini-o‘ziga yo‘naltirilganligini his qildi, chunki u hisoblardiki loyiha faqat boshqaruvchi e’tibori ostida rivojlanishi mumkin. Guruhni to‘ldirish uchun u hamkorlikka yo‘naltirilgan ikkita hodim va masalaga yo‘naltirilgan hodimni topishi kerak edi. Uning yakuniy bahosi:
Alice—o‘ziga yo‘naltirilgan
Brian—masalaga yo‘naltirilgan
Bob— masalaga yo‘naltirilgan
Carol—hamkorlikka yo‘naltirilgan
Dorothy— o‘ziga yo‘naltirilgan
Ed— hamkorlikka yo‘naltirilgan
Fred— masalaga yo‘naltirilgan
1.10- rasm. Guruh tashkillanishi
Ba‘zan qo‘shimcha qobiliyatli guruhni tashkillash imkoni bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lsa guruhning tashkilotchisi guruhni shunday tashkillash kerakki, shaxsiy manfaat guruh manfaatidan ustun bo‘lmasiligi kerak. Bu boshqaruvni bajarish oson bo‘lishi uchun guruh a‘zolari loyihaning barcha bosqichlarida ishtirok etishlari kerak. Shaxsiy tashabbuskorlik guruh a‘zolariga loyihada ularning hissasi haqida tushuntirish berilganda foyda keltirishi mumkin.
Masalan aytish mumkun dasturiy muxandis loyixada kodni yaratish va loyixaga ijobiy o‘zgartirishlar kiritish uchun kerak.Agar u bu o‘zgartirishlar tizimni boshqa qismiga tasir ko‘rsatishi xaqida tasavvurga ega bo‘lmasa , u zarar keltirishi mumkin.Gurux azolari loviga boshidan qatnashsa loyixa qarorlari nima uchun qabul qilinganligini tushunishadi.Ular shu qarorlarga mos o‘zgartirishlar kiritish mumkun.


      1. Download 1.03 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling